Ro`yxatga olindi: №


 Kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

2. Kodeks tavsiyalariga amal qilinishini baholash.  
Kodeks tavsiyalariga
amal qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha baholash natijalari ancha past bo‘ldi.
Vaholanki,   bu   korporativ   boshqaruv   tizimining   asosiy   yo‘nalishi   hisoblanadi.
107ta aksiyadorlik jamiyatidan birortasi eng yuqori – 360 ball ololmadi. O‘rtacha
baho   55,6   ballni   (eng   yuqori   bahoning   15,4   foizi
2
)   tashkil   etdi.   Atigi   bitta
aksiyadorlik jamiyati 320 ball (88,9 foiz) to‘plab, eng yuqori bahoga yaqinlashdi
va faqat 16ta AJ (har ettinchisi) 100 (27,7 foiz) va undan ko‘p ball to‘plashga
muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur   yo‘nalishda   ichki   hujjatlarni   Korporativ   boshqaruv   kodeksining
yig‘ilishlarga,   kuzatuv   kengashining   majlislariga   tayyorgarlik   ko‘rish   va   ularni
o‘tkazish   chog‘ida   aksiyadorlarning   huquqlariga   rioya   qilish,   bunda   zamonaviy
aloqa   va   kommunikatsiya   vositalaridan   foydalanishga   doir   tavsiyalariga
moslashtirish  borasidagi tavsiyalari ko‘proq bajarilgan. Xususan,  deyarli barcha
aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar va investorlar bilan o‘zaro munosabatlar
uchun mas’ul xodimlar tayinlangan (93,3 foiz), ovoz berishda ular umumiy nuqtai
nazarni   shakllantirishlari   uchun   aksiyadorlar   kelishuvlari   tuzish   imkoniyatlari
ko‘zda   tutilgan   (94,4   foiz),   istak   bildirgan   aksiyadorlarga   to‘ldirilgan
byulletenlarning nusxalari berilgan (97,2 foiz). 98ta aksiyadorlik jamiyatining veb-
saytida teskari aloqa ishlaydi, u orqali aksiyadorlar yozma va elektron so‘rovlar
yuborishlari mumkin.
Elektron   pochta   orqali   ovoz   berish,   shuningdek   umumiy   yig‘ilishni
videokonferentsiya aloqasi tarzida o‘tkazish imkoniyati yaratilgani deyarli barcha
aksiyadorlik jamiyatlarining ichki hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, aslida
aksiyadorlik jamiyatlarining 28 foizidagina bu imkoniyat haqiqatda bor. Faqat 29ta
AJning (27,1 foiz) yillik umumiy yig‘ilishida bir vaqtning o‘zida ijroiya organi
rahbarlari,   kuzatuv   kengashi   va   taftish   komissiyasi   raislari   hamda   auditorlik
tashkilotining   vakillari   ishtirok   etgan.   73   foiz   aksiyadorlik   jamiyatlarida
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida hisobot beradigan AJ boshqaruv va nazorat
organlari   ma’ruzasi   (hisoboti)ning   shakli   va   mazmuniga   qo‘yiladigan   talablar
belgilanmagan.


O‘rta   muddatli   va   uzoq   muddatli   rivojlanish   strategiyasi   AJlarning   38,9
foizidagina   tasdiqlangan,   AJlarning   faqat   12,9   foizida   zamonaviy   boshqaruv
usullari,   shu   jumladan   SWOT,   GAP-tahlil   va   boshqa   yondashuvlar,   maxsus
dasturiy   mahsulotlar   va   hokazolar   qo‘llaniladi.   Korporativ   qonunchilikka   rioya
qilinishini   nazorat   qilishga   ehtiyoj   borligiga   qaramay,   korporativ   maslahatchi
lavozimi AJlarning 13,9 foizidagina joriy etilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish