sub’ektlar munosabatlarga kirishadi. Bunda munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar
o‘z manfaatlari, faoliyat xususiyatlari va boshqa jihatlarga ko‘ra tasniflanishi
mumkin. Umuman korporativ boshqaruv sub’ektlari quyidagilar:
- emitent sifatida
aksiyadorlik jamiyatlari;
- aksiyadorlar, ya’ni investorlar;
- korporativ tuzilma menejerlari;
- davlat;
- kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Umumiy holda munosabatga kirishuvchi birinchi navbatdagi sub’ekt bu
aksiyadorlar (ulushga ega shaxslar) hisoblanadi.
Hozirgi kunda davlat, jismoniy va
yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari mumkin. Ular mulkdor sifatida o‘z
kapitallarini aksiyadorlik jamiyatlariga kiritadilar va albatta bundan manfaat
(foyda, samara) kutadi. Bundan tashqari eng asosiy jihat bu aksiyadorlarning
aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z zimmalarida
qoldirishidir. Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy
boshqargan holda
maxsus boshqaruvni, joriymoliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
boshqarishnimenejerlarga shartnoma asosida yuklaydi. Natijada
menejerlar ham korporativ munosabatlarga kirishadi hamda faoliyatni samarali
tashkil etish maqsadida xodimlar faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirib boradi.
Xodimlar korporativ tuzilma bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida
ma’lum bir funktsional vazifalarni bajaradilar va tegishli ravishda ish haqlari
hisoblanishi va to‘lanishi natijasida moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Agarda
xodim aksiyadorga aylanadigan bo‘lsa, munosabatlar doirasi yanada kengaygan
holda boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi.
Korporativ tuzilmalar, jumladan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatni tashkil
qilish yoki kengaytirib borish nuqtai nazaridan turli moliyaviy tuzilmalar, xususan
fond birjalari, banklar, sug‘urta kompaniyalari bilan ham munosabatlarga
kirishadilar. Moliya institutlari bir tomondan o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan
kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishsa, boshqa
tomondan qo‘shimcha faoliyat sifatida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini xarid
qilish orqali aksiyadorga aylanishi natijasida korporativ boshqaruvda ham ishtirok
etishlari mumkin bo‘ladi. Bunda moliya institutlari asosiy faoliyati orqali
korporativ tuzilmalar bilan munosabatlar deyilganda aksiyalarni joylashtirish
nuqtai nazaridan fond birjalari bilan, qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish nuqtai
nazaridan banklar bilan, risk darajasini kamaytirish maqsadida sug‘urta
kompaniyalari bilan nazarda tutilmoqda.
Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy faoliyatini
oshirishi uchun hamkor tadbirkorlik tuzilmalari bilan yuzaga keladigan
munosabatlaridir. Ular ham korporativ tuzilma faoliyatidagi ishtirokidan kelib
chiqqan holda manfaatdor tomonga aylanadi va bilvosita bo‘lsada korporativ
boshqaruv jarayonida ma’lum holatlarda ishtirok etadi.
Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy e’tibor talab
qiladigan masalalardan biri hisoblanadi. Bunda davlat tomonidan qo‘yilayotgan
atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy
muammolarni hal
qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar
qabul qilishda hisobga olinishi talab etiladi. Davlat bilan munosabatlarda soliq
munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli ekanligi bilan ham
xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari davlatning aksiyador sifatidagi
faoliyati korporativ boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot
dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik va
jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabatlar ishtirokchilari affillangan
shaxslar deb ataladi. Bunda ma’lum bir qarorlar affillangan shaxslar roziligi
asosida qabul qilinadi.
Korporativ munosabatlarda sub’ektlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda
quyidagilar bo‘yicha muammoli holatlar uchraydi:
- pul oqimlarini boshqarish;
- foydani taqsimlash;
- faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va hokozolar.
Korporativ boshqaruvda eng asosiy sub’ektlar shubhasiz mulkdorlar
(aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtai nazardan korporativ munosabatlarda
korporativ boshqaruv va korporativ menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib
chiqiladi.
Korporativ boshqaruv umumiy tarzda korporativ menejmentni ham o‘z
ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi. Korporativ menejment
esa maxsus shartnoma asosidagi boshqaruv sifatida korporativ tuzilma joriy
faoliyatini boshqarib boradi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan eng muammoli munosabatlar
aynan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasida yuzaga keladi. Menejerlar
aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat yuritishi tufayli fanda agentlik nazariyasi
shakllangan. “Tadbirkorlikda professional menejmentga XX asrdan boshlab
alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer jami menejerlar
ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
Rahbarlik va javobgarlik
yuqoridan pastga, hisobdorlik esa pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi”
8
.
Do'stlaringiz bilan baham: