Ro`yxatga olindi: №


AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish tartibini bayon eting.
2. Kuzatuv   kengashi   tomonidan   aksiyadorlar   umumiy   yig‘ilini   chaqirish,
kun tartibini tayyorlash, aksiyadorlarga xabar berish va boshqa jarayonlar haqida
to‘xtaling.


3.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish va qarorlar qabul qilish 
tartibiga izoh bering.
4. Qaysi masalalar bo‘yicha malakali ovoz asosida qarorlar qabul qilinadi?
5. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida sanoq komissiyasini tuzish va uning 
faoliyat mexanizmi.
6. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida kumulyativ ovoz berish mexanizmi.
7. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonnomasini rasmiylashtirish tartibi.
8. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish bo‘yicha aksiyadorlar
huquqlari.
9. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritish bo‘yicha 
aksiyadorlar huquqlari.
10. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ovoz 
berish byulleteni va uni to‘ldirish tartibi.
Testlar
1. Aksiyadorlik jamiyatlarida eng yuqori boshqaruv organi qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan?
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi;
b) ijroiya organi;
c) kuzatuv kengashi;
d) taftish komissiyasi.
2. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining reestri aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan qancha muddat oldin shakllantiriladi?
a) uch ish kuni oldin;
b) bir oy oldin;
c) moliya yili tugagandan so‘ng bir oy ichida;
d) bir kun oldin.
3. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar
aksiyadorlarga qanday tartibda etkaziladi?
a) yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan kamida etti kundan kechiktirmay, lekin
uzog‘i   bilan   o‘ttiz   kun   oldin   jamiyat   veb-saytida,   OAVlarida   e’lon   qilinadi,
aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi;
b) moliya yili yakunlangach bir oy ichida davlat tele-radio kanallarida e’lon 
beriladi;
c) yig‘ilish sanasidan 10 kun kechiktirmay ijtimoiy tarmoqlarda e’lon 
qilinadi;
d) yig‘ilish o‘tkaziladigan sanadan uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin jamiyat veb- 
saytida e’lon qilinadi.
4. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibi kim tomonidan tuziladi?
a) kuzatuv kengashi;
b) imtiyozli aksiyalar egalari;


c) ijroiya organi;
d) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kotibiyati.
5. Aksiyadorlar qanday tartibda aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 
kun tartibiga masalalar kiritishga haqli?
a) kamida bir foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar 
moliya yili tugagach o‘ttiz kundan kechiktirmay;
b) kamida besh foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar 
moliya yili yakunlangach besh kundan kechiktirmay;
c) kamida 10 foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar 
moliya yili yakunlangach o‘ttiz kundan kechiktirmay;
d) faqatgina 10 foizdan ortiq ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi 
aksiyadorlar moliya yili yakunlangach 10 kundan kechiktirmay;
6. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga qanday masalalar
kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi?
a) «turli masalalar», «boshqa masalalar», «har xil masalalar» mazmunidagi 
masalalar;
b) sof foydani taqsimlash, faoliyatni qayta tashkil etish;
c) aksiyadorlik jamiyatini tugatish, boshqa aksiyadorlik jamiyatini qo‘shib
olish;
d) ijroiya organi a’zosi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, taftish
komissiya a’zosi vakolatini muddatdan oldin tugatish.
7. Aksiyadorlik   jamiyatida   kuzatuv   kengashining   qaroriga   ko‘ra   o‘z
tashabbusi asosida, taftish komissiyasining yozma talabi, shuningdek yozma talab
taqdim etilgan sanada kamida besh foiz ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi
aksiyadorlar yozma talabi asosida qanday yig‘ilishlar o‘tkaziladi?
a) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi;
b) aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi;
c) kuzatuv kengashi yig‘ilishi;
d) ijroiya organi yig‘ilishi;
8. Kuzatuv kengashi tomonidan ovozlarni sanab chiqish, ishtirok etayotgan
aksiyadorlarni   ro‘yxatga   olish,   shuningdek   ovoz   berish   byulletenlarini   tarqatish
uchun tuziladigan tarkib qanday nomlanadi?
a) sanoq komissiyasi;
b) taftish komissiyasi;
c) ichki audit xizmati;
d) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kotibiyati.
9. Aksiyadorlarning   umumiy   yig‘ilishida   kvorumni   aniqlash,   ovoz   berish
huquqlarining amalga oshirilishi munosabati bilan yuzaga keladigan masalalarni
tushuntirish,  qo‘yilgan  masalalar  bo‘yicha  ovoz  berish  tartibini  tushuntirish,


ovozlarni sanab chiqish ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuzish, ovoz
berish   byulletenlarini   AJ   arxiviga   topshirish   qaysi   tuzilmaning   vazifasi
hisoblanadi?
a) sanoq komissiyasi;
b) kuzatuv kengashi;
c) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kotibiyati.
d) ijroiya organi.
10. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador 
tomonidan qanday tartibda amalga oshiriladi; davlat vakilining ishtiroki-chi?
a) aksiyador shaxsan yoki vakili orqali; davlat vakili shaxsan o‘zi;
b) har ikkalasi ham shaxsan ishtirok etishi shart;
c) har ikkalasi ham shaxsan yoki ishonchli vakili orqali;
d) davlat vakilining ishonchli vakili ishtiroki mumkin, lekin aksiyador 
shaxsan ishtirok etishi shart.
11. Qanday holatda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish vakolatli
(kvorumga ega) hisoblanadi?
a) ro‘yxatdan o‘tkazish tugallangan paytda 50 foizdan ko‘proq ovozga ega 
bo‘lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa;
b) ro‘yxatdan o‘tkazish tugallangan paytda 40 foizdan ko‘proq ovozga ega 
bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa;
c) ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlangach 75 foizdan ko‘proq ovozga ega 
bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa;
d) 55 foizdan ko‘proq ovozga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatdan o‘tgan 
bo‘lsa;
12. Ustavga   o‘zgartish   va   qo‘shimchalar   kiritish   yoki   jamiyatning   yangi
tahrirdagi ustavini tasdiqlash, jamiyatni qayta tashkil etish, jamiyatni tugatish, yirik
bitimlar tuzish to‘g‘risida qarorlar qanday tartibda qabul qilinadi?
a) malakali ko‘pchilik ovozi bilan;
b) oddiy ko‘pchilik ovozi bilan;
c) kumulyativ ovoz berish bilan;
d) qayta ovozga qo‘yish yo‘li bilan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish