Oilaviy kompaniya
aksiyalar soniga nisbatan kam bo‘ladi. Barcha ovoz beruvchi aksiyalar oilaviy
kompaniya nazoratida saqlab qolingan holda qo‘shimcha resurslar jalb qilish
maqsadida imtiyozli aksiyalar muomalaga chiqarish holatlari ham ko‘p uchraydi.
Bunday holatda direktorlar kengashiga a’zolarni saylash bo‘yicha hech qanday
muammoli holat kuzatilmaydi. Oilaviy biznes guruhlarda piramida tuzilmasi
bo‘yicha ikkilamchi toifadagi aksiyalar chiqarish amaliyoti nazorat tizimini
mustahkamlash imkonini beradi. Oilaviy biznes guruhni tashkil etish bo‘yicha
piramida (vertikal) tuzilmada o‘zaro aksiyaga egalik qilish orqali gorizontal
tuzilmadan ham foydalaniladi. Bunda quyi tizimdagi barcha firmalar o‘zaro aksiya
almashinuvi orqali faoliyatini tashkil etadilar. Oilaviy kompaniya esa bosh
kompaniya sifatida yuqoridan turib barcha kapitalga egalik qilgan holda to‘liq
nazoratni amalga oshiradi. Pul oqimlarini qayta taqsimlash transfert narxlari
shakllanishi usulida amalga oshiriladi. Bundan tashqari o‘zaro sug‘urtalash va bir-
birini moliyalashtirish amal qiladi.
Umumiy holda “Ushbu kompaniyalarning ba’zilari yuqori
diversifikatsiyalangan guruhlardan va katta kuchga ega bo‘lgan bo‘ysunuvchi
firmalardan iborat bo‘lib, ularning yuqori turuvchi boshqaruvchi mulkdori oilaga
asoslangan kichik guruhdan iborat bo‘ladi”
18
.
Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli quyidagi afzalliklarga ega:
- biznes ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish imkoniyati;
- asosiy mulkdorlar oila a’zolari ekanligidan kelib chiqqan holda qo‘shib
olish bo‘yicha risklar darajasining pastligi;
- yirik loyihalarni amalga oshirish uchun kapital yo‘naltirish imkoniyatining
yuqoriligi;
- kompaniyalar barqarorligining yuqori darajasi va boshqalar.
O‘z navbatida oilaviy modelning kamchiliklari sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
-
biznesning
asosiy
maqsadi
oila
manfaatlarini
qanoatlantirishga
qaratilganligi;
- minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish masalasiga nisbatan
e’tiborning etarli darajada emasligi;
- kompaniyalarda yangilikka intiluvchanlikning past darajadaligi;
- biznes yuzasidan axborot shaffofligining past darajadaligi va biznesga
investitsiyalar kiritishning murakkabligi va boshqalar.
18
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 162.
Do'stlaringiz bilan baham: |