2004-yildan boshlab ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlana boshladi.
2004-yilning 15-16-aprelida Birinchi Prezident I.Karimovning Ros-siyaga amaliy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, dol-zarb xalqaro masalalar yuzasidan oshkora hamda samimiy muloqot bo’lib o‘tdi.
2004-yil 16-iyunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Tosh-kent sammiti doirasida I.Karimov va V.V. Putin o‘rtasida bo’lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuv chog’ida Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartnoma imzolandi.
O’zbekiston-Rossiya o‘rtasida oliy darajadagi muloqot Prezi-dent I.Karimovning 2004-yil 2-3-iyulida Rossiyaga qilgan safari, MDH davlat boshliqlari Kengashining 2004-yil 16-sentabrdagi Ostona shahridagi hamda prezident V.Putin rahbarligidagi Rossiya delegatsiyasi to‘laqonli a’zo sifatida ilk bor ishtirok etgan Marka-ziy Osiyo mamlakatlari tashkilotining 2004-yilning 18-oktabrida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan sammitlari chog‘ida davom ettirildi.
2005-yilning 7-8-may kunlari Birinchi Prezident I.Karimov MDHning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy sammitida ishtirok etdi.
2005-yilning 27-29-iyulida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
2005-yilning 26-avgustida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov MHD davlat rahbarlari Kengashining yig‘ilishi hamda Qozon shahrining 1000 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan anju-manda ishtirok etdi.
2005-yilning 6-7-oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Pre-zidenti I.Karimov Markaziy Osiyo davlatlari tashkiloti davlat rah-barlari Kengashining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ishtirok etdi.
O’zbekiston rahbarining tashabbusi bilan Yevroosiyo makonida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini kuchaytirish hamda taraqqi-yo’lga ko‘maklashish maqsadida Yevroosiyo hamkorligi tashkilotini Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) bilan qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sammit doirasida O’zbekiston Res-publikasi Prezidenti I.Karimovning Rossiya Federatsiya Prezidenti V.Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston-Ros-siya munosabatlarining istiqbollari muhokama etildi. Rossiya rahbari O’zbekistonning Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mus-tahkamlash integratsiya jarayonlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlab o‘tdi. O’zbekiston rahbari, o‘z navbatida, Rossiya va O’zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani va «do‘st musibatda sina-ladi» xalq maqoliga tayangan Rossiya siyosatini O’zbekiston yuksak qadrlashini uqtirdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlami qiziqtirgan xalqaro hamda mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.