O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning takli-figa binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao 2010-yil
iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixi ming yillar qa’ridan boshlanadi. Choy, paxta, ipak, qog‘oz kabi kundalik turmushda ha-misha iste’molda bo’lgan mahsulotllaming dunyo bo‘ylab tarqalishida Movarounnahr va Chin yurti o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalar muhim o‘rin tutgan.
Xalqaro muammolami hal etishda Xitoyning nuqtayi nazariga alohida e’tibor berilishi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo’lgan bu mamlakatning yuksak siyosiy salohiyatidan dalolatdir. Iqtisodiy sohada esa Xitoyning qudrati haqida uning o‘sib borayotgan yalpi ichki mahsuloti, tashqi savdo va ekspori hajmi bo‘yicha etakchi o‘nlikka kirishi aniq tasawur beradi.
XXI asr sharoitida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bugungi voqelik va zamon talablariga mos ravishda barcha yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Bugun bu munosabatlar xalqaro may-dondagi siyosiy hamjihatlikdan, terrorizm, diniy ekstremizm va ayir-machilikka qarshi birgalikda kurashishdan, o‘zaro manfaatli savdo, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar aloqalardan iborat.
Ayni paytda moliyaviy hamkorlik doirasida Xitoy hukumatining foizsiz va uzoq muddatli imtiyozli kreditlari, Eksimbankning eksport kreditlari hisobidan ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Xitoy hukumatining SHHTga a’zo mamlakatlar uchun ajratgan kredit liniyasi doirasida O’zbekistonda infratuzilmani rivojlantirishga doir yigirmaga yaqin loyiha ko‘rib chiqilgan bo’lib, ulaming
umumiy qiymati 600 million AQSH dollaridan oshadi. Umuman, XXRning imtiyozli kreditlari hisobiga O’zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar qiymati 127 million AQSH dollariga, hozirgi kunda o‘zlashtirilayotgan kreditlar hajmi esa 547 million dollarga teng.
Sarmoyaviy hamkorlikning ko‘lami keng. Bu yo‘nalishdagi aloqalar neftgaz, konchilik kabi sohalarda jadal rivojlanmoqda. Masa-lan, Xitoy Milliy neftgaz korporatsiyasi (SMRS) Orol dengizi akva-toriyasida, Ustyurt, Buxoro, Xiva va Farg‘ona sarmoyaviy bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Keyingi yillarda O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy hamkorlik faol-ligini oshirdi. Masalan o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 2008-yilda 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2009-yilda 2 milliarddan oshdi.
Sarmoyaviy hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlar Xitoydan 2 milliard dollarlik sarmoya jalb etishni nazarda tutadi. Shunday bo‘lsada bu ko‘rsatkichlar ikki mamlakatning imkoniyatlarini to‘la ifodalay olmaydi. Transport, logistiqa, qurilish, telekommuni-katsiyalar kabi ko‘plab sohalarda samarali hamkorlik uchun keng faoliyat maydoni mavjud. Xususan, ikki mamlakat «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasida katta resurslami ishga solishi mumkin.
Muzokaralar yakunida I.Karimov va Xu Tszintao do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, tehnikaviy-iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik pas-port egalarining o‘zaro vizasiz qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar, nohomashyo va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo dasturlar, neftgaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi idoralararo bitim, «O’zsanoatqurilishbank» bilan Xitoy Eksimbanki o‘rtasida kredit bitimi, tabiiy gaz savdo-si to‘g‘risidagi hadli bitim, energetik material yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |