1999-yil 15-mart kuni Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel Toshkentga keldi. Shu kuni Prezidentlar o‘zaro munosabatlaming bugungi ahvoliga doir qator masalalami ko‘rib chiqdilar. Tomonlar-ni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik muammolar xususida ham o‘zaro fikr almashildi. Prezidentlaming yakkama-yakka suhbatida terrorchilik, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq va narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlash-tirishga kelishib olindi.
Shundan so‘ng Prezidentlar ishtirokida ikki mamlakat delegat-siyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar bo‘yicha ikki tomonlama aloqalami rivojlantirish bilan bog’iiq masalalar muhokama qilindi. Birinchi Prezident I.Karimov O’zbekiston-Turkiya munosabatlariga to‘xtalar ekan, bu borada O’zbekiston ustuvor, deb qaraydigan sohalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75 million AQSH dollarini tashkil etgan edi. o’tgan yili bu
ko‘rsatkich 275 millionga yetdi. Samarqandda ochilish marosimi o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan «Sam-Kochavto» qo‘shma korxonasi iqtisodiy hamkorlik yuqori pog‘onada ekanini yana bir tasdiqlaydi. Umuman, Turkiya O’zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritgan mam-lakat hisoblanadi. Lekin shunday boTsada, ko‘proq e’tibor qaratadigan ayrim jihatlar ham mavjud. Masalan, ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning faoliyati so‘nggi paytlarda susaydi. Muzokaralarda bunday masalalami hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda transport kommunikatsiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. I.Karimov O’zbekiston Turkiyaning erkin iq-tisodiy zonalarida joylashgan Istanbul, Trabzon, Adana, Mersin kabi shaharlaridagi portlardan, omborlardan foydalanish tarafdori ekanini va bu masala bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lish O’zbekiston uchun yanada keng imkoniyatlar ochishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, muzokaralarda ilm-fan, madaniyat, ta’lim sohalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O’zbekiston Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari-Xi-toy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalami yo’lga qo‘ydi. Chunonchi, Janubiy Koreyaning olamga mashhur DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida «O’zDEUavto» O’zbekiston-Koreya qo‘shma avtomobil zavodi qurishga kelishilgani olamshumul aha-miyatga ega bo’ldi. 1996-yilning 19-iyulida ushbu zavodning ishga tushishi bugungi kunda O’zbekistonni jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakat qatoriga olib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |