1995-yil 7-8-iyun kunlari I.Karimov rasmiy tashrif bilan Litva Respublikasida bo‘ldi. Vilnusdagi Prezident saroyida I.Karimov va Angirdis Brazauskas o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma Deklaratsiya, ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bi-timlar imzolandi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston tashqi siyosatining geografi-yasi kengayib bordi. Yaqin va o’rta Sharq hamda Arab mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlami o‘matish va rivojlantirishga
intilish ham O’zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Turkiya, Eron, Pokiston, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlaming asoslari to‘g‘risida shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari tuzdi.
O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov 1999-yil 14-17-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan Isroilda bo‘ldi. Xo‘sh, tashrifdan muddao nima edi? Awalo, mamiakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik sarhadlarini yanada kengaytirish va buning uchun zamr huquqiy asoslami mustahkamlash. Isroil davlatining bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, aqliy salohiyati, yuksak texno-logiyasi, ilmiy-texnikaviy yutuqlari haqiqatan ham katta e’tiborga molik. Shu bois ham Isroil bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish bizga foydalidir.
Hamkorligimizning asosiy-iqtisodiyot bilan bog‘liq masalalar haqida to‘xtalishdan oldin bir gapni aytib o‘tish lozim: I.Karimovning Isroil davlatiga tashrifi mamlakat siyosiy doiralari tomonidan ham, keng jamoatchilik tarafidan ham qizqin kutib olindi. Isroil Prezidenti Ezer Veysmanning qarorgohida bo‘lib o‘tgan davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimida mamla-kat Bosh vaziri Benyamin Netanyahu ham ishtirok etgani buning dalillaridan biridir. Chunki, odatda bunday marosimlarda Bosh va-zir ishtirok etmasdi.
Tashrifiiing ikkinchi kunida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida asosiy e'tibor ham shu o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosini mustahkamlash masala-siga qaratildi. Muzokaralar yakunida ushbu maqsadga xizmat qiluv-chi muhim hujjatlar imzolandi. Jumladan, Birinchi Prezident I.Karimov hamda Bosh Vazir Benyamin Netanyahu mamlakatlarimiz hukumatlari o‘rtasida ikki tomonlama soliq solmaslik, daromad va kapitalga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish, shuningdek, o‘zaro savdo va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimlarga imzo chekdilar. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishda hamkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish, o‘zaro texnik hamkorlik, soliq hamda soliqni saqlash sohalarida hamkorlik qilish, O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan Isroilning tashqi savdo sug‘urta korporatsiyasi «IFTRIK» o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Bulami birma-bir izoh-lab o‘tirishning hojati yo‘q. Ular qanday ahamiyatga ega ekanini hujjatlarning nomlaridan ham anglab olish qiyin emas. Eng muhimi, shunday keng qamrovli hujjatlar imzolanganining o‘ziyoq tashrifning samarali bo‘lganini aytib turibdi.
Muzokaralar so‘ngida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mam-lakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Isroil iqtisodiyotida bir-birini to‘ldiruvchi omillar talaygina ekanini ta'kidladi. Ya’ni, tabiiy resurslarimizdan unumli foydalanish uchun bizga zamonaviy texnologiya kerak. Xususan, Isroilning qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, dehqon-chilik, urug‘chilik, oziq-ovqat va parrandachilik kabi yo‘nalishlarda katta foyda keltiradigan minitexnologiyasiga bizda ehtiyoj bor. Bu esa o‘z navbatida O’zbekiston, qolaversa Markaziy Osiyo bozorida Isroilning faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi. Telekommuni-katsiya va farmatsevtika sohalari ham o'zaro hamkorligimizda aso-siy yo‘nalishlardan sanaladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda O’zbekistonning qiziqishlari nimalarda ko‘rinadi? Bilamizki, Isroil qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan mamlakat. Suv tanqis, boshdan oyog‘i tosh va biyday daladan iborat zaminda paxtachilik, urug‘chilik, chorvachilik, deh-qonchilik bo‘yicha qo’lga kiritilayotgan yutuqlar kishini mulohazaga chorlaydi. Mamlakatda 5,6 million aholi istiqomat qiladi. Uning mehnatga yaroqli qismi esa 40^2 foizni tashkil etib, shundan atigi uch foizigina qishloq xo‘jaligi bilan band. Ana shu uch foiz odam butun mamlakatni qishloq xo‘jalik mahsuloti bilan ta'minlabgina qolmasdan, o‘z mahsulotini chetga eksport ham qiladi. O’z-o‘zidan ayonki, hammasining siri texnologiyada, mavjud imkoniyatdan oqi-lona foydalana bilishda.
Tashrif chog‘ida I.Karimov Isroildagi «Zeraim Gede-ra» nomli ilmiy ishlab chiqarish va yangi navlar yaratish majmui bilan tanishdi. Mutaxassislaming fikricha, «Zeraim Gedera» pax-ta navlari bilan hosildorlikda katta ko‘rsatkichlarga erishish mum-kin. Tajriba uchastkasidagi g‘o‘zapoya naqd odam bo‘yi keladi. Bitta tupda 19-20 tagacha ko‘sak bor. Har bir ko‘sakdagi paxtaning og’irligi 8 grammgacha tosh bosadi. Vaholanki, bizda bit-ta ko‘sakdagi paxtaning og’irligi ikki barobar kam-4 grammni tashkil etadi. Tomchilab sug‘orish borasida ham «Zeraim Gedera» texnologiyasi bizga qo‘1 kelishi mumkin. Masalan, bu yerda bir gek-tar dalani sug‘orish uchun 3-5 ming metr kub suv sarflanadi. Bizda esa shuncha maydonga 11 ming kub metr suv ketadi. Isroilning yutuqlari e’tiborga molik. Bu yerda gektaridan 70 sentnergacha hosil ko‘tarilsa, bizda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 26-27 sentnemi tashkil qi-ladi. Bu ko‘rsatkichlami taqqoslayotganimizning boisi bor. Yerimiz Isroil yerlaridan unumdorroq, baquwatroq. Demak, biz ulardan ham ko‘proq hosil olishimiz mumkin. Xalqimizning aqliy salohiyati, iqti-dori va qobiliyati ham o‘zgalardan ortiq bo‘lsa ortiq, lekin zinhor kam emas. Dunyoda yemi o‘zbek dehqonichalik sevadigan, ardoq-laydigan odamni topish ham amri mahol. Faqat qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyani kiritish zamr. Shu ma’noda, Isroildagi bu kabi firmalar bilan hamkorlik biz uchun ayni muddao. Bu bitta pax-tachilik misolida ko‘rganimiz, holbuki, Isroilda chorvachilik, parrandachilik kabi sohalarda ham shunday imkoniyatlar mavjud.
Mamlakatimiz rahbari shu yeming o‘zidayoq O’zbekiston «Ze-raim Gedera» bilan ikkita loyiha bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi: biri paxtachilik texnologiyasining to‘la komp-leksi, ikkinchisi-turli sharoitda chigitni sinab ko‘rish bilan bog‘liq. Paxtachilik texnologiyasining to‘la kompleksi degani navni tanlashdan tortib to paxtani yig‘ishtirib olgunga qadar qilinadigan ishlar-ni anglatadi. Ikkinchi loyiha o‘z-o‘zidan tushunarli. I.Karimov irrigatsiya va tomchilatib sug‘orish, chorvachilik, umg‘chilik, par-randachilik kabi sohalar bo‘yicha tashkil etilgan kichik ko‘rgazmani tomosha qildi. Davlatimiz rahbari Isroil minitexnologiyalarini O’zbekistonda qo‘llash, o‘zaro hamkorlik uchun zamr omillar haqida gapirar ekan, jumladan, shunday dedi:
-Bu texnologiyalami bizda qo‘llash uchun nimalar kerak? Av-valo, biz Isroilga tashrifimiz chog‘ida buning uchun zamr huqu-qiy zamin yaratdik. Kafolat kerak va biz bu kafolatni bera olamiz. O’zaro ishonch kerak. o’ylaymanki, o‘zaro ishonchimiz ilgaridan mustahkam, u bugun yangicha shakl kasb etayapti. Isroil qo‘lga kiri-tayotgan natijalarga biz ham erishmog‘imiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |