Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


III. Psixologik nazariyani ta’lim-tarbiya ishlarida qo’llash



Download 0,92 Mb.
bet294/324
Sana06.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#432462
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   324
Bog'liq
П.П. ва ПЎМ сайтга (2)

III. Psixologik nazariyani ta’lim-tarbiya ishlarida qo’llash.

Pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati ma’lumki, ko’pincha o’qituvchining, psixologik tayyorgarligi, uning nazariy bilimlarini amalda kullay olishi mahoratiga bog’liq. Shuning uchun ham o’qituvchining pedagogik faoliyat tomonidan kuyiladigan masalalarni xal etishda, psixologiya ayniqsa muhim rol uynaydi. Bu qism buyicha referat ishi yozishning asosiy maqsadi ham o’qituvchi oldida turgan kundalik amaliy vazifalarni psixologiyaning nazariy qoidalari bilan bog’langan holda hal kilishga da’vat etishdan, u bilan birga u yoki bu xildagi pedagogik ta’sirning maqsadga muvofiq olib borilishiga yordam berishdan iborat, vazifalar psixologiya kursining asosiy mavzulari bo’yicha ishlab chiqilgan bo’lib o’quvchi va o’qituvchi faoliyatining psixologik xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan.


Har bir mavzu buyicha materialni yaxshiroq ishlab chiqishga yordam beradigan va kishini qiziqtiruvchi psixologik qonuniyatlarni ochib berish imkoniyatini yaratadigan savollar tavsiya etiladi. Shuni ham esda tutish lozimki, yangi savollar kiritilgan bulishi yoki savollarning izchilligi o’zgartirilgan bo’lishi ham mumkin.
Bularning barchasi talaba ilmiy saviyasining kengayishiga, uning nazariy tomondan tayyogarligi, mustaqil fikrlashining shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
Referat tuzish uchun psixologiyadan yozilgan ayrim asarlar va maqolalar beriladi. Adabiyotlarni tanlashda va ularni tartibga solishda xozirgi zamon psixologiyasi fani taraqqiyotining muhim tomonlarini qamrab olishga shu bilan birga respublikamizda nashr etilgan psixologik adabiyotlarni o’rganib chiqishga harakat qilinadi.
Psixologiya fanining umumiy masalalari buyicha berilgan adabiyotlar bilan bir qatorda turli fakultet talabalariga o’z kasblariga qarab adabiyotlar ruyxati taqdim etiladi. Jumladan til va adabiyot fakulteti talabalari uchun tilni uzlashtirishning psixologik asoslari, adabiyot ijodiyot psixologiyasi, yaqqol obrazli tafakkurning taraqqiy etishi buyicha adabiyotlar ro’yxati, badiiy-grafika fakultetining talabalari uchun tasviriy san’at psixologiyasi buyicha adabiyotlar ruyxati defektologiya fakulteti talabalari uchun anomal bolalar psixologiyasi buyicha adabiyotlar ruyxati taqdim etiladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlarning barchasi ham mazmun va hajm jihatdan bir xil ahamiyatga ega emas, shuning uchun ham bu adabiyotlardagi fakt, ta’rif va qonun qoidalarnigina so’zma-so’z aniq ko’chirib olish lozim. Ba’zan namoyish qilish uchun 1-2-misolni yozib olish ayniqsa foydalidir.
O’rganilayotgan asarda tushunib bulmaydigan joylari ham uchrashi mumkin. Bunday hollarda matnni 2 marta o’qish, ba’zan esa uning davomidagi jumlalarni o’qib chiqish tavsiya etiladi. Chunki davomidagi jumlalar o’zidan oldingi jumlalarni tushunishga yordam beradi. Agar ana shunda ham tushunish kiyin bo’lsa o’qituvchiga murojaat qilish kerak.
Adabiyotlar manbai bilan tanishib chiqqandan keyingina referat tuziladi. Referat tayyorlashda o’qib chiqilgan asarlarning mazmunini shunchaki quruqqina qilib yozib berish mumkin emas.
Referatda asarning eng muhim nazorat qonun – qoidalarini anik ko’rsatib berish bunda asosiy diqqat e’tiborni asarning faqat natijasigagina qaratib qolmay balki u yoki bu holdagi masalani o’rganishda qo’llanilgan metodikasiga ham alohida e’tibor bergan holda ish olib borish zarur. Ilmiy adabiyotlarni o’qiganda tanqidiy yondoshish lozim. Shuning uchun ham faqat materialning asosiy mazmunini o’zlashtirib olishgagina emas, balki isbotlash usullariga ham aynan shu bir masala tug’risidagi turlicha nuqtai nazarlarning xususiyatlarini ochib berishga referat tuzayotgan ishning ahamiyatini amaliy va nazariy tomondan baholashga intilish zarur. Agar talaba o’zi tuzgan referatida muallifning g’oyalari va xulosalariga nisbatan o’zining shaxsiy munosabatlari va o’z ko’z qarashlarini yoritib bo’lsa, juda yaxshi bo’ladi.
Talabalarimizni maktablardagi o’quvchilar bilan ish olib borishga, o’quvchilarning psixik xususiyatlarini o’rganish buyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga o’rgatmog’imiz zarur.
Talabalarning ish faoliyatini ana shu tariqa yo’naltirib borish ularni amaliy mashg’ulotlar, seminar mashg’ulotlari, nazorat ishlari va kurs ishlari hamda diplom ishlari singari mustaqil ish turlari ustida qunt bilan ishlashga rag’batlantiradi. Oliy o’quv yurtlarining sirtqi bo’limlarida o’quv ishlarining asosiy qismi sessiyalar oralig’ida davrlarga rejalashtiriladi. Bu ishlarning barchasi oliy ta’lim kafedralarining ko’rsatmalari asosida talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. Psixologiya fanidan yoziladigan nazorat ishlari kurslarda bo’lib, tayyor ish o’qituvchi tomonidan ma’qullangandan keyin talaba imtihonga kuyiladi.
Talabalarga beriladigan vazifalarni tanlashda, bu vazifalarning harakterini, hajmini va murakkablik darajasini belgilashda talabalarning yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi kursini o’rganganliklari, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlaridan munozara kursini to’la eshitganliklari, maxsus psixologik adabiyotlarini o’rganish buyicha va laboratoriya, hamda amaliy mashg’ulotlarda psixologik tadqiqotlar olib borishda ba’zi bilim va malakalarni egallaganliklari nazarda tutiladi.
Bu esa nazorat ishini o’qituvchilar tomonidan baholanishida e’tiborga olinadi. Psixologiyadan nazorat ishi mavzusini tanlashda maktabdagi ta’lim tarbiya ishlari ko’prok nazarda tutiladi. Tavsiya etiladigan vazifalar to’rt qismdan iborat bo’lib, talaba ana shu qismlardan birini o’zi tanlab olishi mumkin. Nazorat ishi uchun tavsiya etiladigan vazifalar kuyidagilardir.
1.Ilmiy psixologik adabiyotlardan referatlar yozish.
2.Maktabda psixlogik pedagogik tadqiqot ishlarini olib borish.
3.Psixologiyaning nazariy qonun qoidalarini tahlil qilgan holda uni maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlariga tadbiq etish.
4.Maktabning o’quvchilari va ota-onalari o’rtasida psixologik bilimlarni targ’ib etish.
5.Ma’ruza va munozaralar tayyorlab ularni o’qib eshittirish.
Tavsiya etilayotgan vazifalar turlicha bo’lishiga qaramay maktabda olib boriladigan amaldagi ishlar bilan metodik kursatmalar berib ishni bajarishning metodikasi ham beriladi. Talaba nazorat ishining mavzusini tanlashda o’qituvchi bilan maslahatlashib olsa yanada yaxshiroq bo’ladi. Psixologiyada nazorat ishining tuzilishi uning harakteriga bog’lik. Referat shaklida yozilgan nazorat ishi odatda qismlarga ajratib beriladi. «Asosiy kism», «Ishning maqsadi», «Xulosa va mulohazalar».
Psixologik pedagogik harakterga ega bo’lgan nazorat ishlarida qisqacha nazariy kirish qismi va metodik tavsilot berish, undan keyin esa asosiy fikr bayon etilib tahlil qilish va xulosa talab qilinadi. Psixologik nazariyani ta’lim-tarbiya ishlarida qo’llash vazifasi bajarilganda foydalanilgan adabiyot manbalari, kundalik daftarga ko’rsatilgan kuzatish materiallari, qarorda ta’kidlangan asosiy fikrlar to’la berilishi zarurdir. O’quvchilar va ota-onalarga psixologiyadan ma’ruza yoki munozaralar uqigan munozarasi yoki ma’ruzasining batafsil matni uning rejasi bilan birgalikda foydalanilgan adabiyotlar ruyxatini ko’rsatib, munozara yoki ma’ruza o’tkazilganligi xaqidagi tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilishi lozim.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish