R.I.Sunnatova ilmiy izlanishlarida shaxsda o’z-o’zini boshqarish va tafakkur operasiyalari tadqiq qilinib, bu borada tadqiqot ishlari olib borildi. Olim tomonidan ta’lim muassasalarida o’qitish ishlarini tashkil qilish va uni shaxs rivojlanishiga ta’sir masalalari etarlicha yoritib berildi. Shuningdek olti yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorligi, moslashish xususiyatlari, psixik rivojlanish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
Z.T.Nishonova tadqiqotlarida aynan o’smirlik davri o’quv faoliyatlarini egallash masalalari yoritilib, muallif bu borada tafakkur sifatlarini rivojlanishi, bilimlar egallashning asosi ekanligini tadqiqot natijalari asosida ko’rsatib o’tadi.
F.I.Haydarov tomonidan o’rganilgan muamo o’quv faoliyati motivlari masalasiga bag’ishlangan bo’lib bu borada qishloq va shahar maktablari o’quvchilarining o’qish motivlarini rivojlanishi bo’yicha tadqiqot ishini olib bordi. Tadqiqot natijalaridan shuni ko’rish mumkin-ki, o’smirlik davrida o’qish motivlarini namoyon bo’lish xususiyatlari ya’ni bilish, ijtimoiy, tashqi, ichki motivlari yoritiladi. Shuningdek, ularning o’zaro farqlar bo’yicha dinamikasi ko’rsatiladi. Ma’lumki, shaxsda o’qishga nisbatan ijobiy xususiyat bilimga qiziqish, intiluvchanlikni yuzaga chiqishi ichki turtki sabablar ya’ni motivlarga bog’liqligi asoslab berilgan.
S.X.Jalilovaning «Pedagogika instituti talabalarida shaxsiy sifatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari» mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasida talabalarda shaxsiy sifatlar shakllanishining dinamikasini aniqlashga uringan. Pedagogika institutlaridagi ta’lim jarayonida talabalarni tizimli o’rganish shuni ko’rsatadiki, «retrospektiv», «real», «ideal» va «refleksiv» - «men»ni bir-biri bilan taqqoslash talabalarning shaxsiy-ehtiyoj sohasiga hamda ularning shaxsiy professionallashuv jarayoniga ta’sir qiladi. Tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar asosida pedagogika institutlarini talabalarini psixologik-pedagogik tayyorlashni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, bu tavsiyalar milliy psixologiya va pedagogikaning eng yaxshi an’analarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Muallifning ta’kidlashicha, pedagogika oliy o’quv yurtida bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik-psixologik jihatdan tayyorlash, takomillashtirish talabalardagi o’z kasbiga bo’lgan psixologik qarashni qayta qurish hamda «ideal o’qituvchi» bo’lajak o’qituvchi shaxsini rivojlantirishning asosiy vositasi ekanligi sababli talabalarning uzluksiz amaliyotda qatnashish jarayonini sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim. S.X.Jalilovaning fikricha, talabalarni psixologik-pedagogik tomondan tayyorlashda mashg’ulotlarning usul va turlari avvalambor, talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga, ularning o’zlariga, atrofdagilarga, jamiyatga bo’lgan subektiv munosabatlarini psixologik jihatdan qayta qurishlariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, o’qish,o’qitish maslasiga e’tiborning ortishi bu boradagi keng doiradagi tadqiqot ishlari olib borilishiga turtki bo’ladi. O’quv faoliyati masalasining mohiyat mazmuni o’rganilgan bo’lsada, yosh olimlarimiz tomonidan uning o’rganilmagan jabhalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |