Pedagogik psixologiyaning tadbiqiy ishlari. O’zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy nuqtai nazardan ma’lum an’analarga ega bo’lgan soxadir. 1998 yilning O’zbekitonning birinchi Prezidenti tomonidan “Oila yili” deb e’lon qilinishi joylarda psixologik xizmat o’choqlarining paydo bo’lishiga va u yerlarda psixologik xizmatidan foydalanishni anglashga turtki bo’ldi. Psixolog bu yerlarda yoshlardagi oila va nikoh borasidagi tasavvurlarning to’g’ri shakllanishidan tortib, toki muammoli, xattoki, ajrim bo’lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish, “ishonch telefonlari” orqali maslahatlar uyushtirishni o’z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |