Tayyorgarlik quyidagilarni o’z ichiga oladi:
A) treningning rejasi ustida ishlash;
B) talabalar bilan muamoning echimini qidirishda faol ishtiroqini ta’minlash (odatda bu o’tilayotgan mavzudagi savollarni oldindan berib quyish bilan bog’liq) bo’yicha ishlash;
V) o’qituvchining o’z ustida ishlashi, u o’zining treningda qanday tutishini o’ylab topadi; savollarni qanday quyish va muhokamalarga qanday munosabat bildirishi bahsli vaziyatni dramalashtirish yoki tomonlarning bir-biri bilan kelishishi guruh ishtiroqchilarida javob variantlarini talab etishi yoki o’zi aytishi noto’g’ri echimga guruh qanday munosabatda qachon va qanday umumiy xulosa chiqarish kerak. Trening davomida talabalar faolligi qanday baholanadi va hokazolar;
G) ishtiroqchilar orasida rollarni taqsimlash, lekin rollar hammaga etishmasligi mumkin. Shunda ko’pchilikka tanqidchi va kuzatuvchi rollari beriladi va treningda eng faol ishtiroqchini ta’minlash.
Trening davomida bajariladigan rollarning boshqa ishtiroqchilariga taqdim etishi mumkin. Rollar turlicha bo’lishi mumkin. Ular mavzudan kelib chiqadi. Masalan, «Jamoa» mavzusi bo’yicha treningda «Nizosiz muloqot yoki nizoni bartaraf qilish» bo’limlarida shunday rollar bo’lishi mumkin. «O’qituvchi», «tashkilotchi», «fikrlar generatori», «usta» (rollar imkon qadar nizoli) «adolat tarafdori», «kuldiruvchi», «tanqidchi», «qo’zg’aluvchi» «an’analar saqlovchisi», «uchinchi», «ayyor», «mug’ombir» (o’rtacha nizoli) va yaratuvchi, ishtiroqchi, dangasa, yaxshi yigit, nozik qiz, administrator (kam nizoli) va h.k.
Ijtimoiy psixologik trening bu oddiy so’z bilan aytganda mashq qandaydir malakalarni egallash emas, balki faol ijtimoiy psixologik shaxsni muloqotda faolligi va yo’nalganligiga qaratilgan va guruhlarda ijtimoiy psixologik obekti sifatida shakllanganligi darajasiga ko’tarilishiga qaratilgan o’qitish usulidir.
O’qitish usuli sifatida guruhiy treningning ahamiyati o’quvchilarni bunday hamkorlikdagi faoliyati qaysiki oddiy talabalar o’quv guruhini ijtimoiy psixologik ko’rinishga ega modeliga aylantiruvchi muhimi hisoblanadi. Shuning uchun ijtimoiy treningni nazariyada shakllangan ijtimoiy amaliy psixologiyani o’qitishda yordam beruvchi deb hisoblash mumkin. Agar ishbilarmon usul - nazariyadan kelib chiqqan amaliy faoliyatga o’rgatsa, trening esa, amaliy vaziyatlardan kelib chiqib - nazariyani o’rgatishiga yana bir bor guvoh bo’lamiz.
Faol o’qitish usullari haqida fikrimizni yakunlar ekanmiz o’qituvchilarga shuni eslatishimiz kerakki, bu erda ko’rib chiqqan o’qitish usullari o’ziga xos alohida misollarga ega. Shuningdek mazkur usullardan dars jarayonida foydalanish o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni ongli ravishda va samarali o’zlashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |