4.Muamoli ma’ruza. Bu ma’ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muamoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o’qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muamoning mazmuni uning echimini izlashni tashkil etish yo’li bilan yoki an’anaviy va zamonaviy nuqtai nazarlarni qo’shish va tahlil qilish yo’li bilan ochib beriladi.
5.Ma’ruza-vizual-aloqa. Ma’ruza materiallarini O’TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko’rsatib etkazib berishdan iborat bo’ladi. Bunday ma’ruzani o’qish ko’rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo’ladi.
6.Binar ma’ruza – bu ma’ruzani ikki o’qituvchi suhbati shaklida o’qish turi hisoblanadi, ya’ni ikki ilmiy maktab vakillari sifatida, yoki olim va amaliyotchi, o’qituvchi va talaba o’rtasida va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |