5.Qonuniyatlarning ifodalanishi. Bu tadqiqotning eng qiyin va ma’suliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o’zaro bog’liqligini hisobga olib, bosqich ma’lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy harakterga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo’ladi.
6.Qonuniyatni amalda qo’llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma’lum bir amaliyot sohasida qo’llaniladi. Amalda qo’llash aniqlangan qonuniyatning to’g’riligiga batamom ishonch hosil qilish imkonini beradi. Ko’pincha o’qituvchilar o’z amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy tajribalarini va boshqalarning tajribalarini umumiylashtiradilar. Biroq shunday bo’lsa ham, har holda, bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo’lmaydi, ya’ni, muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |