Shaxsiy aloqadorlik – bu bog’liqlikning dinamik jihati bo’lib, hamkorlar o’rtasidagi maqsadga erishishda qo’llaniladigan vositalarni kelishi, ulardan har birining qo’llaydigan strategiyasini koordinasiya qilishni ta’minlaydi. Aloqadorlik bog’liqlikni ishtirokchilar manfaatiga moslashtirishning tez moslashuvchan mexanizmidan iborat. U kelishuv o’zaro hamkorlik yoki kurashga, har bir tomonning o’z maqsadiga erishishi uchun undashi, muammo va vazifalarni o’zicha tasavvur qilishi, ularni hal qilishning o’z usul va vositalaridan iborat bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |