Internet-resurslar
htp://www.psychol-ok.ru/library.html
htp://www.psystudy.ru/
htp://www.psychology-online.net
htp://flogiston.ru/
htp://www.koob.ru
htp://psychol.ras.ru/
htp://www.zankov.ru/
htp://www.dvv.interro.ru/
htp://elkonin.ru/
G L O S S A R I Y
Adekvatlik – teng, o’xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya – psixik xodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o’xshashligi.
Anketa – metodlardan biri bo’lib, respondent to’g’risida aniq ko’zlangan ma’lumotlarni yig’ish maqsadida qo’llaniladi.
Assosiasiya – psixik xodislar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma’lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi.
Atribusiya xatosi – tekshiriluvchida mavjud bo’lmagan omillarni hisobga olish yoki noturg’un xususiyatlarni turg’un, deb baholash.
Attraksiya – bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya – kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik – shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok – shaxsning bir vaqtning o’zida ham eshitib, ham ko’rib idrok qilishi.
Autogen mashq – shaxsning o’z-o’zini ishontirish va o’z-o’zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt – kuchli, jo’shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar sifatida ro’y beradigan psixologik holat.
Baho – turli usullar orqali qo’lga kiritilgan natijalarning, xususan, intervyu, psixologik testlar, fiziologik yoki psixofiziologik o’lchovlar, apparaturalar holatining kuzatilishidir.
Bilish radikalizmi – ishchi farazlarga nisbatan yuqori baholash an’anasining mavjudligi va yaxshi iboralarni qidirishga bo’lgan xohishning yo’qligi.
Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar orqali o’rganish usuli.
Bixeviorizm – psixologiyaning o’rganish predmeti sifatida odam xulq-atvorini olinishi nazariyasi.
Breynshorming – aqlga xujum – baxslarni tashkil etishda qo’llaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar – muloqotda mavjud bo’lgan shaxsning o’zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal – og’zaki ifodalangan nutq.
Vegetativ nerv tizimi – nerv tizimining organizm ichki a’zolari faoliyatini va modda almashinuvini boshqarib turadigan bir qismi.
Genotip – ota-onadan farzandga o’tadigan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya – psixologiya tarmog’i, qarilik davri psixologiyasini o’rganadi.
Gnostik – butun borliqni bilishga yo’naltirilgan faoliyat.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo’lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o’zining tutgan o’rniga qarashlaridan kelibchiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig’indisi.
Depressiya – tushkunlik kayfiyati.
Diagnostika – yorqin namoyon bo’luvchi individul-psixologik, psixofiziologik xususiyatlar asosida olingan ma’lumotlarni taqqoslash bilan alohida kishi yoki ma’lum shaxslar guruhi borasida xulosa chiqarish demakdir.
Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma’lum obyektga uzoq vaqtdavomida muttasil qaratilishi.
Diqqatning ko’lami – bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati.
Diqqatning ko’chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko’chirish.
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o’zaro og’zaki gaplashishi.
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo’lib, bunda so’zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |