Uchinchidan, darslik bilan bir vaqtda o’quv fanining butun ilmiy mazmunini to’la ochib berishi mumkin deb bo’lmaydi, balki asosiy yo’nalishni ko’rsatadi. Undan foydalanib fanni yanada keng va chuqurroq o’rganiladi. Darslik shu mazmunda hodisalarga ushbu fanda beriladigan tushuntirishlarga yanada chuqurroq kirib borishga yo’l ko’rsatuvchi bo’lib xizmat qiladi.
Bu aytilgan gaplarning barchasi albata har qanday o’qituvchi uchun talluqlidir, lekin shunga qaramasdan o’qituvchining faoliyatida va talabaning o’quv faoliyatidagi roli haqida yana bir bor o’ylab ko’rish foydali bo’ladi. O’qituvchi va talaba tomonidan rolini baholash nuqtai nazarlaridan bir xil emas, ba’zida esa qarama-qarshi jarayon sifatida e’tirof etadilar. Ko’pchilik talabalar darslikka ortiqcha baho beradilar. Uni bilishlarning yagona manbai deb hisoblaydilar. Shuning uchun ma’ruzalarni yozib bormaydilar, imtihon topshirish uchun hamma narsa bor deb kitobga ishonadilar. Boshqa talabalar bilim olishning asosiy manbai ma’ruza materiallari ya’ni boshqa darsliklardan olingan ma’lumotlar bilan to’ldirilgan va rivojlantirilgan ma’ruzalar deb hisoblaydilar. Ular ilmiy haqiqatni boshqa joylardan izlamaydilar. Xususan, ilmiy psixologik bilimlar dastlabki manbai hisoblangan tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlardan foydalanmaydilar. Ular darslik yuqori baholab uning asosida imtihon topshirishga erishilayotgan ekan uni fan bo’yicha etarli manba sifatida hisoblab xato qiladilar.
Lekin shuni ham aytish kerakki, talaba psixologlarning bir qismi bo’lajak kasbiy faoliyatida foydali bo’ladigan ilmiy bilimlar sohasi sifatida psixologiya bilan jiddiy qiziqadilar va iloji boricha ko’proq maxsus psixologik adabiyotlarni o’qishga harakat qiladilar. Shunday qilib, talabalarning baholashlari bo’yicha – darslik bu deyarli barchasi ilmiy bilimlarni mujassamlashtiradi va ular ko’proq unga ishonib munosabatda bo’ladilar.
O’qutuvchi nuqtai-nazaridan darslik albata butun fan emas, balki bu birinchi pog’onadir. Darslikdan faqatgina ilmiy psixologiya bilan jiddiy shug’ullanishdan boshlanadi, ya’ni uni haqiqiy egallash, psixologiya bo’yicha maxsus ilmiy adabiyotlarni chuqur to’la va qiziqib o’rgangandagina mumkin bo’ladi.
Lekin majburiy va ilmiy bilimlarning boshlang’ich manbai sifatida va faqatgina darslik orqali o’rganilishi zarur bo’lgan talabalarga «katta fan» yo’lini ko’rsatuvchi sifatida zarurdir. Amo talabaning o’quv faoliyatida darslikni o’rni va o’zining bunday tushunishda alohida pedagogik ishlarni talab etadi. Psixologiyani o’qitish metodikasi ana shu haqida fikr ilgari surilishi mumkin.
Bu erda fikr nima haqida borishi mumkin.
Birinchi navbatda birinchi kurs boshlanishida darslik mazmunini olim-psixologlarning nazariy va amaliy ishlari mazmunini funksional bog’liqligini ko’rsatish, bilan psixologik adabiyotlarni mustaqil o’rganish metodlari va usullari haqida talabalar bilan maxsus mashg’ulot o’tkazish zarurligidan iborat. Bunday mashg’ulotlardan maqsad psixologik munosabatlar bilan inson qalbi sirlarini tushuntiruvchi nozik va aqliy tajribalar bilan qiziqtirishdir. Talabalarda psixik hodisalar haqida o’zlari o’qib chiqishi va tushunib olish, mustahkamlash istagini uyg’otishdan iborat.
Ular ilmiy psixologik adabiyotlardan juda ko’plab qizqarli va foydali ma’lumotlarni olish mumkinligini tushunganlarida faqat darslik va ma’ruzalar bilangina cheklanmaydilar.
Bunday maxsus mashg’ulotlardan tashqari doim ma’ruza yoki guruhiy mashg’ulotlarida darslikda qisqa bayon etilgan bilimlarni nazariy holda olishning ilmiy asarlarida yangi to’la va juda tushunarli qilib ochib ko’rsatilishini namoyon etib berishi kerak. Agar darslikning mazmuni bilan unga mashg’ulotlarining dastlabki manbai bo’lgan ilmiy kitoblar va maqolalar o’rtasida bog’liqlikni doimiy tekshirib kelinsa, unda darslikning fandagi yo’l ko’rsatuvchi sifatidagi obro’si o’sib boradi.
Psixologiya o’qitish metodikasi bilan bog’liqlikda darslik haqida aytilishi kerak bo’lgan asosiy fikrlar bu birinchi kurs talabasining darslikni o’zi bilan ishlash metodikasi bilan tanishtirish; uni qanday o’qish kerak, yodlab olish va takrorlashga o’rganib qolmasligi zarurdir.
Talabaning darslik bilan ishlash metodikasiga o’qitish uchun bir tomondan radikal, lekin amaliy vosita mavjud. Darslik matnini o’rganishga o’quv topshirig’i asosiy hisoblanadi. (N.G.Danri tomonidan o’z vaqtida «mantiqiy topshiriq» deb atalgan). Bunday topshiriq juda oddiy tuziladi: darslik matnni o’qib borib, o’qituvchi, talaba, o’quvchi ham uning mazmunini anglab etishi, o’qituvchining mulohazalarini mantiqiy tushunishi, demak fanning o’zini mantiqiy fikrlashni talab etuvchi savollarni ifoda etadi.
Topshiriqning savollari darslik chegarasidan chiqish va darhol dastlabki manba kitobga murojat etishga ham mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Fikrimizni misollar asosida davom etiramiz. R.S.Nemovning darsligida birinchi kitobida quyidagilar ifodalab berilgan. «Psixik jarayonlar idrok etish diqqat, tasavvur, xotira, fikrlash, nutq har qanday inson faoliyatining muhim komponentlari kabi ishtiroq etadi» va muallif tomonidan ular «faoliyat va bilish jarayonlari psixologiyasi» nomli bo’limiga kiritilgan. A.V.Petrovskiy rahbarligi ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligida (1976) idrok etish jarayonlari shaxs psixologiyasiga talluqli sifatida qaraladi va «shaxsning idrok etish» nomli bo’limiga kiritilgan. Ikkala matnni o’rganib chiqing va savolga javob bering: nima uchun bir vaqtda jarayonlar faoliyat psixologiyasida, boshqa vaziyatda esa shaxs psixologiyasida o’rganiladi. Psixologiyada mavjud bo’lgan faoliyatli va shaxsiy yondashishlarni hisobga olib, ushbu holatda bu variantlarning qaysi biri sizning fikringizga to’g’riroq bo’ladi. Balki ikkita yondashish ham bir xilda to’g’ridir, (boshqa manbalarga qarang) o’z javobingizni asoslab bering.
«Shaxs psixologiya»si bo’limida turli muamolar shaxsning xislat va xususiyatlari doir bilimlarni o’rganadilar. Misol uchun R.S.Nemov Psixologiya nomli kitobida hatto oltitasini ya’ni qobiliyat, xarakter, iroda, his-xayajon, motivasiya hisoblab chiqadi. «Umumiy psixologiya» A.V.Petrovskiy rahbarligida darsligida ular faqatgina uchta temperament, xarakter, qobiliyat bu erda motivasiya ham shaxs xususiyatlariga kiritilgan, lekin faqat uning foaliyati bilan bog’liqlikda iroda va his-hayajonlari, sezgilarni esa faoliyat xususiyatlariga kiritilgan. Bu ikki variantning qaysi birini siz to’g’ri deb hisoblaysiz. Balki ular asosida yangi loyihani yaratish mumkinligi haqida sizda fikr bordir. Bu savollarni yanada to’laroq o’rganib chiqish uchun boshqa adabiyotlarni diqqat bilan o’qib chiqing.