Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


Bu bosqichlar quyidagicha



Download 0,92 Mb.
bet70/204
Sana05.06.2023
Hajmi0,92 Mb.
#948833
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204
Bog'liq
Ro’yxatga olindi ¹2021 yil “ ”

Bu bosqichlar quyidagicha :
I –bosqich - Bolaga o’zlashtirish uchun yo’l-yo’riqlar kursatilmaydi.
II-bosqich - O’zlashtirish uchun yo’l-yo’riklar ko’rsatiladi va o’quvchi uni bajarishga kirishadi.
III-bosqich - Moddiy harakat bosqichi bo’lib, bunda harakat yo predmetlarda yoki ularning tasvirlarida (sxema, chizmalar, maketlar va hokazo) olib boriladi, ular narsalar bilan taqqoslaniladi.
IV- bosqich - Keyin shu harakatlarning o’zini narsalarga tayanmay baland ovoz(nutq) vositasida bajariladi.
V- bosqich - baland ovoz vositasida harakat qilishni ichki rejaga ko’chirish – bu xuddi usha tashqi nutqning o’zi, lekin «o’z ichida harakat kilishi»dir.
VI- bosqich – ichki nutqdagi «o’zi uchun» harakat qismidir.
Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirish shu jarayon kaysi shart va usullar yordamida tarkib topgan bo’lsa, ana shu shart va usullar tizimi tomonidan determinlashtirilgan ekan, bu ularni egallash, boshqarishi mumkin ekanligini anglatadi. P.Ya.Galperin rahbarligida o’tkazilgan tadqiqotlar fikrlash harakatlarini ko’rsatib o’tilgan prinsip buyicha tarkib toptirish ta’lim jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
2. Kishining faoliyat jarayoni odamning o’zini o’rab olgan obyektiv dunyoga faol munosabatda bo’lishining eng muhim shakllaridan biridir. Shu faoliyat tufayli odam bilan tashqi dunyo o’rtasida real bog’lanish amalga oshadi.
Pedagogik psixologiya o’quv xolatlaring asosiy shakllarini uyin, taqlid qilish, mehnat, takrorlash va yod olish, sinab ko’rish va xatolarni aniqlash, mashqlanish va o’quv vazifalarini hal qilish, mustaqil fikrlash, shuningdek hissiy aloqa qilish, narsalarni qo’l bilan harakatga keltirish rolli uyinlar, o’quv professional faoliyat kabilar bilan belgilaydi. Bularning hammasi ta’limni muvaffaqiyatli o’zlashtirishga, o’rganish faoliyatini yengillashtirishga, yangi bilimlar haqida chuqur tasavvurlar qoldirishga, ularni xotirada uzoq vaqt saqlab turish va kerak vaqtda esga tushirishga yordam berish asosiy omillardan hisoblanadi.
Uyin bolalarning ijodiy faoliyati bo’lib, atrof hayotdagi voqyelikni aynan o’zidagidek emas, balki uni o’zicha aks ettirish, ba’zi narsalarni o’zlashtirish, o’ziga uylab chiqarish jarayonidir. Bolalar uyinlarda xayol kiladi, ijod kilish elementlari ko’rinadi, fikr yuritadi, ularni o’z nutqida bayon etish orqali rivojlanadi.
Mehnat faoliyati o’quvchi shaxsiga har tomonlama ta’sir qiladi. Har tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti, shaxsning ongli faolligidir. Mehnatda o’quvchi shaxsining xarakteri va irodasi tarbiyalanadi, kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi. Mehnat faoliyati o’quvchilarda narsalarning o’zini va ularning shakllarini, harakatlarini masofani va boshqalarni esda qoldirish bilan bog’liqdir. Odamning ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati har vaqt ma’lum motivlarning bo’lishini taqozo qiladi. Mehnat faoliyatida motivlar odam ehtiyojlari sababli paydo bo’ladi. O’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishlari u yoki bu fanning o’zlashtirishga intilishi, bilimlarini kengaytirish ham ma’lum motivlar asosida bo’ladi.
O’qish faoliyati jarayonida o’qish, o’rganish motivi o’zgaradi va tarkib topadi. O’qish faoliyati dastlabki yillarda o’quvchi uyda uni urishmasliklari uchun, yaxshi baho olish maqsadida o’qishi mumkin. O’rta maktab yillarida o’quv predmetlariga differensial qiziqish paydo bo’ladi va shu asosda fan muammolariga qiziqish yuzaga keladi va natijada o’smirlarda bilimga bo’lgan qiziqishlarini qondirishga qaratilgan bilimlarni egallash motivlari paydo bo’ladi.
Ma’lumki 1997 yil 25 avgustda «Ta’lim to’g’risidagi qonun» qabul qilindi. Uning II bobida ta’lim tizimi va uning turlari aniq ko’rsatib berildi. Unga muvofik, ta’lim o’z Davlat tili, dasturi va ta’lim muassasalarni bilan belgilanib, u yagona va uzluksiz ta’lim tizimidir. «Ta’lim to’g’risidagi qonun»ga binoan, bolalar yoshligidan boshlab to ishlab chiqarish jarayonida ham ta’lim olish huquqiga haqlidirlar. Umrining oxirigacha ham inson voqyelikni tinmay o’rganib boradi. Ta’lim turlari maktabgacha ta’lim, umumiy va o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtlaridan keyingi ta’lim, malaka oshirish, maktabdan tashqari ta’lim, oiladagi ta’lim tizimi bilan izohlanadi.
Bu ta’lim tizimi yoshlarga bilim, ko’nikma va malaka berish bilan kifoyalanmay, balki ularning komil inson qilib yetishtirish kabi buyuk vazifalarni bajaradi. O’quvchilar bilimi hayot tajribalari bilan bog’langan bo’lishi lozim. Fan asoslarini hayot bilan, mustaqil rivojlanish amaliyoti bilan mustahkam bog’lab o’rganish, uni ishlab chiqish mehnati bilan ko’shib olib borish talab etiladi. Shundagina o’quvchilar bilimlarini oshishi va boyishi uchun, o’quvchi shaxsning tarkib topishi uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. O’quv amallari va o’rgatuvchi amallar o’quvchini nazariy olgan bilimlarini amalga tatbiq qilishda, bevosita ishlab chiqarish (zavod, fabrika, qurilish va hokazo)bilan bog’liq bo’lishda katta ahamiyat kasb etadi va bolani kelgusi hayotga, faoliyatga, kasbga tayyorlaydi.
4.Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta’sir etuvchi omillarga ham bog’liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir.
Ichki omillarga –diqqat va ustanovkalar kiradi. Ya’ni ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar diqqatini tashkil kilishi, ularni turli xolatlarida turlicha diqqat xususiyatlaridan foydalana olish, diqqatning barqarorlik va ixtiyoriylik xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib o’quvchi diqqatini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o’quvchilarning ham o’ziga jalb qilish, o’zlashtirishga qiynaladigan, diqqati tarqoq o’quvchilar bilan uzaro munosabatlar o’rnatish ta’lim muvaffakiyatini belgilaydi.
Bola har qanday ta’lim jarayonida ham, u bolani qiziqtiradimi, zeriktiradimi undan kat’iy nazar, dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari ko’p jihatdan o’qituvchi shaxsiga bog’liqdir.
Shuningdek, ichki omillarga o’quvchining dangasaligi, ishyoqmasligi, uz irodasini tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi ham kiradi.
Tashqi omillarga o’quv materiallarining mazmuni va shaklini maqsadga yunaltirish darajasi, o’quvchining bir sinfda ikki yil qolishi, bir maktabdan ikkinchisiga ko’chib o’tishi, o’qituvchilarning o’zgarib turishi va ularning o’quv jarayoniga munosabati, o’quvchining kasal bo’lib qolishi kabilar kiradi. Bular o’quvchilarni bilimlarni o’zlashtirishi va uni o’qib olishga ta’sir qiladi va hatto o’zlashtirish jarayonini pasayishga sabab bo’ladi.
Ta’lim mazmunini to’la va chuqur o’zlashtirishda takrorlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun takrorlash aniq bir maqsadga qaratilgan bo’lishi, u ongli ya’ni anglangan bo’lishi, takrorlash materialni esdan chiqarmasdan oldin bo’lishi, takrorlashda assosiasiya qonunlariga rioya qilib, materialni bir-biriga bog’lab takrorlanishi, qiyin materiallarni eng muhim xususiyatlarini ajratib, uni yon daftarga yozib yoki tagini chizib takrorlash muhimdir. Eng asosiy takrorlangan materialni ongda qayta jamlab chiqishdir. Bunda o’qib o’rganilgan material yotish oldidan yoki boshqa mashg’ulotlar bilan shug’ullanish jarayonida uni ichida takrorlab chiqilsa o’zlashtirilgan va o’zlashtirilmagan material aniq bilib qoladi va o’quvchi o’zlashtirmagan materialni kitobni ochib o’qib olsa u material uning bilim boyligiga aylanadi.
Takrorlashda yod olishni tashkil qilish ham ahamiyatlidir. Yod olish xronologik raqamlarni, formula va qoidalarni bilishda bo’lishi mumkin. Lekin materialni yod olishda uning mazmuniga alohida e’tibor berish lozim. Agar yod olinayotgan materialni mazmuniga tushunib, uni bir-biriga bog’lab o’qib olishga e’tibor berilmasa, unday holda quruq yod olingan material tezlik bilan unutiladi yoki u o’quvchidan baho olgunga qadar yetadi va keyin esidan chiqadi.
O’qituvchi o’quvchilarni o’quv materiallarni o’zlashtirishlarida bunga albatta e’tibor berishlari lozim.
Shuningdek, ta’lim jarayonida o’qituvchi bergan yangi bilim va informasiyalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganliklarini bilishda ta’limdagi qaytarma aloqa muhimdir. Qaytarma aloqa jarayoni hamma jarayonlardan ham ayniqsa yangi mavzularni mustahkamlash yoki o’tilgan mavzuni takrorlash jarayonida bo’ladi. O’qituvchi sinf o’quvchilarini o’zlashtirgan yangi mavzu mazmunini aniqlashda mavzu bo’yicha ko’plab mayda savollar berish va kartochkalar tarqatish orqali amalga oshirish mumkin. Kaytarma aloqa orqali mavzuni mazmunini qanday o’zlashtirib olganini aniqlash va u kelgusi mavzuni muvaffakiyatli o’zlashtirish garovi bo’ladi.
Bilimlarni o’zlashtirib borish turli ko’nikma va malakalar hosil kilishga ta’sir ko’rsatadi. Xar qanday ko’nikma bilimlarsiz bo’lmaydi. Ta’limiy ko’nikmalar (yozish, o’qish va hisoblash o’rganib olish) ko’nikmani birinchi turiga kiradi. Kunikma va malakalarni ikkinchi turiga umumiy mehnatga doir bo’lib, ular kasb-xunar ta’limi jarayonida takomillashadi. Shuningdek, bu ko’nikma va malakalar sinfdan tashkari mashg’ulotlarda fanlar buyicha to’garaklarda, qo’l mehnati darslarida: qog’ozdan, kartondan, gazlamalardan, plastilindan, turli narsalardan tayyorlash yuli bilan hosil qilinadi. Har bir o’qituvchi ko’nikma va malakalar hosil qilishni qonuniyatlarini bilmog’i lozim .

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish