Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”



Download 0,92 Mb.
bet42/204
Sana05.06.2023
Hajmi0,92 Mb.
#948833
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204
Bog'liq
Ro’yxatga olindi ¹2021 yil “ ”

II. Asosiy
bosqich
(50 daqiqa)

2.1. Faollashtirish va bilimlarini tekshirish maqsadida bir qancha savollar beradi:
Diqqatini asosiy tushunchalarga qaratadi. Zarur bo‘lsa javoblarni aniqlashtiradi, qo‘shimchalar qiladi, o‘zgartirish kiritadi.
2.2. Keyingi faoliyat har bir talabada alohida davom etishini e’lon qiladi.
2.3. Ushbu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv materialini tarqatadi va tanishib chiqishni taklif qiladi. Shu bilan birga bu masalalarni yechib, psixik taraqqiyot nazariyalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirish taklif qiladi. Talabalarga berilgan vazifalarni muhokamasini tashkil qiladi.

Berilgan savollarga javob beradilar. Fikr almasha-dilar.
Berilgan vazifalar ni bajaradilar.
O‘z ishlarini olib chiqib, taqdim qiladilar. Bir-biriga berilgan savollarga javob beradilar.

III. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1. Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy mohiyatiga qaratadi.
3.2. O‘quv mashg‘ulotining natijalarini qayd qiladi. Talabalar mustaqil faoliyatining maqsadga erishganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.4. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: seminar mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishlari uchun savollar

Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.

2-Mavzu: PEDAGOGIK PSIXOLOGIYYaNING YUZAGA KELISH TARIXI.
1.Pedagogik psixologiyaning umumpsixologik konteksti.
2.Psixologiya nazariyalari va uning pedagogik psixologiya rivojlanishiga ta’siri.
3.“Pedagogik psixologiya" terminining kiritilishi.
4.Pedagogik psixologiya fanining rnvojlanish bosqichlari.
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o’quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o’ziga xos psixologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullairni bilishi lozim bo’ladi.
Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, interfaol ta’lim metodlari) joriy qilinmoqda.
Pedagogik psixologiya - ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.
Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlari tashkil etadi. pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni ham tadqiq etadi. bundan tashqari, o’quv materiallarining o’quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi.
Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi.
Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim – tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan o’qituvchi shasini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta’lim – tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarni ajratib ko’rsatish bilan birga uning bilim, ko’nikma, malaka va qobilyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.
Shu bois pedagogik psixologiya fanini o’rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati qonunlariga, psixofiziologiya qonunlariga bu sohada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Pedagogik psixologiya ilmining alohida predmeti sifatida XIX – asrning boshlarida vujudga kelgan bo’lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va qaror topish yo’li ancha murakkab kechgandir. Mazkur ilmning rivojlanishiga turli dunyoqarashlar o’rtasida olib borilgan doimiy kurash katta ta’sir ko’rsatgan. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining u yoki bu bosqichida qanday dunyoqarash ustuvorligiga qarab, tekshirishlar darajasi va sifati, olingan natijalarni qanday izohlash zarurligi belgilab berilgan.
O’tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonunyatlarini izchil, atroflicha, muayyan ilmiy yo’nalishda o’rganmagan bo’lsalarda, biroq allomalarning qo’lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo’lishi, inson kamoloti to’g’risida qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish