3.1.Mavzuni umumlashtiradi, xulosalar qiladi. Talabalar diqqatini mavzuning asosiy mohiyatiga qaratadi.
3.2.O‘quv mashg‘ulotining natijalarini qayd qiladi. Talabalar mustaqil faoliyatining maqsadga erishganlik darajasini tahlil qiladi va baholaydi.
3.4. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: seminar mashg‘ulotiga mustaqil tayyorlanishlari uchun savollar
Eshitadilar.
Vazifani yozib oladilar.
18-Mavzu: TALABALARNING PSIXOLOGIYa O’QITISh KO’NIKMALARINI EGALLASh BO’YIChA MUSTAQIL IShLARI.
REJA:
1.Talabalar mustaqil ishlarini boshqarish
Talabalarni adabiyotlar bilan mustaqil ishlash mahoratlari ta’lim jarayonida shakllanadi. Avvalgi bobda biz o’quvchi o’quv faolligini o’rganib, rivojlanib borishi o’z-o’zini shakllantirishga, o’z e’tiborimizni qaratdik. Bunga talabalarning fikrlashlarini faollashtirishga mo’ljallangan, ularda berilgan yuqorida bayon etilgan barcha topshiriqlar (savol va topshiriqlar) xizmat qiladi. Asosiysi o’quvchi shaxsining ilmiy va hayotiy muamolarini tushunish qobiliyatini egallab o’zini-o’zi yaratadi.
Talabani mustaqil o’qishga o’rgatish psixologiyani o’qitish metodikasining muhim masalalardan biridir.
Psixologiya va uni tashkil etuvchi boshqa o’quv fanlari gumanitar yo’nalishdagi boshqa fanlari kabi taxminan bir xil o’rganiladi. Lekin uning o’ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo’lib uni hisobga olmaslik mumkin. U maqsadlari, masalalari, mazmunidir.
Psixologiyani o’rgatishning maqsadi-insonni tushunishi u kim bo’lishidan qat’iy nazar u bilan to’g’ri o’zaro aloqalar olib borishga qaratilgan bo’lsa, unda nazariy (kitobdan) qoidalarini bilish oliy o’quv yurtida bo’lajak mutaxassisni o’qitishning yakuniy maqsadi bo’lmay, balki faqat unga ergashish vositasi hisoblanadi. Asosiy maqsad – mavjud odamlar psixologiyasini bilish mahoratidir.
Rivojlantiruvchi o’qitish yordamida talabada nazariy fikrlash mahoratini shakllanadi va bu orqali kitobdan o’quv materiallarini yodlash, mexanik eslab qolishni yo’qotish, talabaning mustaqil o’quv faoliyatini to’g’ri yondashilgan holda tashkil qilinishi.
Bu adabiyotlarni o’qiganda ma’ruza tinglaganda talaba olgan ma’ruzalarini doim odamlarning hayotiy xulqlarini shaxsiy fikrlari, sezgi hissiyotlari bilan xayolan taqqoslashi ularni tanqidiy tahlil qilishi va yangi ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda baholashlarini anglatadi.
Bu o’rganilayotgan materialda talaba nazariyani yodlab olmasdan balki, uning yordamida hayotiy hodisalarni tahlil qilib unga yanada yaxshi o’qishga yordam beruvchi, fikrlashni rivojlanishini anglatadi. Faqat shu yo’l bilangina psixologiyani fan sifatida umuman har qanday boshqa fan kabi o’zlashtirishi mumkin. Biroq ko’plab boshqa fanlarga qaraganda psixologiyani ustunlik tomonlari mavjuddir. Jumladan, ilmiy bilimlarni amaliy qo’llash sohasi shuningdek, amaliy material sifatida qo’l ostidagi odatlar va boshqalar.
Ko’rsatilgan maqsadlarga talabalar erishishlari uchun o’qituvchi tomonidan quyidagi masalalar hal qilinishi lozim.
1. Talabada fanni chuqur o’rganishga turtki bo’luvchi omilni shakllantirish va shu orqali u quyidagilarni hal etishi lozim. «Psixologiya menga nima uchun kerak bo’ladi?», «Nima uchun psixologiyani o’rganish kerak?». Agarda «diplom», «obro’» uchun bo’lgan bo’lsa, unda talabada fanni o’rganish uchun sabab o’z-o’zidan mavjud uni hali takomillashtirish keraqligini tushuntirishdir.
Ana shu masala o’qituvchi uchun eng birinchi va bilish uchun eng muhim vazifadir. Uni qanday qilib hal etish kerak? Talabaga odamlar psixologiyasini bilish hayotda unga shaxsan qachon, qaerda va nima uchun kerak bo’lib qolishini tushuntirib berish va hakozo. Bunga psixologiyani fan sifatida predmeti va vazifalarini ochib beruvchi maqsad birinchi ma’ruzadayoq amalga oshiriladi. Ma’ruzada psixologiya inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi, shaxs kamolga etar ekan insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi, shunday ekan ularni psixologiyasini bilish kelajakdagi faoliyatlari uchun keraqligini anglatgan holda qiziqtirishi kerak. Fanni o’rgatish jarayonida zarur ekanligini tushuntirish chuqurlashtirilib boriladi va natijada psixologiyaga nisbatan qiziqishga aylanadi. Ana shu o’quv faoliyatida amaliy sabab ilmiy psixologik bilimlarni egallab olishning shaxsiy mazmunini anglab etishga asoslangan, o’rganishga nisbatan qiziqishi haqiqatda takomillashganini anglatadi.
Ma’ruzalar va kitoblardan olingan bilimlarni o’zlashtirish uchun hayotiy psixologik hodisalarni, psixologik bilimlar asosida tushuntirishga intilib ularni hayotiy psixologik hodisalar bilan solishtirish keraqligini talabalarga tushuntirish lozim.
Bu masalani hal etishda ma’ruzalarda o’qituvchi tahlil qiladigan adabiyotlardan keltiriladigan misollar hamda amaliy mashg’ulotlarda, seminarlarda muhokama etiladigan amaliy topshiriqlar (psixologiya o’quv masalalari) yoki psixologiya fanlar bo’yicha yozma nazorat ishlar mazmunini tashkil etuvchi amaliy topshiriqlar yordam beradi. Ilmiy qoidalarni hayotiy hodisalarga bunday taqqoslash odamlarni psixologiyaga o’rgatish demakdir. Kundalik hayotiy hodisalarni psixologik nuqtai nazaridan o’rganish har qanday sharoitda ham inson bilan to’g’ri munosabatlar qurish uchun uni tushunish, o’rganishni anglatadi. Odamlarga rahbarlik qilish boshqa odamga bo’ysinish o’qitish va tarbiyalash shu bilan bir vaqtda munosabatlar uchun qulay psixologik muhitni yaratishdan iborat.
Adabiyotlarni mustaqil o’rganishda talaba uchun quyidagi shior harakatlarga chorlovchi doimiy ko’rsatma bo’lishi kerak. Hayotiy hodisalarni psixologik tahlil qilishdan (tadqiqotlaridan) olinadigan barcha xulosalarni albata yozib borish lozim. Bunday yozuvlarni amalga oshirib borish an’anaviy o’qitishda (maktablar oliy o’quv yurtlarida) ko’pincha kitobdagi mavjud narsalarni ko’chirib yozib olishdan iborat bo’lgan konspektlar yozib borish bo’ladi. Amo kitobdan biror fikr keltirilsa, unda darhol sharhlashi ham kerak. Talaba yozib olingan qoidalarni hayotiy tushunishini aks etiruvchi shaxsiy fikrlarini yozib borishi shart. Bu uning fanni egallab borishini haqiqatdan mustaqil ekanini anglatadi.
Ko’rsatilgan masalalar hal etilganda talaba faqatgina ma’ruza tinglagani emas, balki uning mazmunini tushungan holda kitobni faqat o’qib chiqish emas, uning mazmun-mohiyatini anglab etishi, psixologik tahlil qilishga, olgan bilimlari asosida odamlar xulqini baholay oladigan va ilmiy bilimlaridan o’zining kundalik amaliyotda foydalanishga tayyor bo’lib chiqadi. Oliy o’quv yurtida o’qitish talabalarning sessiyalar oralig’ida o’zi mustaqil bilim olishini to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Mustaqil bilim olish tartib, kitob o’qishga, navbatdagi vaqtinchalik tadbirga aylanmasligi uchun (talaba yarim yilda oldiga sessiya oldidan esa kitob o’qishga kirishadi) unga bu ishni doimiy amal qiladigan tizimga aylantirishga yordam berishi kerak.
Ma’lumki, fanni o’rganish masalani hal etishga sun’iy majburlash emas, yaxlit yondashish, mazmuni bo’yicha va bajarilishi yuzasidan mustaqil bo’lishni talab etadi. Alohida masalalarni o’rganish, qandaydir bir xususiy va bunda rasmiy bo’lgan ma’ruzalarga erishish (misol uchun nazorat ishlarini o’z vaqtida bajarilganligi haqida «hisobot» berishi) kabi o’rganish tuzilish elementlarining barchasi bir- biri bilan tabiiy bog’liq bo’lishi hamda bir biridan ajralgan holda to’la o’zlashtirilishi mumkin bo’lmagan fanni qandaydir tizim sharoitida mazmunini o’zlashtirishiga imkon bermaydi. Biror narsani eslab qola olsa ham baribir buni chuqur bilib bo’lmaydi va shaxsning ijtimoiy xulqi ilmiy boshqaruvchisi bo’lib xizmat qila olmaydi.
Agarda talaba alohida bir masalani hal etishga kirishsa (misol uchun referat yozish bo’yicha ishlarni bajarishga), lekin bu masalani to’la hal etishi uchun ilmiy asoslarini hali o’zlashtirmagan bo’lsa, u asosiy maqsadga erishishida mavjud odamlar xulqini tushunishga imkon beradigan ilmiy bilimlarni egallash yo’lida o’ziga sun’iy tasdiqlarni yaratadi. Shuning uchun muhit talabaning o’quv dasturi alohida qoliplari bo’yicha hisobotlari emas, fanni qadama-qadam kompleks o’rganishi bir vaqtning o’zida o’zlashtirib olish va uni barcha alohida o’quv masalalarini hal etishga qo’llash hisoblanadi. Mana shu dialektikadir: talaba aniq bir masalani hal etib fanni o’rganadi, o’rganish esa keyingi hamma o’quv (nazariy va amaliy) masalalarni to’g’ri hal etishga qodir bo’lib qoladi. Bunga faqatgina fanni o’qitishga xususan talabaning mustaqil bilim olishini tashkil etishga kompleks va tizimli yondashish yordamidagina erishish mumkin.
Mustaqil ishlashga kompleks yondashishni talaba qanday amalga oshirishi mumkin. Asosiysi talaba darslik va boshqa adabiyotlarni o’qiyotganida ma’ruzalarda olgan axborotlarga tayanishi kerak. Bir manbadan o’qiganlarini boshqa manbadan olgan axborotlari bilan solishtirishi, olgan bilimlarini to’ldirib va aniqlashtirib borishi kerak. Ularni o’z navbatida hayotiy hodisalar odamlarda va shu jumladan o’zida hali kuzatiladigan haqiqiy psixik hodisalar bilan solishtirilishi kerak. Shunday qilib, ma’ruzada nazariy adabiyotlarga ulardan amaliyotga o’tish hodisasi yuz beradi.
Bu esa o’quvchining ongida mavjud bo’lmagan bilimlarni egallab oladi, ya’ni o’zlashtirish jarayoni ketadi. Ilmiy adabiyotlardagi bilimlar talabani odamlar psixologiyasini o’rganish bo’yicha amaliy analitik amallarni bajargani uchun olgan bilimlardan foydalanishga o’rganib olgandagina o’zlashtirilgan deb hisoblash mumkin.
Shunday qilib, talaba tomonidan fanni o’zlashtirilishi faqat uning mazmunini yaxshi bilish bilan emas, balki yana bu bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo’llashni bilishini anglatadi. Mustaqil bilim olish tizim sifatida o’z tuzilishlariga ega. Talaba bu tuzilishning barcha elementlaridan to’la foydalanish muhimdir. Shuni ham hisobga olish kerakki, har qanday talaba ham o’qituvchiga maslahat so’rab murojat etavermaydi.
Tajribalardan ko’rinadiki talabalar hatto konsultasiyalar olish uchun navbatchi o’qituvchilar bilan uchrashuvga ham kelmaydilar. O’quv materialini o’zlashtirishda qiyin nazariy masalani tushunib olish uchun zarur bo’lgan jiddiy vaziyatda talaba birinchi navbatda o’ziga o’zining o’quv o’rganish faoliyatini qurish mahoratiga tayanadi. Lekin nima bo’lishidan qat’iy nazar baribir birinchi kurs talabasi hali o’qishni bilmaydi. Mustaqil bilim olish mahoratiga tezda o’rganib olishi uchun unga ishlash metodlari va usullarining ba’zilaridan foydalanishga yordam beradi. Bu metodlarni ko’rib chiqish uchun mustaqil ishlashni tashkil etuvchi qismlariga ajratib chiqamiz:
- ma’ruza konspektlarini o’qish;
- o’quv va ilmiy adabiyotlarni o’qish sharhlash va konspekt tuzish;
- imtihonlarga (sinovlarga) tayyorlanish.
Ma’ruzalar konspektlarini o’qish bir necha maqsadlarga ega: