DIN – UMUMINSONIY QADRIYAT SIFATIDA
Din tushunchasi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. Din real voqyelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o’ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib, chuqur, mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi. Demak, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai nazardan "din", "diniy e’tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo’lgan, uni go’yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to’g’ri", "haqiqiy", "odil" hayot yo’llarini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir.
Arab istilochilari O’rta Osiyoni egallab olgandan so’ng islomni joriy qilish bilan o’z yozuvlarini ta’lim-tarbiya, odob-axloqlarini va shu bilan birga arab madaniyatini olib keldilar. Islomgacha bo’lgan dinlar bilan bog’liq yozuvlarni, toat-ibodat buyumlarini yo’q qilishgan. Ibodatxonalar o’rniga masjidlar qurilgan, arab alifbosiga asoslangan yozuv kiritilgan. Davlat tili, ilmiy til asosan arab tili hisoblangan. Bu haqda Beruniy o’zining "Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozishiga ko’ra, Xorazmda arab lashkarboshisi Qutayba islomgacha bo’lgan din bilan bog’liq yozuvlarni yaxshi biladigan va o’z bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, bu yozuvlarni butunlay yo’q qilib yuborgan5.
Islomgacha "din" so’zining o’rniga "tangri yo’li", "unga ishonch" iboralari qo’llanilgan bo’lsa kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo’lgan diniy e’tiqodlariga binoan "tangri" butun olamni, insonni yaratgan, "yuksaklik", "eng baland", "bahaybat" degan ma’nolarni ham anglatgan.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g’oyaviy sabablarga ko’ra diniy dunyoqarashlar to’la hukmron bo’lgan sharoitlarda har qanday ilg’or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab o’ta olmagan. Lekin, ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bo’lgan munosabatlarida ko’rishimiz mumkin.
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqyelikni o’rganishga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog’lanishlarini aniqlash orqali o’rganadi. Din esa voqyelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e’tiqod qilishga chaqirish yo’li bilan yondashadi. Demak, din voqyelikni, sabab va oqibat bog’lanishlarining moddiy asosini o’rganmasdan izohlashga kirishadi.
Beruniyning dinga munosabati uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo’lib, bunday bilim voqyelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan o’rganish mumkin bo’lmagan joyda qo’llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o’zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shug’ullangan.
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ta’limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini o’rganishda minglab yillar mobaynida uning bag’rida qo’lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa, din bag’rida shakllangan ma’naviy, jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalari ilmiy jihatdan o’rganish va bu ma’naviy-axloqiy qadriyatlardan foydalanish ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach jamiyatda ma’naviyat sohasi iqtisodiy va siyosiy soha bilan bir qatorda ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etildi. Jamiyatning ma’naviy tiklanishi va ma’naviy yangilanishi asosiy ijtimoiy vazifalardan biriga aylandi. Yuqorida ta’kidlanib o’tilganidek, tiklanish – eng avvalo, milliy meros va qadriyatlarning tiklanishidir. Ma’naviy tiklanish – mustaqillikka erishgan bir qator davlatlar tarixida obyektiv, qonuniy va zaruriy bosqich hisoblanadi. Ma’naviy tiklanish ma’naviy merosni va ma’naviy qadriyatlarni tiklash va undan jamiyatning progressiv taraqqiyoti yo’lida foydalanishga qaratilgan jarayondir.
Millatning tarixi bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy qadriyatlarning tiklanish jarayoni ushbu m’naviy meros va qadriyatlarga obyektiv munosabatni, ya’ni ularni aksiologik to’g’ri baholash va zarur bo’lganda ularga tanqidiy munosabatda bo’lish, ulardan kelajak taraqqiyotda foydalanish masalasiga his – tuyg’ularga berilmagan holda real va obyektiv qarash hatto ba’zan ulardan voz kechishni talab qiladi.
Har qanday tiklanish jarayoni dialektik tarzda yangilanish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular amalda yonma – yon birga boradi. Chunki ma’naviyatning taraqqiyoti faqat jamiyatning o’tmishdagi qadriyatlari bilangina cheklanib qola olmaydi. Tiklanish jarayoni to’xtab qolmasligi uchun yangilanish jarayoni ham zarur. “O’tmishdagi shon-shuxrat, muvaffaqiyat va parvozlar yaxshi narsa, albatta! Ammo ular shunaqa narsaki, har bir yangi avlod bu shuhratga shuhrat qo’shib turmaca, eski yutuqlar qatorini yangilari bilan boyitib bormasa, millatning qanoti qayrilib, parvozi susayib qoladi”6.
Ma’naviy taraqqiyot milliy – tarixiy qadriyatlarni zamonaviy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishni talab qiladi. Tarixiy ma’naviy qadriyatlar hozirgi zamonamiz ruhiga mos bo’lgan umuminsoniy demokratik qadriyatlar bilan bog’lanishi, ularga mos tushishi va uyg’unlashishi zarur. Ularni davr talablari asosida va shu bilan birga millatning manfaatlarini himoya qilgan holda ijodiy rivojlantirish lozim. Demak, har qanday tarixiy va zamonaviy qadriyatlarga jamiyatning ijodiy yondashuvi talab etiladi. Bunday ijodiy yondashuv davomida yuqori taraqqiyot darajasiga erishgan rivojlangan davlatlar va millatlarning qadriyatlarini o’rganish, ular tizimidan davlatimizning demokratik taraqqiyotiga xizmat qiladigan, milliy ma’naviyat va manfaatlarimizga javob beradigan elementlarini tanlab olish va ularni jamiyatimiz taraqqiyotida qo’llay bilish kabi muammolarni hal etish lozim.
Ma’naviy yangilanish zamonaviy milliy qadriyatlarimiz, boshqa millatlar va davlatlarning progressiv qadriyatlarini o’rganish va o’zlashtirishga qaratilgan tarixiy sivilizasiya davomidagi zaruriy va qonuniy
Bu yo’nalishda amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalar boshqa sohalarda ham ma’lum yangilanishni talab etadi. Chunki, boshqaruv, iqtisodiy va ma’naviyat tizimini qayta qurish uch tomonlama bir – biriga bog’liq bo’lgan yagona yo’nalishni tashkil etadi. Bu uch yo’nalishning yangilanishi O’zbekistonning mustaqillik sharoitidagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy – ma’naviy taraqqiyotining talablari va ehtiyojlari bilan chambarchars bog’liq.
O’rta Osiyoda doim ham ma’naviyat shaxsning asosiy xususiyati va mohiyatini ifoda etgan. Boshqa sivilizasiyalarga nisbatan Sharq sivilizasiyasida ahloq muhimroq ahamiyatga ega bo’lgan va uning asosini tashkil etgan. O’zbekistonning kelgusi taraqqiyotida yuksak ahloq qonun bilan mustaqkamlangan erkinlik bilan, professionalizm, bilimlilik, javobgarlik va shaxsning faolligi bilan qo’shilgandagina katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Bu nuqtai nazardan 1997 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” Qonuni, uning asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” muhim ahamiyatga ega. Jamiyatning tubdan yangilanishi va barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati kadrlar siyosati, ularning malakasi, bilimi darajasi, professionalizmi va albatta, ma’naviyatiga ko’p jihatdan bog’liq.
Shuni ta’kidlash zarurki, mazkur sohalarda qabul qilingan hujjatlar ta’lim doirasidagi yangi yondashuvlarni amalga oshirish borasida muhim qadam bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli aynan shaxsning ma’naviy takomillashuvi va yuksaklik masalasiga katta e’tibor qaratadi. Shaxs o’zining yuqorida qayd etilgan xususiyatlari asosida ma’naviy tiklanish va yangilanish jarayonining harakatlantiruvchi omili bo’lib qolishi kerak. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun ta’lim va bilimning mavqyeini oshirish, milliy va umuminsoniy madaniyat hamda ma’naviy qadriyatlarni yoshlar tomonidan yaxshi o’zlashtirilishiga imkon yaratib berish talab etiladi. Mustaqillikdan keyin qabul qilingan qonunlar va farmonlar aynan ana shu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bu nuqtai nazardan 2008 yilning Respublikamizda “Yoshlar yili” deb e’lon qilinishi ham bu yo’nalishdagi muhim qadam bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov 1996 yildayoq Oliy Majlisning U1 sessiyasidagi nutqida (1996 yil, 29 avgust), yangilanish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan quyidagi tamoyillar haqida uqtirib o’tgan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |