Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”



Download 7,46 Mb.
bet66/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

Internet saytlari

1. http: www.Iib.psixology.msu.ru


2. http: www.Iib.psixology.ru
3. http: www.Iib.psixology.rin.ru
4. http: www.Iib.psixology.narod.ru
5. http: www.bilimdon. uz

4-MAVZU. ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR.
Reja
1. Siyosiy-iqtisodiy va jamiyatdagi ijtimoiy omillarning roli.
2. Tabiiy-geografik muhit va uning etnik xususiyatlarga ta’siri.
3. Etnos hayotida bo`lib o`tgan tarixiy hodisalarning ahamiyati.
Yuqorida ko`rdikki, ayrim tadqiqotchilar va mualliflar etnopsixologik xususiyatlarning real mavjudligini inkor etdilar yoki uni tekshirish uchun qiyin obyekt ekanligidan zorlandilar. To`g`ri, etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishdagi qiyinchi-liklarni inkor etib bo`lmaydi. Lekin shu bilan birga u real mavjudmi yoki yo`qmi, degan savolni quyilishi ortiqcha, deb o`ylaymiz.
Etnopsixologik xususiyatlar o’zining kelib chiqishi jihatidan xalqning butun o’tmishi, hayot tarzi va tarixi bilan bog’lanib ketgan bo’lib, bu xususiyatlar millat shakllanmasdan avvalroq vujudga kela boshlagan bo’ladi. Ma’lumki, millat etnik birlik taraqqiyotining eng yuqori bosqichida vujudga keladi. Etnopsixologik xususiyatlarning ayrim belgilari kishilar birligining hamma tarixiy davrlariga ya’ni urug`, qabila, ellatlarga ham xosdir. Etnopsixologik xususiyatlar ayrim tadqiqotchilar ko`rsatganidek, faqat bir omil-tabiiy muhit ta’siri bilangina vujudga kelib qolmay, uning vujudga kelishida uchta omil ta’sir ko`rsatadi.
Birinchi omil bu - siyosiy-iqtisodiy va jamiyat hayotida bo`layotgan ijtimoiy jarayonlar tizimi bo`lsa, ikkinchisiga , shu etnik birlik yashab to`rgan tabiiy-geografik muhitning xususiyatlari kiradi. Uchinchi omilga esa xalq hayotida bo`lib o`tgan muhim tarixiy hodisa va voqealar kiradi.
Lekin shuni aytish kerakki, etnopsixologik xususiyatlar tizimida kishilar ruhiyatining mazmunini, avvalo birinchi omil-siyosiy-iqtisodiy, o`zgarishlar belgilab beradi. Tabiiy-geografik omil esa asosan etnopsixologik qiyofaning tashqi ifodalarini belgilaydi. Shuning uchun ham bu omil ko`zatayotgan kishi nazariga birinchi omilga qaraganda yaqqol namoyon bo`ladi.
Xalq hayotida bo`lib o`tgan muhim tarixiy voqealar so`zsiz uning psixologik qiyofasida uchmas iz qoldiradi.
Tabiatdagi ayni bir voqeliklarning doimiy ta’siri natijasida kishilar bu voqelikdagi xususiyatlarni boshqa sharoitda yashayotgan etnik guruh vakillariga qaraganda chuko`rrok idrok qilishga o`rganib qoladilar. Chunki tashqi muhit bizning sezgi a’zolarimizga behisob informasiyalar, ya’ni xilma-xil taassurotlar yuborib turadi. Natijada evolyusion taraqqiyot davomida, tanamizda shu tashqi muhit bilan adekvat (mutanosib) munosabatni ta’min ettiruvchi neyro-fiziologik mexanizm shakllanadi. U kishilarning sezgi va idroklarida namoyon bo`ladi. Shuning uchun u yoki bu xalqka xos stereotip xatti-harakatlarni, idrok xususiyatlarini tashqi muhitga moslashuvining oliy ko`rinishi, deb hisoblash kerak.
Tashqi muhitning doimiy ta’sirida vujudga kelgan ruhiy xususiyatlar bu taassurotlarning butun sistemasi (tizimi) ni emas, balki uning uchun muhim bo`lgan va o`tmish tajribasida sinalgan, mustahkamlanib q`olgan tomonlarnigina aks ettiradi.
Tashqi olam ta’siri kishi miyasida urnashib hislar, fikrlar, hohish, irodani namoyon bo`lishi... xullas, ideal orzu-tilak tarzida aks etadi va xuddu shu ko`rinishda, ideal kuchlar bo`lib qoladi, deb ko`rsatgan edi E.Fridrix.
S.I.Korolevning yozishicha, shakllangan etnopsixologik xususiyatlar ma’lum darajada muxofaza qiluvchi mexanizm rolini uynaydi. U xuddi galvirdek, yot narsalarni ajratib, uni yo kabo`l qiladi yoki shu xalqda mavjud bo`lgan normalar asosida qayta ishlab beradi, yoxud uni inkor etadi (S.I.Korolev. Voprosu etnopsixologii...98-bet).
Atrofdagi voqelikni, hodisalarni o`ziga xos ravishda idrok qilish, tasavvur va fikr qilish va ularni tab va tuyg`ular, urf-odat va an’analar, xarakter tarzida namoyon bo`lishi etnopsixologiyaning qaytarilmas, betakror xususiyatlari hisoblanadi.
“Yaponiyaga birinchi marta kelib q`olgan yevropalikni, - deb o`zadi I.S.Kon, - Yaponiyalikning faqat xursand bo`lgandagina emas, Hatto unga tanbeh berganda ham, yoki sizga biror kayguli narsa, masalan, ulim to`g`risida gapirayotganda ham qo`limsirab gapirishi, taajjubga, Hatto xijolatga tushurib qo`yadi. Tajribasiz odam buni beorlik, surbetlik yoki raxmsizlik, deb hisoblaydi. Aslida qo`limsirash bu yerda boshqacha ramziy mazmunga ega: bu bilan u ogir vaziyatni yengillashtirish, bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishlikka tayyor ekanligini ta’kidlash va shu kabi mazmunni bildiradi”. (I.S.Kon. K probleme nas. har. v. kn. Ist. i psixologii, 130 s).
Ma’lum bir millat vakillarining o`ziga xos idrok etishi fikrlashi va orzu-istaqlarini, ya’ni oliy ruhiy xususiyatlarini tushunish va tushuntirish, uning namoyon bo`lish sabablarini organizmning, miyaning tuzilishidan emas, balki yuqorida aytganimizdek, xalqning tarixiy taraqqiyoti, uni urab to`rgan tabiiy muhitning shart-sharoitlaridan kidirish kerak.
Turli ijtimoiy tizim va iqtisodiy ukladlar taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan amaliy faoliyat shakllari turli ruhiy jarayonlar tizimining shakllanishini belgilab beradi. Shuning uchun ham turli tarixiy davrlarda, ijtimoiy to`zumda yashayotgan xalqlar bir-biridan faqat ongning mazmuni bilangina farqlanib qolmasdn, shuningdek, faoliyat shaklining tuzilishi jihatidan ham farqlanadilar.
Ko`p sonli ijtimoiy psixologik eksperimentlarda mashhur psixolog A.R.Luriya ko`p ruhiy jarayonlar, ayniqsa, oliy ruhiy faoliyat jarayonlari-tasavvur va mavxumlash, ijodiy xayol insonlarning biologik xususiyatlari bilan bog`liq bo`lmay, balki ancha taraqqiy etgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli ekanligini ko`rsatib berdi.
Amaliy ko`rgazmalik ustun bo`lgan xatti-harakatlar bir muncha sodda ijtimoiy-iqtisodiy uklad sharoitlarida tafakkurham sodda amaliy faoliyatni aks ettirish xarakteriga ega ekanligini ko`rsatib berdi.
O’tkazilgan ko`plab tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, faqat murakkab bilish jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan ruhiy jarayonlargina emas, balki nisbatan oddiy jarayonlar va funksiyalar ham hayotiy tajribalar va ijtimoiy-tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelar edi.
Miya o`z-o`zidan, tashqaridan kelayotgan informasiyalarsiz fikrlay olmaydi. Psixolog P.P.Blonekiy aytganidek, “Bum-bush boshda fikr bo`lmaydi”.
Ijtimoiy-tarixiy, iqtisodiy shart-sharoitlar inson faoliyatini belgilaydi. U esa o`z navbatida ruhiy jarayonlar va ongning mazmun va mohiyatiini belgilaydi. Turli davrlarda, zamonlarda yaratilgan mehnat mahsulotlarida usha davr va zamon odamlarining bilimlari va imkoniyatlari o`z aksini topgan bo`ladi. Zero, mehnat jarayonida subyekt obyektga kuchadi, insonning kuch va qobiliyatlari u yaratayotgan narsalarda gavdalanadi. Shuning uchun ham psixologlar turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning ruhiy xususiyatlarini, davr ruhini, ular yaratib qoldirgan faoliyat mahsulotlarini o`rganish orqali bilib olishi mumkin.
Nemis xalqi tarixining ma’lum bir davrida, deb yozgan edi F.Engels - amaliy faoliyat bilan shugullanish uchun obyektiv shart-sharoitning yo`qligi, millatning ukimishli kishilarini o`z kuch va qobiliyatlarini falsafa sohasiga burib yuborishiga olib keldi va shuning uchun ham XVIII-XIX asrlarda mavxumiy (abstrakt) fikrlashga moyillik nemis xalqi xarakterining tipik xususiyati bo`lib q`olgan. Demak, millatning ukimishli kishilari faoliyat turini ham mamlakat hayotidagi tarixiy jarayonlar belgilar ekan.
Har bir xalqning tarixi va takdiri o`ziga xos kechadi. Agar xalq tarixini va uning psixologik xususiyatlarini bir-biriga solishtirsak, biz etnopsixologik xususiyatlar xalq tarixini chuko`r aks ettirishni ko`ramiz. Yuqorida zikr qilganimizdek, etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiiy muhit ham ma’lum ta’sir ko`rsatadi. Geografik va iqtisodiy sharoitlarning o`xshash bo`lmasligi, etnik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan ikki qo`shni va qardosh xalq-o`zbeklar bilan qozoqlarning psixologik qiyofasida ma’lum tafovutlarni vujudga keltirib chiqardi.
Ma’lumki, o`zbeklarning asosiy q`ismi dehqonchilik va bogdorchilik bilan shugullanish imkoniyati mavjud bo`lgan voxalarda joylashganlar. Yerga xususiy mulkning vujudga kelishi, yerdan intensiv ravishda foydalanish, dehqonchilik mahsulotlarini ko`plab yetishtirishga olib keldi. Bundan tashqari o`zbeklar yashaydigan yirik shaharlarning garbdan sharkka, janubdan shimolga utuvchi katta qarvon yo`llarida joylashgan bo`lishligi, bu yerlarda faqat dehqonchilikni emas, shuningdek, pul-tovar munosabatlarini, turli xil xunarmandchilikni, qo`shni xalqlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlanishga olib keldi.
XV-XVI asrdayok Buxo`ro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Qo`qon, Xo`jand kabi yirik shaharlar Hindiston, Xitoy, Eron, Rossiya, Arabiston kabi mamlakatlar bilan keng savdo-sotiq ishlarini olib borishar edi. Bo`larning hammasi o`zbek xalqining hayot tarziga va psixologiyasiga o`z aksini tushirgan edi. qo`shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq va boshqa iqtisodiy-madaniy aloqalarni qizg`in olib borilishligi, ulardan xushmuomilalik, xushtabiatlik, Hozirjavoblik, tadbirqorlik kabi xususiyatlarni talab etadi.
O`zbek xalqining hayoti va turmush tarzini o`rgangan tadqiqotchilarning barchasi o`zbeklarga xos bo`lgan ochiqyuzlik va xushmuomilalikni ta’kidlab ko`rsatishgan edi.
O`zbeklarga xos bu xususiyatni qozoq adabiyotining klassigi Abay ham ta’kidlab ko`rsatib, iltifotlilik, xushmuomilalik-bo`larning hammasi sartlardadir, deb yozgan edi.
O`zbeklarning bir necha asrlar dehqonchilik bilan shugullanib kelishi, ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo`lgan yerga nisbatan ularda tejamkorlik va omilkorlikni vujudga keltirdi.
N.Jondildin qozoq xalqiga xos bo`lgan ayrim vazminlik, kamsukumlikni xo`jalik yurgizish xususiyatlari bilan bog`liq, deb ko`rsatadi. Ular butun umr bo`yi chorvachilik bilan shugullanib, bu ularning xo`jflik hayotining deyarli butun q`ismini tashkil qilib qoldi. Axolini tarkok xolda joylashishi, ular o`rtasida aloqa urnatishni qiyinlashtirar, ular Hatto uzoq-vaqt davomida yolgiz yashashlikka majbur bo`lardi. Bu esa ularda yuqorida aytilganidek, o`zaro muomalada kamgaplik, hatto o`zining eng noziq va qaynoq tuyg`ularini bayon etishda vazminlikni ko`rsatishni vujudga keltirdi.
Shunday qilib ikki qardosh va qo`shni xalq-o`zbeklar va qozoqlar o`zlarning uzoq iqtisodiy va madaniy aloqalariga, etnik jihatdan yaqinligiga, tilining o`xshashligiga qaramay, yuqoridagi sabablar orqali butun xususiyatlari bilan farq qiluvchi ikki millat bo`lib shakllandi.
Tabiiy-geografik omillarning obyektiv ta’sirlarini xolislik bilan o`rganish, hech qanday irqchilik va millatchilik nazariyalarni keltirib chiqarmaydi. Shu narsa ma’lumki, serunum yer, mo`tadil iqlim va boshqa qulay tabiiy sharoitlar, ko`p jihatdan ishlab chiqarishning rivojiga, axoli sonining usib borishiga ta’sir ko`rsatadi. Aksincha, masalan, shimoldagi va tropik mamlakatlardagi elatlar va xalqlar tarixiy taraqqiyotda nisbatan mo`tadil iqlim sharoitlariga ega bo`lgan xalqlardan orqada qolib ketishgan.
Agar shimolning qattiq sovuq tabiati dehqonchilik qilishga va sanoatni rivojlanishiga monelik qilgan bo`lsa, tropik iqlimdagi zaminning sermahsulligi kishilarni dangasa va tarallabedodchi qilib, bir etnograf so`zi bilan aytganda, kishini xuddi bolalarga o`xshash ojiz, nomustaqil qilib, uning taraqqiy etishini tabiy zarurat qilib kuymaydi.
Shu narsani paykash qiyin emaski, deb yozadi etnograf Yu.V.Bromley-sotsial-iqtisodiy, geografik va boshqa shart-sharoitlarni ta’siri natijasida mehnatsevarlik kabi xususiyat hamma xalqlarda ham bir xil namoyon bo`lavermaydi.
Tabiiy muhitning o`ziga xosligiga ko`ra, kishilar yashashi uchun zarur bo`lgan narsalarga erishishda uchraydigan qiyinchiliklarni turlicha yengib o`tadilar.
Psixolog I.S.Konning yozishicha, Yangi Gvineyaning ichqarisida va nisbatan Yevropa ta’siri kam yetib borgan joylarda yashaydigan papuaslar qulay iqlim sharoitlariga va tabiatning mul-qo`l ne’matiga ega bo`lganligi uchun ham ba’zi qiyin sharoitda yashaydigan kishilarga o`xshab, ertaning tashvishi bilan yashashga o`rganmaganlar. Shuning uchun ham ular faqat kundalik ehtiyojlarini qondirish uchungicha mehnat qilishadi. Ko`plab narsa ishlab chiqishga va gamlab qo`yishga harakat ham qilishmaydi. Ularning nazdida kim qo`yib pishib ko`p ishlasa, ochko`z va yomon odam hisoblanadi.
Shunga ko`ra ularning iqtisodiy, madaniy rivojlanishi ham ishlariga yarasha va darajada. Qayerda ishlab chiqarish yuqori saviyada tashkil qilinmagan bo`lsa, mehnatkashlik bo`lmasa, u yerda ijtimoiy, tarixiy rivojlanish ham bo`lmaydi. Rivojlangan qaysi bir mamlakatni olib ko`rmang, shu yerda mehnatga munosabat, mehnatkashlik juda yuqori darajada ekanligini ko`ramiz.
Tabiiy-geografik muhitni ta’siri qanchalik sezilarlik bo`lmasin, biroq etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida uning yetakchi omil qilib qo`yish to`g`ri emas. Shuning bilan birga, uning rolini mutloq inkor etish, yoxud ortiqcha oshirib yuborish ham noto`g`ri xulosalar qilishga olib keladi.
Psixolog S.L.Rubinshteyn ko`rsatganidek, “ruhiy xususiyatlarning shakllanishini birgina tabiy sharoitlar, yoki ijtimoiy muhit bilangina asoslab tushuntirish mumkin emas. Bo`larning qaysi birini bo`lmasin mutloqlashtirish masalasini barbod bo`lishga maxkum etadi” (S.L.Rubinshteyn. Butiye soznaniye. V kn. “Xrestomatiya po psixologii. M., 1977, str.49).
Savollar:
1. Etnik xususiyatlarni shakllanishi va o`zgarishida ijtimoiy omillar qanday ta’sir etadi?
2. Etnopsixologik xususiyatlar muxofaza qiluvchi mexanizm, deganda nimani tushunasiz?
3. Tabiiy muhitning etnik xususiyatlarini shakllanishidagi roli nimadan iborat?
4. Turli tarixiy davrlarda yashayotgan kishilar nima uchun ruhiy jihatdan bir-biridan farqlanadi?


Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish