ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARNI SOBIQ ITTIFOQ OLIMLARI TOMONIDAN O`RGANILIShI.
REJA:
1. XX asr 20-40-yillarida o`rganilishi.
2. Prof. G.Shpetning etnopsixologiya predmeti haqidagi qarashlari.
3. Etnopsixologiyaning qatog`onga uchrash sabablari.
4.60-yil o`rtalarida etnopsixologiya muammolariga oid bo`lib o`tgan munozaralar.
5. Tarafdorlar va muxoliblar.
Etnopsixologiya muammolarni o`rganishda 20-30-yillari bir muncha jonlanish bo`lsa ham, lekin bu masalani o`rganishdagi subyektivizim va ayrim Garb olimlarining irqchilik va millatchilik nazariyalari bu fanni keng jamoatchilik oldida obro`sizlantirib, fanning rivojiga soya solib kuygan edi. Shuning uchun ham bizda 30-yillarning o`rtalariga kelib “Etnopsixologiya”, “Milliy psixologiya”, “Milliy xarakter”, “Milliy psixologik qiyofa” terminlari faqat manfiy ma’noda ishlatiladigan bo`lib qoldi. Shuning uchun ham bu masalani o`rganishga yaqin davrlargacha yaxshi diqqat-e’tibor berilmasdan kelindi. Etnopsixologik tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi, asosan, 60-yillardan boshlandi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda bo`lgan katta o`zgarishlar, milliy ongning usishi, millatlararo integrasiyaning kuchayishi natijasida etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishga bo`lgan qiziqish bir muncha kuchaydi. Buning natijasi o`laroq, milliy psixologik xususiyatlarni o`rganayotgan olimlarimizning bir qancha mazmunli, qiziqarli va muammoli ilmiy maqolalari, kitoblari nashr etildi. Bir qator e’tiborli ilmiy jurnallarda millat va uning psixologik xususiyatlari to`g`risida olimlarning bahs-munozaralari tashkil etildi. Ayniqsa, 1966-1970 yillar ichida “Voprosu istorii” jurnalida millat va uning belgilari to`g`risida olimlarning muboxasasi uyushtirildiki, bu muboxasada fanning turli jabxalarida ish olib borayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar faol ishtirok etishdi. Muboxasada bahs asosan millatning psixologik qiyofasi to`g`risida bordi. Bo`lib o`tgan bahs munozaralar olimlarimizning etnik psixologiya va milliy psixologik qiyofa masalalariga qizikib qarayotganliklari ma’lum bo`ldi. Shuning bilan birga muboxasa milliy voqeylikdagi hodisalar, milliy psixologik qiyofani tushunishda olimlarimiz o`rtasida turli qarashlar va yondoshishlar borligini, hatto terminalogik chalkashliklar, noaniqliklar mavjudligini ko`rsatdi.
Bo`lib o`tgan muboxasa qatnashuvchilarini shartli ravishda ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh qatnashchilari etnopsixologik xususiyatlarni ijtimoiy psixologiyaning real voqeligi va millatning belgisi sifatida tan olishdi. Bular, A.G.Aga-yev, S.M.Arutyunyan, V.M.Voxidov, A.I.Goryacheva, M.S.Junusov, A.Sobirov va boshqalar. Ikkinchi guruh vakillari esa, etnopsixologik xususiyatlarni ishtimoiy voqelik sifatida mavjudligini inkor etadi.Bular T.Yu.Burmistrova, S.T.Kaltaxchyan, V.I.Kozlov, P.M.Rogachev, M.A.Sverdlin va boshqalar.
Etnopsixologik xususiyatlar va uning asosiy elementi - milliy psixologik qiyofani millat belgisi sifatida o`rganish muxoliflaridan P.M.Ragachev va M.A.Sverdlinlarning fikricha, bu tushunchalar milliy munosabatlar analiziga mujmallik beradi va sotsialogiyadagi asosiy tushuncha - sinfiylik va internasionallikka soya soladi. S.Kaltaxchyan fikriga ko`ra, agar milliy psixologik qiyofani millatning belgilaridan biri sifatida kabo`l qilinadigan bo`lsa, u vaqtda millatni ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida emas, tabiy va doimiy o`zgarmas hodisa sifatida e’tirof etishga to`g`ri keladi. Mubohasada qatnashgan T.Burmistrova ham millatning ta’rafini berganda milliy psixologik qiyofani uning belgilari qatoriga kiritmaydi. Uning yozishicha, rus va ukrain, gruzin va armyan, nemis va fransuz va shunga o`xshash xalqlar psixologiyasidagi farqlarni belgilash umuman mumkin emas. Ayrim xalqlar, millatlar psixologiyasida muhim tavofutlar borligini tasdiklash, isbotlab bo`lmaydigan, quruq gap xolos va bu irqchilarga muruvvat ko`rsatilib, bir millatni ikkinchi millatga qarshi qo`yish uchush xizmat qilar emish. Milliy psixologik qiyofa va milliy xarakterni o`rganish, deb unga kushimcha qiladi. V.Kozlov, bu tushuncha illyuziyaga o`xshash bir narsa, degan xulosa qilishga olib keladi. Professor S.Kalgaxchyan fikriga ko`ra, faqat sinfiy psixologiya bo`lishi mumkin. Etnik xususiyatlar va milliy psixologik qiyofa to`g`risida so`z bo`lishi ham mumkin emas. Etnik psixologik xususiyatlarni ijtimoiy voqelik sifatida o`rganishning muxoliflari va ular keltirgan dalillarning ba’zilarida, jon bor, albatta. Bizda etnopsixologik tadqiqotlarni ma’lum davrlarda repressiyaga uchrashiga, chet ellarda olib borilgan etnik psixologik tadqiqotlar va ulardan olingan natijalarni irqchilik, millatchilik ruhida talqin qilinishligi bo`ldi. Bu tadqiqotlarning ayrimlarida irqlar, millatlar, etnik guruhlarning ruhiy jihatdan teng emasligi, ba’zi xalqlarning boshqalardan ustun turishligi “ilmiy” jihatdan asoslashga harakat qilindi. Masalan, etnopsixolog R.Linton va A.Kordinerlar anglo-sakslardan bo`lmagan hamma boshqa xalqlar o`zining ruhiy xususiyati bilan yetuk emas, degan noilmiy g’oyani ilgari surishadi. Xuddi shunga o`xshab Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi ayrim xalqlarni ruhiy jihatdan yetuk emasligini “isbotlovchi” qator tadqiqotlar o`tqazilgan. Albatta bu xilda qilinayotgan “kashfiyotlar” olimlar o`rtasida tashvish va xovotirlik tugdirishi tabiiy. Muxoliflarning yana bir e’tirozi milliy va sinfiy psixologiya o`rtasidagi munosabat. To`g`ri, sinfiy jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlariga qarab sinfiy tabakalanish mavjud bo`ladi va ular ijtimoiy mavkega, statusiga, g’oyaviy maslagiga ko`ra bir-biridan farqlanuvchi sinfiy psixologiya ham shakllanadi. Lekin bir millatning shu ikki ijtimoiy birligida psixologik xususiyatlar va ma’naviy hislatlarning ma’lum bir umumiyligi mavjud. Zero, ma’lum bir milliy muhitda yashayotgan har bir kishida faqat ijtimoiy-sinfiy hislatlar shakllanib qolmasdan, shuningdek, etnik xususiyatlar ham shakllangan bo`ladi.
Etnopsixologik xususiyatlarni o`rganuvchi tadqiqotchilarning aksariyat ko`pchiligi, uni ijtimoiy-tarixiy kategotriya ekanligini e’tirof etsalarda, uni o`rganish “qiyin obyekt” ekanligini ta’kidlashadi. Darhaqiqat, bu masala tekshirish va o`rganish uchun murakkab va shuning bilan birga eng dolzarb, kam o`rganilgan muammo hamdir.
Etnopsixologik xususiyatlarni o`rganishdagi qiyinchiliklar quyidagilar asosida vujudga kelgan:
- milliy psixologik qiyofani o`rganuvchi etnopsixologiya fanining bizda endi rivojlanib kelayotganligi va uning umumiy masalalarini Hozirgi qadar to`la ishlab chiqilmaganligi;
- etnik xususiyatlar ko`zga yaqqol tashlanib to`rgan xolda, uni tashkil etuvchi ruhiy hislatlar yashirin bo`lib, uni bevosita emas, bavosita, ya’ni ularning mahsullariga qarabgina baho berish mumkin;
- yuqorida zikr qilinganidek, ayrim olimlarning bu masalani butunlay obro`sizlantirib yuborishgani uchun, etnopsixologiya fani uzoq vaqt ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida o`z o`rnini topa olmadi.
Lekin bu qiyinchiliklar milliy psixologik qiyofa, milliy xarakter kabi millatning ruhiy xususiyatlari mavjud ekanligini inkor etishga asos bo`la olmaydi. Bu sohada muvaffaqiyati ish olib borish uchun ilmiy tekshirishlar metodikasini takomillashtirish va qator fan vakillari-faylasuf, tarixchi, etnolog, sotsialog, psixolog, adabiyotshunos, san’atshunoslarning hamkorlikda ish olib borishi zarur.
Milliy masalalar va etnopsixologiya bo`yicha yirik mutaxassis M.Junusovning xaqli ravishda ta’kidlashicha, millatning muhim belgilaridan bo`lgan psixik qiyofani inkor etish nazariy jihatdan asossiz bo`lib, amaliyotda katta xatolarga olib kelishi mumkin.
Bahs taqlili shuni ko`rsatadiki, bu masalada qator terminologik chalkashliklar ham mavjud ekan. Masalan, ayrim bahs qatnashuvchilari “Milliy psixologik qiyofa”, “Etnik psixologiya”, “Milliy xarakter” kabi tushunchalarni aynan bir narsa, deb hisoblaydilar. Shuning uchun bu tushunchalarning bir-biridan farq qiluvchi tomonlarini ko`rsatmasdan turib, ularning mazmuni va o`ziga xos xususiyatlari to`g`risida fikr yuritish mumkin emas.
Etnopsixologik xususiyatlar, milliy psixologik qiyofaning norealligi to`g`risida bir qancha subyektiv fikrlar aytilgan, ba’zi qarashlarda jiddiy ixtiloflar mavjudligiga qaramay, jurnal o`zining yakunlovchi maqolasida, etnopsixologik xususiyatlar real mavjud, deb ta’kidladi. Darhaqiqat, tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tengsizlik, turfa xil tabiy-geografik sharoitlar xalqlar o`rtasida ma’lum psixologik tafovutlarni vujudga keltirgan. Turli xalqlarda oila a’zolari o`rtasida bo`ladigan munosabatlarning bir xil bo`lmasligi, urf-odat va an’analardagi farqlar, narsa-hodisalarni idrok etishda mavjud bo`lgan turfa xillikni etnopsixologik xususiyatlar bilangina tushuntirib berish mumkin. Fan mana shu xususiyatlarni o`rganishdan voz kecha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |