Bir bog’lamli ro’yxat elementlari quyidagi strukturali tur orqali ta’riflangan obyektlardan iborat bo’ladi
struct strukturali_tur_nomi
{
struktura elementlari;
struct strukturali_tur_nomi*ko’rsatkich;
};
Bu ro’yxat ma’lumot saqlovchi maydonlar, hamda keyingi element adresini saqlovchi ko’rsatkichdan iborat.
Ro’yxat
Quyida ko’riladigan bir bog’lamli ro’yxat har bir tuguni butun son va keyingi element adresi saqlanadigan ko’rsatkichdan iborat. Eng birinchi elementi boshlang’ich marker bo’lib ma’lumot saqlash uchun emas balki ro’yxat boshiga o’tish uchun xizmat qiladi. Bu element hech qachon o’chirilmaydi.