Aim.uz
Rossiya (Rossiya federasiyasi, r.f.)
REJA
Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni.
Tabiiy sharoiti va resurslari.
Aholisi.
Davlat tuzumi.
Xo'jaligi:
A) Sanoati.
B) Kishloq xo'jaligi
V) Transporti
Tashqi iqtisodiy aloqalari.
Maydoni-17074,5 ming km2
Aholisi- 147 mln. kishi
Poytaxti- Moskva
Iqtisodiy geografik o'rni.
Rossiya Federasiyasi hududining kattaligiga ko'ra yer sharidagi eng yirik mamlakatdir. Mamlakat Yevrosiyo materigining shimoliy qismida joylashgan. Rossiya Yevropa qismi Sharqiy Yevropa tekisligining katta qismini, Kavkazoldi va Katta Kavkaz tog'larining shimoliy tizmalarini va Ural tog'larini o'z ichiga oladi. Rossiyaning Osiyo qismiga esa Sibir va Uzoq Sharq rayonlari kiradi.
Mamlakat hududi shimoldan janubga ayniqsa g'arbdan sharqqa (9 ming km) katta masofaga cho'zilgan. Rossiya hududining deyarli barcha qismi sharqiy yarim sharda joylashgan. Faqat Vrangel oroli va Chukotka yarim oroli g'arbiy yarim sharda joylashgan.
Rossiya chegaralarining umumiy uzunligi dunyoda eng katta bo'lib, u 58,6 ming kmni tashkil etadi, bunda dengiz chegaralari quruqlik chegaralaridan ikki marta uzun.
Mamlakatning shimoliy chegaralari to'la Shimoliy Muz okeani dengiz suvlari bo'ylab o'tgan. Sharqiy chegaralar esa Tinch okeani dengiz suvlari bo'ylab o'tgan. Bu yerda Rossiya dengiz suvlari orqali yaqin qo'shinlari AQSH va Yaponiya bilan chegaradosh.
Mamlakat g'arbda ham dengiz chegaralariga ega. Bu yerda Baltika dengizi suvlari Rossiyani Yevropa davlatlari bilan bog'lab turadi. Janubi-g'arbda esa Rossiya dengiz chegaralari qora va Azob dengizi suvlari bo'ylab o'tgan. Mamlakatning yaqin xorijiy mamlakatlar bilan bo'lgan dengiz chegaralari Kaspiy dengizi suvlari orqali o'tgan.
Rossiya Federasiyasining quruqlik chegaralari ham katta masofalarga cho'zilgan. (20 ming kmdan ortiq) Sobiq SSSR parchalangandan so'ng Rossiya bilan qo'shni bo'lgan davlatlar soni o'zgarmasdan qolaverdi, ularning soni 16 ta bo'lib dunyoning istalgan mamlakatlaridan oldinda turadi.
Rossiya shimoli-g'arbda quruqlik chegaralari orqali Norvegiya va Finlandiya va Estoniya, Latviya, Litva davlatlari (1000 km) bilan chegaradosh. G'arbiy chegaralar Belarussiya va Ukraina davlatlari bilan janubda esa Gruziya, Ozarbayjon va Qozog'iston (eng uzun chegara-7 ming kmdan ortiq) davlatlari bilan chegaralanadi. Shundan so'ng chegara Mongoliya va Xitoy bilan, janubi-sharqda esa Primorye o'lkasi orqali Rossiya Federasiyasining 17 kmli masofada Koreya xalq Demokratik Respublikasi bilan davlat chegarasi o'tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |