Rossiya imperyasi tomonidan xiva xonligiga nisbatan harbiy harakatlar boshlanishi



Download 0,97 Mb.
bet1/4
Sana11.03.2022
Hajmi0,97 Mb.
#490029
  1   2   3   4
Bog'liq
ROSSIYA IMPERYASI TOMONIDAN XIVA XONLIGIGA NISBATAN HARBIY HARAKATLAR


ROSSIYA IMPERYASI TOMONIDAN XIVA XONLIGIGA NISBATAN HARBIY HARAKATLAR BOSHLANISHI
Rossiya Buxoro va Qo‘qon xonliklari ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgandan so‘ng asosiy e’tiborni Xiva xonligiga qaratdi.Rossiya harbiylari Buxoro va Qo‘qon xonliklaridagi g‘alabalaridan ruxlanib, hukumatni Xiva xonligiga hujum qilishga unday boshladilar. Bu borada ayniqsa, Turkiston general-gubernatori fon Kaufman faol harakat qildi. Diplomatik yo‘l bilan Xiva xonligini bo‘ysindirishga erisha olmagan fon Kaufman Rossiya harbiy vaziriga yo‘llagan maktubida xonlikka qarshi harbiy yurish boshlashga undab shunday yozadi: “Xiva xoni bizdan qo‘rqmayotgani aniq, unga Buxoro amirligi bilan Qo‘qon xonligining mag‘lubiyatga uchragani ta’sir qilmadi. Xon davlati hududiga bizning qurolimizni yetib kelmaydi deb hisoblaydi. Ertami-kechmi qaysar xonga xech qanday daryo, masofa bizning qudratli armiyamizni to‘xtata olmasligini ko‘rsatib qo‘yish lozim. Buxoro xonligi orqali olingan Xiva xonligiga oid so‘nggi xabarlar bu xonlik bilan bo‘ladigan harbiy to‘qnashuvdan qochib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda”.
Xiva mudofaasi - Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyoni istilo qilishi davrida shahar aholisining kurashi. 1872-yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg generalgubernatorlari va Kavkazdagi podsho noiblari ishtirokidagi maxfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga qaror kilingan. Xonlik qoʻshinida hammasi boʻlib 27 eski zambarak, 2 ming otliq askar, 4 ming navkardan iborat qoʻshin boʻlgan. Rossiya qoʻshini ham son, ham sifat jihatdan, shuningdek, harbiy texnika imkoniyati, qurolyarogʻlari bilan ham Xiva xonligi qoʻshinidan ustun edi.
Mazkur harbiy operatsiyaga rahbarlik qiluvchi zobitlar, generallar amaliy tajribasi ham xivalik lashkarboshilardan koʻp darajada yuqori boʻlgan. Turkiston qoʻshinlariga general Kaufman, Orenburg otryadiga general Veryovkin, Mangqishloq otryadiga polkovnik Lomakin qoʻmondon boʻlib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyeriga berilgan edi. Istilochilar shu yoʻsinda 3 yoʻnalish boʻyicha Xiva xonligi ustiga bostirib kirgan. Imperator Aleksandr II Xiva yurishiga katta eʼtibor beradi. Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan yakkalab qoʻyish choralarini koʻrgan. U Buxoro amiri va Qoʻqon xoniga tahdidli maktublar yoʻllab ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqirgan. Xiva xonining masalani tinch yoʻl bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzgan va dushmanga qarshi oʻzining lashkarboshilarini safarbar qilgan. 
Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobo mehtar rahbarligidagi oʻzbek va turkman yigitlari rus qoʻshinlari hujumini qaytarish uchun 2 guruhga boʻlinganlar. Ruslar yoʻlda uchragan har bir shahar va qishloqni talab, uylarga oʻt qoʻyib, qirgʻin uyushtirganlar. Ularning ketidan kultepalar va jasadlar qolgan.
Ammo, Xorazm vatanparvarlari boʻsh kelmay, oʻzlariga qulay joylardan dushmanga hujum qilishgan. 1873-yil 29 may kuni Xiva xoni ortiqcha qon toʻkilishini istamay, oʻz vakillarini fon Kaufman huzuriga joʻnatgan, ammo, general xonning taklifini oqibatsiz qoldirib hujumga kirishgan.
Afsuski, shunday qaltis bir paytda xonning oilasi va yaqin qarindoshlari dushmanga qarshi yakdil boʻlish oʻrniga, sulolaviy nizolarga berilib ketishgan. 1873-yil 29 mayda Xiva ishgʻol kilingan. Xon saroyidagi oliy hukmdorlarning taxti, bebaho oltinkumush buyumlari, turlituman qimmatli matolar va nodir qoʻlyozma asarlar Peterburgga, podshoh saroyiga oʻlja sifatida olib ketilgan. Oʻlja olingan behisob boyliklar generallar, zobitlar va askarlar oʻrtasida taqsimlab olingan.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish