jalb qilib, ittifoqni mustahkamlash niyatida edi. Shu maqsadda o’sha 1697
yildayoq chet mamlakatlarga F. Ya. Lefort, F. A. Golovin va P. B. Voznitsin
boshchiligida «buyuk elchilik» yuborildi. Ko’pdan-ko’p elchiliklar ichida yashirin
nom bilan podshoning o’zi va harbiydengiz ishlari va kemasozlikni o’rganish
uchun yuborilgan yosh dvoryanlar (volonterlar) ham bo’lardi. Pyotr Gollandiyada
bo’lib, unda verfda ishlash bilan birga diplomatik muzokaralarga rahbarlik qilgan,
so’ngra o’sha zamonning eng rivoj topgan mamlakati Angliyaga ketgan va unda
kemasozlik bilimini orttirgan edi. Biroq elchilik o’zining diplomatik vazifasini
bajarmadi. Dengiz davlatlari bo’lgan Gollandiya bilan Angliya Rossiyaning
taklifini qabul qilmadi, chunki ular Turkiya bilan bo’layotgan savdo
muomalalaridan manfaatdor bo’lganligi hamda ―ispan merosi‖ uchun Fransiya
bilan janjal yaqinlashib kelayotganligi sababli shunga tayyorgarlik ko’rish bilan
band edi. Venetsiya bilan Avstriya ham Turkiya bilan bir tomonlama sulh bitimi
tuzish niyatida edi. Turklarga qarshi ittifoq buzilishining oldini olish uchun Pyotr
Avstriya va Venetsiyaga jo’nashga qaror qildi. U 1698 yil yozida Venaga keldi va
bunda Rossiyada xavfli voqealar sodir bo’layotganligidan xabar oldi—unda yana
streletslarning fitnasi boshlangan edi. Venetsiyaga jo’nash kechiktirildi va Pyotr
shoshilib Rossiyaga qaytib ketdi. Streletslar isyoni Pyotr Moskvaga qaytib
kelmasdanoq bostirilgan edi. Bu vaqtda o’z polkovniklariga bo’ysunishdan bosh
tortgan to’rtta strelets polki Moskvaga yo’l olganlarida hukumatga sodiq qo’shinlar
Voskresensk monastiri yonida ularni tor-mor keltirdi. Isyonda ishtirok qilgan oddiy
streletslar turli shaharlarga surgun qilindi, boshliqlari esa qatl qilindi, Tergov
natijasida streletslar qo’zg’olonga yurishlar, hayotidagi og’irliklar, poytaxtda
yashaganlarida keng shug’ullangan savdo-sotiq ishlari va kasbkorlikdan ajrab
qolganliklari sabab bo’lganligi aniqlandi. Moskvaga qaytib kelgan Pyotrning
streletslar harakati Novodeviche monastirida yashayotgan Sofyaning ishi, deb
gumonsirashi asossiz emas edi. Podshoning amri bilan qilingan yangi qidirishlar va
surgundan poytaxtga keltirib qattiq qiynoqlar ostidagi so’roqlar bu gumonni
tasdiqladi. Streletslar «malikani idora qilishga chaqirmoqchi» va hatto sulolani
o’zgartirmoqchi bo’lgan edi. 799 ta strelets qatl qilindi, ulardan uchtasi malika
Sofyaning hujrasi oldida dorga osildi. Bu voqealardan keyin harbiy va siyosiy
ishonchga loyiq bo’lmagan streletslar qo’shini tarqatib yuborildi. Hukumat 1699
yilda qurolli kuchlarii to’ldirishning yangi tartibiga - doimiy polklarda doimiy
harbiy xizmat uchun ma‘lum miqdor dehqon va posadliklar xonadonidan bittadan
rekrut olish tartibiga o’tdi. Bu - mamlakat mudofaasini mustahkamlash yo’lida
qo’yilgan muhim qadam edi.
Do'stlaringiz bilan baham: