“INNOVATSION DARS ISHLANMASI” ko’rik-tanlovi uchun.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi Ulug’muradova Dilnoza haqida ma‘lumot
1. Ism-sharifi - Ulug’muradova Dilnoza Murotboy qizi
2. Tug’ilgan yil, oy, kun - 1995 yil 02.17.
3. Ma’lumoti - Oliy
4. O’qish joyi - Jizzax davlat pedagogika insituti
5. Mutaxassisligi - Fizika fani o’qituvchisi
6. Diplom nomeri - 1041425
7. Diplom bo’yicha mutaxassisligi - fizika va astranomiya metodikasi fani o’qituvchisi
8. Tugatgan yili - 2019-yil
9. Ish staji - 3 oy
10. Pasport ma‘lumotlari - AC 1360496
11. Toifasi - mutaxassis
Paxtakor tumani
20-umumiy o’rta ta’lim maktabi
fizika fani o’qituvchisi
Ulug’muradova Dilnozaning
9-sinfda
“ Qattiq jismlarning xossalari ”
Mavzusida dars ishlanmasi
DARSNING MAVZUSI: Qattiq jismlarning xossalari
DARS MAQSADI : Qattiq jismlar fizikasi zamonaviy materialshunoslik asosi bo’lib xizmat qiladi, shu sababli maktab fizika kursida qattiq jismlar xossalarini chuqur o’rgatish.
DARS USLUBI : Noan’anaviy integral-aralash
DARS JIHOZI :Darslik, ko’rgazmali qurollar, videorolik, kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar;
DARSNING BORISHI:
a) Tashkiliy qism
b) yangi mavzu bayoni
v) o’tilgan mavzuni mustahkamlash
TASHKILIY QISM:
Ustoz: Assalomu alaykum aziz o’quvchilarim, fizikani sevuvchi bilimga chanqoqlarim.
O’quvchilar: Vo aleykum assalom aziz ustoz- muallim
Faningizni sevamiz, bizga berasiz ta’lim.
Ustoz:Hozir fizik atamalardan aytib joyimizni egallaymiz
(o’quvchilar fizik atamalarni aytib joylashishadi).
Ustoz:Keling ko’ngil bo’lsin to’q, bugun darsda kimlar yo’q?
(navbatchi aniqlanib davomat belgilanadi).
YANGI MAVZU BAYONI
REJA:
Amorf va kristall jismlar
Qattiq jismlarning mexanik xossalari
Mexanik kuchlanish
AMORF VA KRISTALL JISMLAR
Qattiq jismlarning suyuqlik va gazlardan asosiy farqi ularning o’z hajmlari va shakllarini saqlay olishidir. Ammo shunday qattiq moddalar ham borki ular qattiq holda bo’lsalar ham ularning xossalari suyuqliklar kabi izatropdir, ya’ni ularning xossalari yo’nalishga bog’liq emas. Shuning uchun qattiq jismlarning o’zlari ham ikki xil bo’ladi: Kristall va Amorf Jismlar. Shu ikki xil qattiq jismlarning fizik xossalari bir-biridan keskin farq qiladi.
Bir jinsli kristall jismlarning asosiy xossasi ularning anizatropligidir. Bunday jismlarning issiqlikdan kengayishi, issiqlik o’tkazuvchanligi, mexanik mustahkamligi va shu kabi boshqa ko’pgina xossalari yo’nalishga bog’liq ya’ni turli xil yo’nalishlarga turlichadir.
Kristall jismlarga misol qilib, turli xil metallar, osh tuzi, kvars va boshqalar. Agar kristall bir markazdan o’tgan bo’lsa unga manokristall, agar ko’p markazdan iborat bo’lsa polikristall deyiladi, misol (novot). Polikristallarga turli xil metallar kiradi.
Amorf (grekcha -shaklsiz)moddalarning kristallardan asosiy farqi ularning fizik xossalarining turli yo’nalishlarda birday bo’lishidir. Bularga misol qilib,mum, shisha, parafinlarni keltirish mumkin. Ular aslida qattiq holdagi suyuqliklardir. Chunki ularning malekulyar tuzulishi suyuqliklarning tuzilishiga o’xshash. Shuning uchun qattiq jismlar deganda biz asosan kristall jismlarni tushunamiz.
2. QATTIQ JISMLARNING MEXANIK XOSSALARI:
Deformatsiya deb, tashqi kuch ta’sirida jismlar shakli va hajmi o’zgarishiga aytiladi. Agar tashqi kuch ta’siri tugatilgandan keyin jismning o’zgargan shakli va hajmi tiklanmasa plastik deformatsiya deyiladi. Shakli va hajmini tiklasa elastic deformatsiya deyiladi.
3. MEXANIK KUCHLANISH
Qo’yilgan kuchning sterjin ta’siri kuchlanish yoki zo’riqish deb ataluvchi fizik kattalik bilan xarakterlanadi.
Mexanik kuchlanish deb, sterjinning bir birlik kesim yuziga tik ravshda ta’sir qiluvchi fizik kattalikka aytiladi.
HB sistemasida mexanik kuchlanishning o’lchov birligi
σ=A/S=1J/m²=1P
Nazorat savollari:
Qattiq jismlarning mexanik xossalari.
Amorf va kristall jismlar.
Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
Elastiklik va Plastiklik nima?
Mexanik kuchlanish deb nimaga aytiladi?
UYGA VAZIFA: QATTIQ JISM XOSSALARINI O’RGANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |