Chingiz Aytm atov
Fantastik to ‘qimaning ahamiyatiga kelganda, o ‘z davrida
Dostoyevskiy shunday deb yozgan edi: «Fantastika real voqe-
lik bilan shu qadar omixtalashib ketsinki, siz unga qariyb isho-
ning». Dostoyevskiy fantastika qonuniyatini aniq ta’riflagan.
Haqiqatan ham, qadimgi xalqlar mifologiyasi deysizmi, Go
gol, Bulgakov yoki M arkesning fantastik realizmi deysizmi,
yoxud ilmiy fantastika deysizmi - bular bari qanchalik xil-
ma-xil b o ‘lmasin, real voqelikka y o ‘g ‘irib tasvirlangani
tufayli ishonarlidir. Fantastika real hayotning qaysidir to-
m onlarini qabartib ko'rsatadi, « o ‘yin qoidalari»ni tayin
etib, hayotning o ‘sha tom onlarini falsafiy um um lashtiradi
va tanlab olingan xususiyatlarning rivojlanish potentsiyali-
ni oxiriga qadar ochib berishga xizm at qiladi.
Fantastika - hayotni yangicha, favqulodda nazar bilan
ko‘rishga yordam beradigan m ajoziy shakldir. A srim izda
m ajoziy fikrlashga b o ‘lgan ehtiyoj odatdagi fantastika ola-
m iga so ‘nggi yillar ilm iy-texnik kashfiyotlarning jad al kirib
kelayotgani bilangina o ‘sib qolm adi, balki, to ‘g ‘riro g ‘i,
iqtisodiy, siyosiy, g ‘oyaviy, irqiy singari m udhish ziddiyat-
larga yem b o ‘layotgan dunyom izning o ‘zi aql bovar qilm as
majozlarga boydir.
Shu bois ham ushbu rom anim da tasvirlangan S ario‘zak
m ajozlari m ehnatkash insonga uning zam in im iz taqdiri
uchun naqadar m a s’ulligini yana bir karra eslatib qo'yishini
istar edim...
6
A srga tatigulik kun
Bui kitob jism u fig ‘onimdir mening,
Bu kalom jon-u jahonimdir mening.
Grigor Narekatsi «Musibatnoma» X asr
I
Qaqrab ketgan jarliklaru suvi qurigan soyliklarda rizq ilin-
jida xo‘rak izlab chiqqan - tulkining joniga to ‘zim bersin. U
yerteshar mayda jonivorlam ing u yoqdan-bu yoqqa g ‘izillab
chopib o ‘tishini kuzatib ta ’qib qilar, goh yumronqoziq ini-
ni shosha-pisha kovlay boshlar, goh o‘yib ketgan eski jarlik
ichida berkinib yotgan kichkinagina q o ‘shoyoqning nihoyat
tashqariga sakrab chiqishini poylab yotardi. M abodo chiqib
qolguday b o ‘lsa, shu lahzadayoq tutib olib, m ijg‘ilab tash-
lardi. O vga chiqqan och tulki tim irskilanib, asta-sekin
tem ir y o ‘l sari yaqinlashib kela boshladi. Dashtlik b o ‘ylab
bir tekis cho‘zilib ketgan qoram tir tem ir izlardan guldirab
tevarak-atrofni larzaga solib, goh u tomon, goh bu tom on
g ‘izillab o ‘tib turgan poyezdlar tulkini ham o ‘ziga chorlar,
ayni chog‘da yuragiga g ‘uluv solardi; poyezdning ortida
qolgan dim og‘ni achishtiruvchi dud va kuyindi hidini k o ‘p
o ‘tm ay shamol atrofga tarqatib yuborardi.
K echga yaqin tulki y o i yoqasida turgan sim yog‘och
ostidagi chuqurlikka kirib, u yerda qalin o ‘sib to ‘q-qizil
rangda qiyg‘os u ru g‘lagan, lekin vaqti kelib quvrab qol
gan otquloqlar ostiga g ‘ujanak b o ‘lib oldi va yer b ag ‘irlab
esgan sham olning qovjiragan o ‘tlam i shildiratayotganidan
g ‘ashi kelib, qulog‘ini ding qilgancha qorong‘ilik tushishini
toqat qilib kutdi. Simyog‘ochlar ham nuqul g ‘uvillab turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |