Robert T. Kiosaki “Boy ota, kambag‘al ota” asarining Kirish so‘zi. Shunday zarurat mavjud



Download 492,67 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi492,67 Kb.
#446742
Bog'liq
“Boy ota, kambag‘al ota” asari Xayrullayeva

Robert T.Kiosaki “Boy ota, kambag‘al ota” asarining Kirish so‘zi. SHunday zarurat mavjud.

XAYRULLAYEVA N. U.9-2IQTS-21

  • Robert Kiyosakining «Boy Ota, Kambag’al Ota» kitobi muvaffaqiyatli va boy bo’lishni istagan har bir kishi uchun eng yaxshi manba hisoblanadi. O’zingiz va orzularingiz uchun qanday pul ishlashni o’rgatadigan oddiy haqiqatlarni mana shu kitobdan topashingiz mumkin. O’qing, fikrlang va muvaffaqiyatli bo’ling!
  • 1) Insonning asosiy to’siqlari haddan tashqari qo’rquv va ishonchsizlikdir. Javobni bilgan ammo uni aytishdan qo’rqqan o’quvchilarni ko’rish juda achinarli. Ko’pincha dunyoda aqlli insonlar emas, ammo jasur insonlar muvaffaqiyatli bo’lishadi.
  • 2) Agar sen muammo menda deb o’ylasang, meni o’zgartirishing kerak. Muammo senda ekanligini tushunsang, o’zing o’zgara olasan, nimanidir o’rganishing va dono bo’lishing mumkin. Dunyodagi ko’pchilik insonlar boshqalar o’zgarishini kutishadi, lekin o’zlari emas.
  • 3) Tinglash gapirishdan ko’ra muhimroqdir. Agar bu bunday bo’lmaganida, Xudo ikkita quloq va bir og’iz bermagan bo’lardi.
  • 4) «Men bunga qodir emasman» degan so’zlar ruhiy tushkunlikga va depressiya olib boradi, xafagarlikni va kuchsizlikni olib keladi. «Bunga qanday qilib erishishim mumkin?» degan so’zlar, imkoniyat, hayajon va orzular uchun yo’l ochadi, ong va ruhni mustahkamlaydi.
  • 5) Insonlar nimanidir tahlil qilish o’rniga, tanqid qiladilar.
  • 6) Kelajagingiz bugungi kunda nima qilashingiz bilan yaratiladi, ertangi ishlaringiz bilan emas.
  • 7) Pul – kuch timsollaridan biri. Biroq, moliyaviy ta’lim yanada kuchlisidir. Pul keladi va ketadi, lekin ular qanday ishlayotganini bilsang, ularni boshqara olasan va boyroq bo’lishing mumkin.
  • 8) Dangasalikning eng keng tarqalgan shakli – juda band bo’lib ko’ringan, lekin aslida dangasa bo’lishdir.
  • 9) Ko’pincha hayot siz bilan gaplashmaydi. Hayot maktabi, siz har tomondan o’zingizni his qilayotgan turtki kabidir. Har bir turtki – hayot so’zidir: «Uyg’on. Men seni biror narsaga o’rgatishni istayman.»
  • 10) Insonlar menga tabassum qilmasligini ko’rganimda, men ularga tabassum bilan boqaman va «salom» deb aytaman. Bu huddi sehr kabi, atrofimda ko’proq jilmaygan odamlar paydo bo’ladi. Dunyo oyna kabi, sizni aks ettiradi.
  • 11) Bizda mavjud bo’lgan eng qudratli narsa bizning ongimizdir. Yaxshi rivojlangan aql darhol katta boyliklarni yaratishi mumkin.
  • 12) Xudoning qabul qilishi shart emas, lekin odamlar berishlari kerak.
  • 13) G’oliblar mag’lubiyatlardan qo’rqmaydi. Muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyatga erishish jarayonining ajralmas qismidir. Omadsizlikdan qochgan insonlar muvaffaqiyatdan ham qochishadi.
  • 14) Ko’pchiligimiz «Siz qanday yesangiz, shunday insonsiz» degan gapni eshitganmiz. Men buni bir oz o’zgartiraman. Men shunday deyman «Siz nima o’qisangiz, shunga aylanasiz».
  • 15) Katta imkoniyatlar ko’zlar bilan ko’rinmaydi. Ular aql bilan ko’rinadi.
  • 16) Siz qancha pul ishlab olganingiz emas, balki qancha saqlab qolganingiz muhimdir.
  • 17) His-tuyg’ular asosida o’ylash emas, balki his-tuyg’ularingizni mulohaza yuritish uchun ishlating.
  • Kiyosakining o’zi “boy otasi”ni ta’kidlaydi. Asar nomini eshitgan inson ozroq o’ylanishi tayin, axir, bir insonda ham boy va ham kambag’al otani bo’lishiga bir g’ayrioddiy sabab bo’lishi kerak edi. Kitob mutolaasidan so’ng kitobxon anglaydiki, uning asli bitta o’zining otasi(kambag’al otasi) va bitta o’gay otasi(boy otasi) ta’sirida ikki xil g’oya uning ongiga singdiriladi hamda u bir maqbul qorishmani ongiga quyadi. Sodda qilib aytganda, boy otasi avval uqib, keyin qil derdi, kambag’al otasi esa, avval o’qib, keyin qil derdi. Moliya tilida bu avval sarfla, keyin to’la va avval to’la, keyin sarfla deyiladi.
  • Kitob moliyaviy savodxonlik (moliyaviy ta'lim), moliyaviy mustaqillik va aktivlarni investitsiyalash, ko'chmas mulkka investitsiya kiritish, biznesni boshlash va egalik qilish orqali boylik orttirish, shuningdek, o'z biznesini va moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash uchun moliyaviy zakovatni (moliyaviy IQ) oshirish haqida. Asar X bob, 6 dars va bir necha ko’rsatmaviy tavsiya bo’limlaridan iboratdir.
  • Asar tomirida Kiyosaki har bir inson hayotida o’z biznesi va o’z kasbi tushunchasi ikki nomutanosib xilqat ekanligini aytib o’tadi. Va tomirdan keyin ildiz tomon yetganingizda, “Avval ber, keyin olasan” hamda “Aqlli bo’l – hech kim seni yengolmaydi” degan nazariyalar yotadi.
  • Yangi hayotingizni, biznesingizni boshlamoqchimisiz, unda qo’rqmay ishingizni boshlang. Bu ancha yengil, katta bilib kerak emas, lekin bu sizdan qat’iy mas’uliyat talab qiladi. Bir necha tavsiyalar, chizmalar va misollar orqali kitobxonga “Sen hozir hech qayerdan daromad olmasang, ishing bo’lmasa, xo’sh, endi sen qanday yashaysan?”, degan savolni uqtirishga hamda javobini izlashga kitobxonni o’z nazariyasi orqali da’vat etadi.

Unutmang, harakat – harakatsizlikni yengadi.

  • Bu kitobni faqat moliya sohasidagilar uchun emas, barcha-barcha mutolaa qilishi kerak, chunki bu kitobni o’qisangiz, eng kamida siz o’z kelajagingiz ustunlari borligi yoxud yo’qligini alqaysiz.

Download 492,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish