*
Boy
ota, kambag‘al ota
*
Robert Kiyosakining «Boy Ota,
Kambag’al Ota» kitobi muvaffaqiyatli
va boy bo’lishni istagan har bir kishi
uchun eng yaxshi manba hisoblanadi.
O’zingiz va orzularingiz uchun
qanday pul ishlashni o’rgatadigan
oddiy haqiqatlarni mana shu
kitobdan topashingiz mumkin.
O’qing, fikrlang va muvaffaqiyatli
bo’ling!
*
1) Insonning asosiy to’siqlari haddan tashqari qo’rquv va
ishonchsizlikdir. Javobni bilgan ammo uni aytishdan qo’rqqan
o’quvchilarni ko’rish juda achinarli. Ko’pincha dunyoda aqlli
insonlar emas, ammo jasur insonlar muvaffaqiyatli bo’lishadi.
*
2) Agar sen muammo menda deb o’ylasang, meni
o’zgartirishing kerak. Muammo senda ekanligini tushunsang,
o’zing o’zgara olasan, nimanidir o’rganishing va dono
bo’lishing mumkin. Dunyodagi ko’pchilik insonlar boshqalar
o’zgarishini kutishadi, lekin o’zlari emas.
*
3) Tinglash gapirishdan ko’ra muhimroqdir. Agar bu bunday
bo’lmaganida, Xudo ikkita quloq va bir og’iz bermagan
bo’lardi.
*
4) «Men bunga qodir emasman» degan so’zlar
ruhiy tushkunlikga va depressiya olib boradi,
xafagarlikni va kuchsizlikni olib keladi. «Bunga
qanday qilib erishishim mumkin?» degan
so’zlar, imkoniyat, hayajon va orzular uchun
yo’l ochadi, ong va ruhni mustahkamlaydi.
*
5) Insonlar nimanidir tahlil qilish o’rniga,
tanqid qiladilar.
*
6) Kelajagingiz bugungi kunda nima qilashingiz
bilan yaratiladi, ertangi ishlaringiz bilan emas.
*
7) Pul – kuch timsollaridan biri. Biroq, moliyaviy ta’lim yanada
kuchlisidir. Pul keladi va ketadi, lekin ular qanday ishlayotganini
bilsang, ularni boshqara olasan va boyroq bo’lishing mumkin.
*
8) Dangasalikning eng keng tarqalgan shakli – juda band bo’lib
ko’ringan, lekin aslida dangasa bo’lishdir.
*
9) Ko’pincha hayot siz bilan gaplashmaydi. Hayot maktabi, siz har
tomondan o’zingizni his qilayotgan turtki kabidir. Har bir turtki –
hayot so’zidir: «Uyg’on. Men seni biror narsaga o’rgatishni
istayman.»
*
10) Insonlar menga tabassum qilmasligini ko’rganimda, men
ularga tabassum bilan boqaman va «salom» deb aytaman. Bu
huddi sehr kabi, atrofimda ko’proq jilmaygan odamlar paydo
bo’ladi. Dunyo oyna kabi, sizni aks ettiradi.
*
11) Bizda mavjud bo’lgan eng qudratli narsa bizning
ongimizdir. Yaxshi rivojlangan aql darhol katta
boyliklarni yaratishi mumkin.
*
12) Xudoning qabul qilishi shart emas, lekin odamlar
berishlari kerak.
*
13) G’oliblar mag’lubiyatlardan qo’rqmaydi.
Muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyatga erishish
jarayonining ajralmas qismidir. Omadsizlikdan qochgan
insonlar muvaffaqiyatdan ham qochishadi.
*
14) Ko’pchiligimiz «Siz qanday yesangiz, shunday
insonsiz» degan gapni eshitganmiz. Men buni bir oz
o’zgartiraman. Men shunday deyman «Siz nima
o’qisangiz, shunga aylanasiz».
*
15) Katta imkoniyatlar ko’zlar bilan
ko’rinmaydi. Ular aql bilan ko’rinadi.
*
16) Siz qancha pul ishlab olganingiz
emas, balki qancha saqlab qolganingiz
muhimdir.
*
17) His-tuyg’ular asosida o’ylash
emas, balki his-tuyg’ularingizni
mulohaza yuritish uchun ishlating.
*
Kiyosakining o’zi “boy otasi”ni ta’kidlaydi. Asar nomini
eshitgan inson ozroq o’ylanishi tayin, axir, bir insonda ham
boy va ham kambag’al otani bo’lishiga bir g’ayrioddiy sabab
bo’lishi kerak edi. Kitob mutolaasidan so’ng kitobxon
anglaydiki, uning asli bitta o’zining otasi(kambag’al otasi) va
bitta o’gay otasi(boy otasi) ta’sirida ikki xil g’oya uning
ongiga singdiriladi hamda u bir maqbul qorishmani ongiga
quyadi. Sodda qilib aytganda, boy otasi avval uqib, keyin qil
derdi, kambag’al otasi esa, avval o’qib, keyin qil derdi.
Moliya tilida bu avval sarfla, keyin to’la va avval to’la, keyin
sarfla deyiladi.
*
Kitob moliyaviy savodxonlik (moliyaviy ta'lim),
moliyaviy mustaqillik va aktivlarni
investitsiyalash, ko'chmas mulkka investitsiya
kiritish, biznesni boshlash va egalik qilish
orqali boylik orttirish, shuningdek, o'z
biznesini va moliyaviy imkoniyatlarini
yaxshilash uchun moliyaviy zakovatni
(moliyaviy IQ) oshirish haqida. Asar X bob, 6
dars va bir necha ko’rsatmaviy tavsiya
bo’limlaridan iboratdir.
*
Asar tomirida Kiyosaki har bir inson
hayotida o’z biznesi va o’z kasbi
tushunchasi ikki nomutanosib xilqat
ekanligini aytib o’tadi. Va tomirdan
keyin ildiz tomon yetganingizda,
“Avval ber, keyin olasan” hamda
“Aqlli bo’l – hech kim seni
yengolmaydi” degan nazariyalar
yotadi.
*
Yangi hayotingizni, biznesingizni
boshlamoqchimisiz, unda qo’rqmay ishingizni
boshlang. Bu ancha yengil, katta bilib kerak
emas, lekin bu sizdan qat’iy mas’uliyat talab
qiladi. Bir necha tavsiyalar, chizmalar va
misollar orqali kitobxonga “
Sen hozir hech
qayerdan daromad olmasang, ishing
bo’lmasa, xo’sh, endi sen qanday
yashaysan?
”, degan savolni uqtirishga hamda
javobini izlashga kitobxonni o’z nazariyasi
orqali da’vat etadi.
*
*
Bu kitobni faqat moliya sohasidagilar uchun
emas, barcha-barcha mutolaa qilishi kerak,
chunki bu kitobni o’qisangiz, eng kamida siz
o’z kelajagingiz ustunlari borligi yoxud
yo’qligi
ni alqaysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |