4. Kommutatsiya qonunlari va boshlang‘ich shartlar Yuqorida bayon etilgan elektr yoki magnit maydonining energiyasi o‘z
qiymatini sakrab o‘zgartira olmasligi to‘g‘risidagi mulohazalar induktivlikdagi
ilashish oqimining va sig‘imdagi elektr zaryadning uzluksizlik prinsipini
ifodalaydi va kommutatsiya qonunlari deb ataladi.
Ilashish magnit oqimining sakrab o‘zgara olmasligi
tenglik
bajarilmasligidan kelib chiqadi, chunki aks holda induktivlikda cheksiz katta
kuchlanish paydo bo‘lishi lozim edi, bu esa fizik ma'noga ega emas. Bu prinsip
asosida kommutatsiyaning birinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi:
Tarkibida induktiv g‘altak bo‘lgan har qanday shoxobchada tok va
saqlaydi va kommutatsiyadan keyin ana shu qiymatlaridan boshlab o‘zgaradi
yoki boshqacha aytganda induktivlikdagi tok va magnit oqimi o‘z qiymatini - mos ravishda induktivlikdagi tok va magnit
oqimining kommutatsiyadan oldingi va kommutatsiya paytidagi qiymatlari.
Xuddi shu kabi elektr zaryadining sakrab o‘zgara olmasligi
tenglik bajarilmasligidan kelib chiqadi, chunki aks holda kondensatordan
cheksiz katta tok o‘tishi lozim edi, bu esa fizik ma'noga ega emas. Bu prinsipdan kommutatsiyaning quyidagi ikkinchi qonuni kelib chiqadi: Kondensatorli har qanday shoxobchada kuchlanish va zaryad
kommutatsiya paytida undan bevosita oldingi qiymatlarini saqlaydi va
kommutatsiyadan keyin ana shu qiymatlaridan boshlab o‘zgaradi yoki
boshqacha aytganda sig‘imdagi kuchlanish va zaryad kommutatsiya paytida
o‘z qiymatini sakrab o‘zgartira olmaydi: kondensatordagi kuchlanish va
zaryadning mos ravishda kommutatsiyadan avvalgi va kommutatsiya
paytidagi qiymatlari. Shuning bilan birga qayd etib o‘tish lozimki, ideal
parametrli zanjirlarda qarshilik va sig‘imdagi toklar, qarshilik va
induktivlikdagi kuchlanishlar qiymatlari sakrab o‘zgarishi mumkin.
Kattalik (i, u, e, B, Ф va h.k.) lar va ular hosilalarining kommutatsiya
paytidagi qiymatlari ularning boshlang‘ich qiymatlari yoki
boshlang‘ich shartlari deb ataladi.
Agar bevosita kommutatsiyadan (o‘tkinchi jarayon boshlanishidan) avval
va (nol boshlang‘ich shartlar) bo‘lsa, u holda
kommutatsiyadan keyingi boshlang‘ich paytda induktivlik uzuq shoxobchaga,
sig‘im esa qisqa tutashgan shoxobchaga teng kuchli bo‘ladi. Agar
kommutatsiyadan avval
va (nol bo‘lmagan boshlang‘ich shartlar) bo‘lsa, u holda
paytda induktivlik tok manbayiga, sig‘im esa
EYK manbayiga teng kuchli bo‘ladi.
Bog‘liq bo‘lmagan boshlang‘ich shartlar kommutatsiya momentiga qadar
zanjirda to‘plangan elektr va magnit maydonlari energiyalarini xarakterlaydi va o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun ularni albatta inobatga olish lozim
bo‘ladi.
Shoxobchalangan elektr zanjirlaridagi o‘tkinchi jarayonlarni hisoblashda
bog‘liq bo‘lmagan boshlang‘ich shartlardan tashqari bog‘liq boshlang‘ich
shartlardan foydalaniladi. Bu shartlarga tok, kuchlanish va ular hosilalarining
paytdagi qiymatlari kiradi.