2.1. Boshlang’ich sinf o’qish va odobnoma darslari mazmuni va o’zaro integratsiyalashuv imkoniyatlari
Ma’lumki o’qish va odobnoma darslari mazmuni va vazifasi jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, ushbu fanlarni inntegratsiyalash imkoniyatlari juda keng va qulay. O’qish darsllari o’quvchillar og’zaki nutqini o’stirish bilan birga bir qator tarbiyaviy vazifalarni amallga oshiradi. Odobnoma darslariniing asosi maqsadi esa o’quvchillarni har tomonlama, milliy an’analarimizga xos tarzda tarbiyalashdir.
Fanlarni o’zaro integratsiyalshdan aasosiy maqsad o’quvchiarga berilayotgan bilimlarni takrorllanishini oldini olish, bir hillikka barham berish va vaqtni tejab qolishdir. Shunday ekan yuqorida ko’rib o’tilganidek inegtratsiyalash orqali biz juda ko’p vaqtni tejagan holda o’quvchilarga har tomonlama puxta billlim berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo’ladi.
Oqish va odobnoma fanlarini integratsiyalsh haqida bugungi kunda juda ko’p baxs-munozaralarni ko’rishimiz mumkiin. Ayrim mutahassislar fikriga ko’ra har ikki fanni birlashtirgan holda yagona integrativ kurs tashkil qilish bo’yicha takliflar ham bo’lgan. Masalan: NamDU 2006-yil boshlang’ich ta’lim kafedrasi magistranti Egamberdiyeva Go’zalning “Boshlang’ich sinflarda ta’lim jarayonini integratsiyalashtirishning pedagogik texnonlogiyasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida boshlang’ich sinfllarda integratsiyalashuv masalalri bilan birgalikda o’qish, odobnoma hamda tasviriy san’at fanlarini integratsiyalanib alohida “Odobli o’qish san’ati” chegara fani hosil qilingan.5 Bunda fanlardagi bir-biriga yaqin mavzular qisqartirilib tasviriy san’at bilan birgalikda yangi fan hosil qilinganin ko’rishimiz mumkin. Ushbu magistrlik dissertatsiyasidagi chegara fan albatta har uchala fanning o’quv dasturidan kelb chiqqan holda tuzilgan. Lekin bu yerda birincnidan, chegara fanning nomi fikrimizcha bohqacharoq bo’lishi lozim. Ya’ni agar biz uning nomiga e’tibor beradigan bo’lsak, “Odobli o’qish san’ati,”albatta, chegara fan nomi integratsiyaga kirishayotgan fanlar nomidan kelib chiqadi, lekin bu yerda fan nomi notog’ri tanlangan. Chunki o’qishning biz bilamizki, turli sifatlari bor, lekin ular ichida odobli o’qish deb nomlangan sifati ham, umuman, odobli o’qish degan tushunchani o’zi ham mavjud emas. Ushbu ikki fandan hosil bo’lgan chegara fanni “Jamiyat va tabiat”, “O’qish va tarbiya sabog’i” kabi nomlash bizningcha maqsadga muvofiqdir. Ushbu ikki fanni integratsiyash uchun fan dasturlarini ko’rib chiqib, ulardagi mazmunan bir-biriga yaqin mavzularni integratsiyalaymiz.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga binoan 2001-yilning 25-fevraldan «Odobnoma» dasturi, darsliklarining mazmuni milliy istiqlol g'oyasi asosiy tushuncha va tamoyillari asosida ishlab chiqilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Ijtimoiy muhofaza, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi tahlil qilindi. Unga ko’ra odobnoma faniga ham bir qator o’zgartirishlar kiritildi. 2010-yildagi yangi dastur Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yenglimas kuch” kitobining mazmunini singdirish asosida tuzildi va bir qancha o’zgartirishlar belgilab berildi. Ushbu fan 1-4 sinflar kesimida har bir sinfda 34 soat jami 135 soat o’qitiladi.6
1-sinf “Odobnoma” dasturida 33 soatni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 10 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 10 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.
“Ona Vatan”, “Sayohatga borish odobi”, “Milliy o‘yinlar”, “Ona tabiat bag‘rida” boblaridagi davlat ta’lim standartlari talablariga mos kelmaydigan bilimlar hamda “Oila odobi” bobi dasturdan chiqarildi. Chiqarilgan bilimlar o‘rniga 10 soatli 6 ta yangi mavzu kiritildi:
- “1-sentabr Mustaqillik kuni”.
- “Odob – salomdan boshlanadi”.
- “ Oila – baxt qo‘rg‘oni ”.
- “Salomatlik – tuman boylik”.
- “Xotira va qadrlash kuni”.
- “Vatan bo‘ylab sayohat”.
2-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 8 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 9 soat hajmdagi 4 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 9 soat hajmdagi 6 ta mavzu kiritildi.
“Yaxshi fazilat – insonga ziynat”, “Tadbirli va tartibli bo‘ling”, “Ota-ona – aziz va mo‘tabar”, “Do‘st bo‘lish odobi” boblaridagi Davlat standart talablarida bo‘lmagan 9 soat hajmdagi bilimlar chiqarilib, ularning o‘rniga 6 soat hajmdagi quyidagi yangi mavzular kiritildi:
- “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti”.
- “Sog‘liging – boyliging”.
- “Ona tabiat”.
- “Do‘stlikni qadrlang”.
3-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 10 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 5 soat hajmdagi 3 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 3 soat hajmdagi 3 ta mavzu kiritildi. 5 soat hajmdagi 2 ta bob, “Istiqlolimiz asoschisi”, “Vatan tuyg‘usi” mavzulari dasturdan chiqarilib, ularning o‘rniga 5 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzular kiritildi.
- “O‘zbekiston – Mustaqil Davlat”.
- “Ona yurting – oltin beshiging”.
- “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”.
- “Xalq o‘yinlari”.
- “Tejamkorlik”.
4-sinf “Odobnoma” dasturida 34 soat hajmni tashkil qilgan 7 ta mavzudan davlat ta’lim standartlari talablariga mos bo‘lmagan 11 soat hajmdagi 2 ta mavzu chiqarilib, o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta mavzu kiritildi.11 soat hajmdagi “So‘zlashuv odobi”, “Ma’naviyat va ma’naviyatsizlik” mavzularidasturdan chiqarildi. Ushbu mavzular o‘rniga 11 soat hajmdagi 5 ta yangi mavzu kiritildi:
- “O‘zbekiston – ona diyor”.
- “Konstitutsiyamiz – baxtimiz poydevori”.
- “Vatanimiz posbonlari”.
- “Bizning sog‘ligimiz – mamlakatimiz boyligi”.
- “Kasblar olamiga sayohat”.
O’qish fani dasturi ham 2010-yilda qaytadan ko’rib chiqilib,ayrim o’zgartirushlar kiritilgan holda yangilandi. 7
1-sinf o`quv dasturiga kiritilgan o`zgartirishlar
1-sinf O`qish darsligining 30-betidagi «Shoh va shoir» mavzusida berilgan «Har kimki vafo qilsa…» ruboiysi yuqori sinfda takrorlanganligi sababli dasturdan chiqarildi. O`rniga shu soat hisobidan «Shoh va shoir» lavhasini kengaytirib o`rganilishi ko`zda tutildi.
2-sinf o`quv dasturiga kiritilgan o`zgartirishlar
1) 2-sinf O`qish darsligining 17-18 betlaridagi U. Nosirning «Yur tog`larga chiqaylik…» she’ri uzviylashtirilgan dasturga kiritilmaganligi bois, o`rganilmaydi. O`rniga Miraziz A’zamning «Nega bizning yurtimizda?» she’ri kiritildi. 2) 2-sinf O`qish darsligining 75-betidagi T.Yo`ldoshning «Ha» bilan «Xo`p»
3-sinf o`quv dasturiga kiritilgan o`zgartirishlar bo`yicha tavsiyalar
she’ri uzviylashtirilgan dasturga kiritilmaganligi bois, o`rganilmaydi. O`rniga Sodiqjon Inoyatovning «Vatan» she’ri kiritildi.
1). 3-sinf darsligining 14-betidagi E. Vohidovning «O`zbegim» she’ri uzviylashtirilgan dasturga kiritilmaganligi bois o`rganilmaydi. O`rniga Miraziz A’zamning «Turkiston qanday nom?» she’ri kiritildi
2). 3-sinf darsligining 32-35- va 35-38- betlaridagi «Rustamxon» hamda «Alpomish» dostonlari uzviylashtirilgan dasturga kiritilmaganligi bois o`rganilmaydi. O`rniga Tursunboy Adashboevning «Oltin yolli tulpor qissasi» kiritildi.
4-sinf o`quv dasturiga kiritilgan o`zgartirishlar
1). 4-sinf darsligining 10-11-betlaridagi M.Shayxzodaning “Toshkentnoma” asari uzviylashtirilgan dasturga kiritilmaganligi bois o`rganilmaydi. O`rniga Qudrat Hikmatning “Shamol botir» asari kiritildi.
2) 4-sinf darsligining 41-42-betlaridagi «Hadislardan namunalar» uzviylashtirilgan dasturga kiritilmaganligi bois, o`rganilmaydi. O`rniga Alisher Navoiyning “Ko`rlar va fil» asari kiritildi.
Yuqorida aytib o`tilganidek, ushbu fanlarni inegratsiyalash boshlang`ich sinflarda ayrim fanlardagi mavzular takrorlanib kelish holatlariga barham berishb hamda o`quv soatlarini tejash imkonin beradi. Boshlang`ich chin o`quv dasturini ko`rib chiqadigan bo`lsak o`qish, tabiat, odobnoma, tasviriy san’at, mehnat va boshqa darslardagi mavzular bir-biriga o`xshab ketadi. Masalan, 1-sinf «o`qish» darsligida «Ulkan xovuz» matni bilan «odobnoma» darsligidagi «Suvning xosiyati» mavzusi, 2-sinf o`qish va odobnoma darsligidagi «O`zbekiston – mening Vatanim» va «Ona Vatanimiz bilan faxrlanamiz» matnlari, 3-sinf o`qish va odobnoma darsligidagi «Non haqida» va «Non» she’rlari, 4-sinf o`qish darsligidagi «O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi» va odobnoma darsligidagi «Konstitutsiya – asosiy qonunimiz» matni bilan o`zaro bog`liq. Har ikki fan mavzularida beriladigan tushunchalar maqsadlar ham bir xil. Shuning uchun ham ushbu fanlarni uyg`unlashirish imkoni yetarli. Bundan tashqarii tasviriy san’atni ham integratsiyalash o`qish va odobnoma darslarini tushuntirishning yo`llaridan biri bo`lib qoladi.
Boshlang`ich 1-4-sinflarda o`qish, odobnoma, taviriy san’at fanlarini integratsiyalash natijasida eng avvalo vaqt tejab qolinadi. Ayni vaqtda 1-sinfda birinchi yarim yillikda, ya’ni savod o`rgatish davrida alifbe darsi 62 soatni ikkinchi yarim yillikda o`qish darsi 68 soat, odobnoma darsi esa bir yilda 34 soatni, darsi 34 soatni tashkil etadi. Agar ushbu darslarni uyg`unlashtirilsa, umumiy 198 soat darsdan 31 soati integratsion dars bo`lib, yiliga 62 soat tejab qolinadi.
2-sinf uchun o`qish darsi yilda 136 soatni, odobnoma – 34 soatni, – 33 soatni tashkil etib, jami 203 soatdan iborat. Agar 30 soat dars integratsiyalansa uchala fan hisobiga 60 soat dars qisqartiriladi.
3-sinfda o`qish darsi yil bo`yicha 170 soatni, odobnoma 33 soatni, 33 soat bo`lib, hammasi 236 soatni tashkil etadi. integratsiyalashgan dars 30 soat, demak 60 soat dars yilda qisqartiriladi.
4-sinf o`qish darsi yillik 170 soatni, odobnoma bo`yicha 34 soatni, 33 soatdan iborat bo`lib, barchasi 237 soatni tashkil etadi. integratsion dars 30 soat, shu bois yilda 60 soat dars uchala fan bo`yicha qisqartiriladi.
Bundan ko`rinib turibdiki, boshlang`ich sinf o`qish, odobnoma, darslarini integratsiyalash natijasida soatlarni qisqartirish, o`quvchilarni qayta-qayta bitta mavzuni o`qish zo`riqishdan xalos etadi. Lekin shuni aytish joizki, boshlang`ich sinflarda integratsiyalashgan darslar haftada bir-ikki marotaba tashkil etilishi mumkin. Yuqoridagi ko`rsatilgan soatlar esa haftada bir marotaba integratsion dars o`tish kerakligini ko`rsatadi. Integratsion mashg`ulotlarni, ayniqsa 3 ta fan bo`yicha tashkil etilishi dars soatini qisqartirish bilan birga, o`qituvchiga katta ma’suliyat yuklaydi. Buning uchun o`qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko`rishish, mos mavzularni aniqlashi, darsni loyihalashtirishi dars o`tish texnologiyasini ishlab chiqishi, maqsadlarini belgilashi va shunga asoslangan ma’lum bir «O`qish va tarbiya sabog`i» fanini hosil qilish, maqsad va loyihalashtirishni amalga oshirishda o`quvchilarning individual xususiyatlarini, bilim darajalarini hisobga olish zarurdir.
Demak, boshlang`ich sinflarda 2 ta fan ya’ni o`qish, odobnoma, fanlari bo`yicha tashkil etilgan darslar natijasida haftada 2 soat dars tejab qolinadi. Bunday hollarda:
- qiyin mavzular yuzasidan takrorlash ishlari olib borish;
- MSNI larni har ikkala fan uchun o`tkazish;
- dars mavzulariga oid ekskursiyalar, sayohatlar uyushtirish;
- mavzular yuzasidan mukammal rasm chizdirish;
- ta’limiy va tarbiyaviy tadbirlar o`tkazish va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish imkoniyati vujudga keladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun bunday ko`rinishdagi darslarni amalga oshirishga tayyorlashni 3 bosqichga bo`lishi mumkin:
* birinchisi, tanishtirish, ya’ni o`quvchilarga 2ta fan bo`yicha mujassamlashtirilgan dars o`tishni elementar holatlaridan boshlab tushuntirish;
* ikkinchisi, fanlararo bog`lash mumkin bo`lgan mantiqiy aloqalarni rejalashtirish, ya’ni integratsion darsni tashkil etishda mavzulararo umumiy bo`lgan tushunchalarni belgilab, maqsadni aniqlash va shu asosida loyihalashtirish texnologiyasini ishlab chiqish;
* uchinchisi, mazkur aloqalarni dars va darsdan tashqari ishlarda ro`yobga chiqarish, ya’ni integratsion mashg`ulotni dars jarayonida yoki turli tarbiyaviy tadbir shaklida o`tkazish (ota-ona, mahalla. Maktab hamkorligida).
O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, 1-4-sinf o`qish, odobnoma darslarini o`zaro uyg`unlashtirilsa ma’lum bir «O`qish va tarbiya sabog`i» fani hosil bo`ladi. Demak «O`qish va tarbiya sabog`i» fani yuzasidan o`tkaziladigan darslarni tashkil etishda o`qituvchi quyidagilarga e’tibor bersa, maqsadga muvofiq bo`ladi:
1. Aloqador fanlarning qaysi mavzulari mazmuni bilan bevosita bog`lab o`rganish mumkin bo`lgan jihatlarini aniqlash.
2. Tanlangan fanlarning: o`qish, odobnoma, o`quv dasturlari talablarini o`rganib, o`quvchilarning yoshini hisobga olgan holda tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlarini ko`zda tutib faoliyat ko`rsatish.
3. O`rganish lozim bo`lgan materialni darsning qaysi bosqichida (yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, takrorlash, bilimlarni tekshirish jarayonida) qo`llash usuli va o`rnini aniq belgilash.
4. Bilimlarni o`quvchilarga singdirishda o`zining shaxsiy tajribasini, o`quvchilarning bu sohadagi bilim ko`nikmalari darajasi, ma’lum metod va vositalarni qo`llay olish.
Fanlararo integratsiyalashni tanlash o`qituvchiga bog`liq. Faqat tanlangan fanlar mantiqan bog`liq bo`lishi muhimdir. SHu bois ham biz o`qish, odobnoma, fanlarini mantiqiy bog`liqligini hisobga olgan holda tanlab oldik. Chunki o`qish darslarida ham bolaga ta’lim bilan birga ahloqiy tarbiya berib boriladi, darslarida ham huddi shunday. Demak, odobnoma mavzularini yana takrorlab o`tilishiga yo`l qo`ymasdan bir darsning o`zida uyg`unlashtirish mumkin bo`ladi.
Buning uchun esa, integratsiyalashgan darslarni loyihalash texnologiyalarini amalga oshirish natijasida quyidagi bilim va malakalarni rivojlantirib borish maqsadlari ko`zda tutiladi:
1. O`z-o`zini anglash, o`z-o`zini idrok etish, o`z ishiga va o`rtoqlari ishiga baho bera olish;
2. Oila, ota-ona, do`stlari haqida fikrlay olish, o`z munosabatini xolisona bildira olish. Atrof-muhitga, odamlarga bo`lgan e’tibor, mehr-oqibatli bo`lishiga erishish.
3. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat. Bolalar huquqlarini himoya qilish xalqaro konventsiyasi talablari asosida bolaning o`z huquqlari va o`zlar huquqlari haqida ilk ma’lumotlar berish va amaliy faoliyatlarini rivojlantirish, o`zlarini va o`zgalar qadr-qimmatini hurmat qilish, o`z burchlarini anglab borish va «bolalarning o`zlari ishtirok etish huquqlari» ni ta’minlash (bahs, munozara).
4. Inson, tabiat, jamiyat, ekologiya, salomatlik haqidagi bilimlar rivojlantirib boriladi. Tabiat va jamiyatdagi o`zgarishlar, o`zaro bog`liqliklar haqida ilk ilmiy tasavvurlar hosil qilish, inson haqida uning nima uchun yashayotgani haqida tushunchalarga ega bo`lishi, odamlar tabiatini kuzatish, sabab va oqibatlarni ajrata bilish.
Demak, o`qish, odobnoma, integratsiyasi boshqa doimiy darslarimizdan yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirilishi bilan ajralib turadi. Maqsadlarni amalga oshirish bilan birga integratsion loyihalash quyidagi talab me’yorlari bilan belgilanadi:
1. O`quvchilar o`zlarining aqliy qobiliyatlarini amaliy faoliyatlarini inson, tabiat, jamiyat haqidagi bilimlarini tabiatda kechadigan tabiiy jarayon va hodisalarni tushunish bilan birga anglangan holda rivojlantirib borishlari kerak.
2. “Qanday qilib?” “Nima uchun?” kabi savollarni bera oladigan va tasavvurga ega bo`lishlari lozim.
3. O`simlik va hayvonlar ham o`sish va yashash uchun ma’lum bir shart-sharoitlarga muhtoj ekanliklarini bilishlari, tirik mavjudotning o`xshash va farqini ajrata bilishlari zarur.
4. Shaxsiy gigienaga amal qilishning ahamiyatini bilish, jismoniy mashqlarning va o`z vaqtida dam olishning foydasini tushunish, dori-darmonlardan ehtiyot bo`lib foydalanish o`zining kundalik ishi, kun tartibi haqida hikoya qilib bera olish;
5. O`quvchilar insoniyatning, umuman tirik mavjudotning ovqat yeyishi, nafas olishi, harakat qilishi, hayotiy zarurat ekanligini, jumladan quyidagilarni:
- tovushlar haqida, uning turli xil ohangda qo`llanishini tushunish, tovushni quloq orqali eshitilishini bilishi, musiqa asboblaridagi tovushlardan ajratish;
- ob-havoning mavsumiy o`zgarishlarini va mavsumga qarab tirik mavjudodlarda bo`ladigan o`zgarishlarni tushuntirib bera olishlari;
- biz doimiy harakatda bo`lib turgan katta «shar» aylanasida yashayotganimizni, bu planeta Yer, deb atalishini insoniyatning yerdagi hayotga ta’sirini, ilk ekologik bilimlarni egallashlari;
- har bir odamning o`ziga xos xususiyatlari bo`lishini va xususiyatlari bilan ajralib turishini, shu bilan birga bolalar va kattalar orasidagi oddiy farqni ajrata bilishlari, sharhlay olishlari;
- salomatliklarini saqlovchi omillarni, ma’lum bir muvozanatda ovqatlanish tartibini, muomala madaniyati, shuningdek, o`z sog`liqlariga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bilishi;
- atrof-muhitni ifloslantirayotgan oddiy omil va sabablarni sharhlab bera olishlari va ifloslantiruvchi narsalarga qarshi ayrim choralarni qo`llay olishi;
- o`z Vatani haqida, uning tarixi, xalqi, madaniyati haqida bilishlari, shuningdek, davlatning mustaqilligini himoya qilish uchun, rivojlantirish uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchaga ega bo`lishlari kerak.
Ushbu talablar, albatta, o`qish va odobnoma darslarining uyg`unlashtirilishi natijasida amalga oshadi. Ushbu talablarni bajarish zamirida o`quvchilarni bilish, tushunish, qo`llash, tahlil qilish, sintez qilish, nazorat qilish va natijani baholash ko`nikma va malakalari shakllanadi. Shunday qilib, boshlang`ich 1-4 sinflarda integratsion loyihalashni amalga oshirishda eng avvalo o`qish, odobnoma, fanlari bo`yicha DTS talablari asosida tashkil etilgan ishchi reja va darsliklar ko`zdan kechiriladi. Bularning ichidan bir-biriga mos bo`lgan, bir-birini to`ldiruvchi mavzularni muvofiqlashtirib, bir soatli «O`qish va tarbiya sabog`i» fani hosil qilinadi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan jadvallar asosidagi darslar boshqa darslardan o`zining mukammalligi bilan, qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Ushbu darslarni loyihalashtirilayotganda «O`qish va tarbiya sabog`i» fani mavzusi mazmuniga e’tibor qaratiladi, hamda shu mavzular asosida maqsadlar aniqlanadi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, hozirgi paytda boshlang`ich maktablarda integratsion darslar o`tkazilmaydi. Bunday darslarni ommalashtirish uchun esa dlastlab o`qituvchilar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, yangi darsliklar yaratish, yangi dastur, rejalar tuzish kerak bo`ladi.
2. 2. 1-sinf o’qish va odobnoma darslarini integratsiyalash usullari
Biz quyida DTS hamda o`quv dasturiga muvofiq holda o`qish va odobnoma fanlarini o`zaro integratsiyalab yangi fan hosil qilishga harakat qilib ko`rdik. E’tiboringizga havola etgan «O`qish va tarbiya sabog`i» fanini texnologik kartasi 1-4 sinf o`qish, odobnoma darslarining uyg`unlashishi natijasidagi yangi reja hisoblanib, u asosida yangi loyiha ishlab chiqiladi. Integratsion darsni loyihalashtirishda, ya’ni dasturlashda ikkala fanning talablari asosida nimalarga e’tibor berish kerakligi, maqsadlari tayanch so`zlar bilan ifodalanadi. SHu bilan birga muvofiqlashtirilgan darsda o`quvchilarga nimani yetkazish va qanday yetkazish kerakligi ham hisobga olinadi. quyida biz 1-4 sinflar uchun «O`qish va tarbiya sabog`i» fani dasturidan namuna keltiramiz
1-sinf «O`qish va tarbiya sabog`i» fani dasturi
I chorak
Saloming bo`lsin.
V.v. harflari. Rasm orqali suhbat . salomlashish odobi, «Balli bolam»; Odob salomdan boshlanadi. Kattalarga salom berish. qo`lni ko`ksiga qo`yib salom berish. Nuroniylarga salom berish.
Salomlashish odob ko`rki
Chiroyli salom berish. Assalomu alaykum deyish. qaerda qanday salomlashiladi. qo`l berib salomlashish. Uzoqdan so`rashganda qo`lni ko`ksiga qo`yib salomlashish. Kattalarga qo`l uzatmaslik.
Hurmat qil.
Salomdan so`ng ko`rishish. Ayollar 2 qo`l bilan quchoqlashib so`rashish. Yigitlar qo`lni siqib ko`rishish, ko`rishish – hurmat belgisi
Odobli bo`l
Odobli bo`lish kattalarni hurmat qilish. Salomlashish. qachon salomlashilmaydi? Namoz o`qiyotgan odam bilan, ovqatlanayotganda, kitob o`qiyotganda, xojatxonadan chiqganda. Odob inson ko`rki.
Oila – muqaddas dargoh
Oila. Ota-ona, bobo, buvilar, opa-singil, aka-ukalar. Oila hamjihatligi. Bizning oila rasm asosida suhbat. Ota-onani hurmat qilish. Ota rozi – Vatan rozi.
Ota-ona oy, quyosh.
Ota-ona ulug` zot. Ularni hurmat qilish, ularni ranjitmaslik, ota-ona nasihatiga quloq solmoq. Oila yumushlarida ularga yordam berish. Ular ishga ketayotganda shirin so`z bilan kuzatib qo`yish «Ona sabog`i»
Yaqinlarga mehribon bo`l.
Aka-uka, opa-singillar munosabati. O`zaro yordam berish. Janjallashmaslik. Bir-birlariga ko`maklashish. Birgalikda oila yumushlariga qarashish. Uzoqdagi aka-uka, opa-singillarni yo`qlash. Hat yozish, hol-ahvol so`rash. «Biz akamga xat yozdik».
Qarisi bor uyning – parisi bor.
qariyalarni qadrlash. Ularni nasihatini tinglash. Hikmatli so`zlariga quloq solish. «Non isi». qarilarning bilganlari ko`p. Buvilardagi fazilatlar: oqila, mehribon, donno, shirinso`z. Yoshlardagi yaxshi fazilatlar: odobli, mehnatservar.
Mehnat – boylik keltiradi
Mehnat qilish haqida (Rasm asosida suhbat). Dalalardagi mehnat: bug`doy o`rish, xirmondagi mexnat, paxta dalasidagi mehnat. «Er – nima der?». Yerni oziqlantirish. Unga ishlov berish yo`llari.
2-sinf «O`qish va tarbiya sabog`i» fani d a s t u r i
I chorak
O`zbekiston mustaqilligi
1-sentyabr – Mustaqillik kuni. O`zbekistonim. Vatan – muqaddas. Ona yerning tuprog`i ona sutidek aziz. Vataning tinch – sen tinch. Baxt saodatli bo`lish. Ota-ona va ustozlarning aytganini bajarish haqida. Barchaga mehribon bo`lish.
O`zbekiston – ona vatanim
O`zbekiston mening Vatanim. Tug`ilib o`sgan joy – Vatandir. Vatang keng va bepayon. O`zbekiston shaharlari – Toshkent, Samarqand, Namangan Buxoro, Farg`ona va boshqalar. Mamlakatdagi zavod va fabrikalar. Go`zal binolar, bog`-rog`lar. Ona-vatan. Qadimgi ota-bobolar yashagan yurt. Vatan ravnaqi. «Vatanaim» she’ri
Vatan – muqaddas dargoh
Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi. Maktabda a’lo baholarga o`qish. Vatan kelajagi uchun qadam qo`yish. Ozod mamlakat farzandlari. Yoshlar uchun eng muhimi – o`qish. Ilm yaxshilik va yorug`likka boshlaydi. Ajdodlarimiz: Beruniy, Farobiy, Ulug`bek, Ali qushchi va boshqa olimlar hayoti bilan tanishish. Ozodlik uchun kurashganlar. Vatan. Istiqlol.
Keksalar donoligi
«Dono dehqonbobo» ertagi mazmuni. Don – eng barakali narsa. SHoh dehqonni taqdirlagani. «Dono momo» rivoyatiyu Mayizni qirq bo`lib yeyish. Xalqni yovdan qutqargan momo. Do`stlar bilan hamjihat bo`ling.
Ota-ona qalb chirog`i
Ota-onaga hurmat. Farzand uchun eng aziz insonlar. Yaxshi xulq va odatlar o`rgatish. Ularning gaplariga quloq solish. Doimo «xo`p» - dab javob berish. Xo`p – hurmat belgisi. «Xo`p bo`ladi» hikoyasi mazmuni. SHirin so`z bo`lish. Usmonning odobli bo`lishi haqida. Yoqimli gapirish.
Ona muqaddas zot
Ona aziz. Ona nasihatini quloqga ilmoq. Onani e’zozlash. «Kechiring oyijon» hikoyasi mazmuni. Ahmadjonning onasidan kechirim so`ragandigi. «Ayasini ayasin» she’ri. Onaga harbir narsani ilinish. Onaga yordam berish. Mehribon bo`lish. Ona bilan bola – gul bilan lola
Do'stlaringiz bilan baham: |