Rizzayeva guljamol yunusjanovnaning


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Download 0,51 Mb.
bet2/7
Sana10.12.2019
Hajmi0,51 Mb.
#29368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
oqish darslarini odobnoma darslari bilan boglab otishning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi orni


Mavzuning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 203-qarori, yangi tahrirdagi DTS va o’quv dasturlari ta’lim mazmunini tubdan yangilanishni, o’quvchilarga beriladigan bilimning samaradorligini oshirishni asosiy vazifa qilib qo’yadi.

Bu vazifalar sirasiga o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni vaqtda yoshlarni bilim va malakaga ega bo’lishlari bilan bir qatorda o’zi tanlagan ma’lum bir kasb-hunar sirlarini mukammal egallashlariga hamda ma’nan yetuk inson bo’lib voyaga yetishlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu mavzuga oid juda ko’p ilmiy ishlar, maqola _________________________________



1. A.Qudratov.,T.G’aniyev. “Hayotiy faoliyat havfsizligi”, “Aloqachi”, Toshkent, 2005-yil, 314-bet.

va uslubiy ko’rsatmalar yaratilgan. Ayniqsa, Prezidentimiz I.A.Karimovning 2006-yil 25 avgustdagi “Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar dsamaradorligini oshirish to’g’risida”gi PF- 451-sonli qarori bizga dasturi amal bo’lib xizmat qiladi. O’rta umum ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ushbu farmon bo’yicha har yili maxsus yillik ish rejalar asosida ko’plab ishlar amalga oshirilsada o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini mukammal darajaga olib chiqdik deb barilla ayta olmaymiz. Cunki yoshlar o’rtasida tyrli xil qonunbuzarlilar, jinoyatlar va ayniqsa, o’z joniga qasd qilish holatlari sodir bo’lib turibdi. Demak, biz bu borada hali ko’plab ishlar amalga oshirimiz, usbu masalaga jiddiy yondoshgan holda ilmiy izlanishlar, uslubiy ko’rsatmalar yaratmog’imiz lozim.



Bitiruv-malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv-malakaviy ishda o’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tish orqali yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni muammosini o’rganish masalasi asosiy maqsad qilib qo’yildi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirildi:

O’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tishning nazariy asoslari;

O’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tishga oid ishlar tahlili;

O’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda o’qish va odobnoma darslarining o’rni va ahamiyatini aniqlash;

O’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalashda prezident asarlari va farmonlaridan foydalanish holatini yanada takomillashtirish;

Bitiruv-malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Ish jarayonida inson aqlining faoliyati o’zi tomonidan kuzatilmaydi. Ta’lim-tarbiyada bu jarayonning mustaqillik darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish-o’qituvchining vazifasi. Buning uchun o’qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayonining har bir bosqichida har bir o’quvchi shaxsi, intellektual salohiyati, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.

Masalan, o’qish darslarida kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’rganayotgan matnlar orqali bevosita axliq-odob tuhunchalari bilan to’qnash keladilar. Butun o’quv yili davomida ko’plab insoniy fazilatlarni farqlab oladilar va ushbu fazilatlarni o’zlarida muzassam etishga harakat qiladilar. Ko’plab maqol va matallarning mazmun-mohiyatini o’zlashtirib oladilar. Darslikda berilgan nasriy va she’riy asarlar bilan tanishadilar, ularda ko’tarilgan g’oyalar, insoniy fazilatlarni ulug’lovchi hikmatlar, hadislarni o’qiydilar, o’rganadilar. Agar biz o’qish darslarini odobnoma darslari bilan bog’lab o’tsak, har bir o’rganayotgan mavzudan axloqiy fazilatlarni ulug’lovchi qarashlarni topib, o’quvchilar ongiga singdira olsak, yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalashga katta hissa qo’shgan bo’lamiz.



Bitiruv-malakaviy ishning joriylanishi. Bitiruv-malakaviy ish NamDU pedagogika fakul’teti va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi bo’yicha boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasida bajarildi. Kafedraning kengaytirilgan yig’ilishida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etildi.

Bitiruv-malakaviy ishning obyekti.

Biz bitiruv malakaviy ishimizni tajribadan o’tkazish maqsadida Namangan shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 31- maktabning 1-D sinfini tajriba sinfi, 1-B sinfni nazorat sinfi etib belgiladik.



Bitiruv-malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv-malakaviy ish kirish, ikki bob, tajriba-sinov ishlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I bob. Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashning nazariy asoslari

1.1. Ta’lim jarayonidagi integratsiyalashning ilmiy-nazariy jihatlari

So'nggi o'n yilliklar ichida ta'lim falsafasi shunday ilmiy yo'nalishga aylandiki, u insonning ta'lim olish jarayonida yaxlit in-tellektual rivojlanishi borasidagi savolga javob taklif etmoqda. Ta'lim olayotgan yosh insonning rivojlanish sharoitidagi qarama-qarshilikni amaliyotdagi pedagoglar aniqlashgan. Fan o'qitishdagi integratsiya bo'yicha ularning taklifi tashqi birikish xarakteriga ega, aslida esa fanlarni integratsiyalashni chu-qur metodologiya asosida o'tkazish zarur.

Yangi rivojlanayotgan fan mazmunida turli falsafiy oqimlarda paydo bo'lgan g'oya va metodlar birlashuvi ehtimoli bor. Ta'lim falsafasi tomonidan nafaqat tabiiy moslashuv, balki kontinental moslashuv ham o'zlashtirilmoqda.

Olimlardan T. Kun va V.S. Stopin bu boradagi ishlari nati-jasida falsafa tabiat va madaniyat haqidagi fanlarni birlashtirdi. Shunday qilib, fizika modellariga zamonaviy inson ongi murojaat etuvchi ilg'or fanga aylandi. XX asr o'rtalarida ilg'or fanlar orasida kibernetika yuqori o'rin egalladi. Kibernetikada o'zlashtirilgan prinsiplar o'z qo'llanishini anorganik olamdagi hodisalarni tu-shuntirishda biologiya, texnikada topdi.

Noklassik fizikadagi N. Borning qo'shimchalilik prinsipi awal olimlar tomonidan umumiy tabiat qonuniyatlarini ifodalovchi falsafiy prinsip, deb aniqlangan edi. Bu esa kelgusida boshqa fanlar rivojlanishiga asos soldi. Qonuniyatlar majmuasi shakllanish vaq-tiga kelib, fan ko'p qirrali bo'la boslilaydi, inson tasviri ko'proq gavdalanadi. Integratsiya jarayonini kuchaytirishga, insoniyat taj-ribasini tartiblashtiruvchi madaniyat toifalarini izlashga zaruriyat tug'iladi. Zamonaviy falsafa taqdim etgan integratsiyaning poy devor tarkibiy element!ariga dunyoqarash mukammalligi kiradi. Ular ma'noni anglash, tushunish va insonning dunyoni ko'rish usulini belgilaydi.

Yosh insonning ijtimoiylashuviga maorif tizimi yordamida ushbu madaniyat turiga kiritish unda dunyoqarash mukammal-liklarini o'zlashtirishga sharoit yaratilganda erishish mumkin. In-dividni madaniyatga kiritish, shaxsni shakllantirish uchun dunyo manzarasini to'liq o'zlashtirishni taqozo etadi. Mukammallikiar asosidagi matritsalar turli aniq faoliyat, bilim, ideal, shaklga asos bo'ladi.

Dunyoqarash mukammalliklar tizimi dunyoni umumiy ta'rif-lovchi toifalarni o'z ichiga oladi. Ular tabiat, ijtimoiy obyektlarga, jonli va jonsiz tabiatga, inson va uning jamiyatdagi hayotiga, ma'naviyatiga, ongiga kiradi. Universal toifalar universal qo'llanish imkoniga ega. Bu toifalar: kenglik, vaqt, harakat, miqdor, sifat, sabab, tasodif, shaxs, inson, jamiyat, men, boshqalar, ong, go'zallik, ishonch, adolat, erkinlik va h.k.

Bo'limlarga bo'lingan ta'lim mazmunidagi mukammalliklar uning barcha qonuniyatlarini qamrab olishi lozim. Mukammal-liklarning integratsion ahamiyati madaniyatning barcha yo'na-lishlarida namoyon bo'ladi. Ularning o'zlashtirilishi istalgan fanni o'rganishda o'zini ko'rsatadi. Ular yordamida madaniyat, ijtimoiy tajriba insondan insonga, bir avloddan ikkinchisiga o'tadi. Ma­daniyat mukammalligi ushbu modelda inson ongining tuzilishi element! shaklida aks etadi.

Madaniyat mukammalligi mazmuni individ tomonidan uning ta'lim olish jarayonida, shaxsiy shakllanishida, tarbiyasida va jamiyatdagi hayotida o'zlashtirilishi lozim. Ular uning ichki in-tellektual salohiyati va tashqi olamdagi xatti-harakatining quri-lish materiali bo'lib xizmat qiladi. Ong dunyosi va amaliy dunyo bog'liqligi falsafaning rivojlanish darajasiga qarab, unda metaforik fikrlashida aks etadi.

Madaniyat mukammalligini falsafiy o'zlashtirish bosh shak-lidagi yo'li turli ijtimoiy-madaniy yo'lanishlarda namoyon bo'­ladi. Ta'lim falsafasi dunyoni ma'naviy o'zlashtiradi. Adabiyot, madaniyat faoliyat yo'nalishlari kabi ma'naviy ishlab chiqarish va mukammalliklarini aniqlab berishdek murakkab jarayonlar amalga oshirildi. Farq shundaki, ta'lim falsafasida bu hodisa pro­fessional darajada, metodologik jihozlangan tartibda ro'y beradi. Kundalik fikrlash, ma'naviy anglash falsafiy madaniyat mukammalliklarining birlamchi shaklida paydo qiladi. Tahliliy ishlar mobaynida universal toifalar mazmuni murakkablashadi. Bu asosda yetarli murakkab va o'ziga xos falsafiy g'oya komplekslari rivojlanadi.

Falsafa maydonida bo'la turib, toifalar anglash dunyosi obyek-liga aylanadi. Madaniyat mukammalligi falsafiy tahlil doirasida fikriy tajribalar o'tkazish mumkin bo'lgan o'ziga xos ideal ob-yektga aylanadi.

Tabiat, jamiyat, inson o'zining real dunyosi ma'naviy tahlili uchun ideal obyektlar bilan ishlash zaruriyati shunga olib kela-diki, bu obyekt fikrlash metodlariga bog'liq bo'ladi. Mukam-mallik anglash jarayonida moddiy ta'sirlanishga uchraydi. Nati-jada paydo bo'lgan toifa turi faqatgina ta'siri universal toifalarni aniqlashga olib kelgan haqiqatnigina aks etmay, balki fikrlashning ideal yo'nalishini ko'rsatadi.

Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog'lanish aso-sida ta'lim jarayoni integratsiya yo'llarida izlanishlar davom et-moqda. Olib borilayotgan ishning foydaliligini tan olgan holda uning xarakterini belgilab o'tamiz. Bunday tarbiyaviy ish katta samaraga ega. Mazmun va ta'lim maqsadi integratsiyasi bo'yicha masala faqat ta'lim falsafasi asosida yechish mumkin. Metodo­logik apparat asosidagi ta'lim falsafasi boshida fanning ideal shakl-lari, universal toifalari turishi kerak.

Integratsiya rusum ham, navbatdagi kompaniya ham emas. U shunday an'analar aksiki, ular bugun inson faoliyatining barcha sohalarini ta'riflab beradi. Bu faoliyat kengliklari o'zgardi, davr-ning dolzarb muammolari tug'ildi. Ular tabiat va inson yagona lizim va bog'liqlikda mavjudligini yodga solib, inson yashashi uchun ilmiy asoslangan foydalanishning tashkilini talab qiladilar.

Zamonaviy tabiatshunoslik va texjiikaning insonparvarligini, odamzod faoliyatining barcha turlarini o'z ichiga olgan bu fanlar metodologiyasidagi o'zgarishlar bilan bog'lash kerak.

Fanni anglash jarayonida ijtimoiy insonparvarlik, tabiiy-ilmiy, texnik bilim metodologiyalari o'zaro bog'lanishda ko'rinadi. Ay-nan integratsiya asosida tabiiy fanlar bioolam ko'rsatmalaridagi, inson faoliyatini o'rganishdagi, davrning dolzarb muammolarini yechishda ko'rinadi.

Xullas, bu tafovut munosabatlar o'zgarishida va barcha mak-lab talablarining umummadaniy bilimlarida namoyon bo'ladi. Integratsiya tabiiy-ilmiy ta'lim mazmuni insonparvarlashuvining

asosiy mexanizmi bo'lib chiqadi. Hozirgi kunda tabiiy-ilmiy ta'lim ahamiyatini baholab xulosalash mumkinki, u tabiiy-ilmiy haq-qoniylik va insonparvar ideallar birga bo'lishiga da'vat etadi. In-tegratsion yondashuv qo'llanishi tabiatshunoslik va tevarak-atrof bilan tanishuv kursida ko'rsatilgan.

Ilg'or g'oya, prinsip va vazifalar. Bu kursning konsepsiyasi ishlanmasida bizning zamonda ta-biat-inson tizimida o'quvchilar tushunchasi asoslangan bo'lishi kerak. Ma'naviy ekologik tushuncha bo'lmog'i lozim, faqatgina tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish inson kelajagi xavfsizligini ta'minlashini tushuntirmoq lozim. Bunday yon-dashuvning ilg'or g'oyalariga birdamlik, maqsadga yo'naltiril-ganlik, inson va tabiat uzviyligi, inson-tabiat tizimining samoviy belgilanganligini anglash kiradi.

Prinsiplar — bu birinchidan, gumanitarlash, u tabiiy-ilmiy va gumanitar bilimlarni «tabiat — inson» tizimida integrallash, ik-kinchidan, tabiatdagi mavjud aloqalarni o'quvchilar anglashi or-qali shaxsning shakllanishi, uchinchidan, tabiat haqidagi aniq bi-limlarga tegishli o'quvchilar fikrlash yo'nalishi usuli shakllanish ustuvorligi, to'rtinchidan, kelgusi didaktik moslashuv ilmiy izla-nishga mos kelgan turli sohalardan materialni tanlashdir.

Vazifalarga quyidagilar kiradi: o'quvchilarda tizimli fikrlash-ning oriyentir asosini shakllantirish tabiat biriamchiligi haqidagi qonunlar, hodisalarga oid bilimlarni shakllantirish, tabiatshu­noslik qonuniyatlari, kuzatish qobiliyatlarini shakllantirish, bi-limlar tizimini ishlab chiqish, aqliy mustaqillik muammolarini bilish va ularning yechish yo'llarini topish qobiliyatini rivojlanti-rish. Vazifalarga, shuningdek, tabiatni estetik qabul qilish, inson­parvar ma'naviy ideallarga ekologik flkrlash va tabiatni asrash mu-nosabatini asos qilish kiradi.

Didaktik aspektdagi bunday yondashuvning asosiy farqlari quyidagilar: chiziqli kurslar fan o'rganishdagi mantiq tushun-chalardan voz kechish; deduksiyani vaqtidan oldin ishlatish, tushunchalar shakllanishining klassik tizimidan integratsion umumlashtirishning umumiy tushunchalarni ishlatish daraja-siga o'tish; tarixiy yondashuv bilimlarini minimallashtirish ta-biat obyektlarini o'rganishda aniq dalillarni o'zlashtirishga emas, u bilan bog'liqligini anglash.

Pedagogik izlanishlar shuni ko'rsatadiki, integratsion asosda lanlarni o'rgangan o'quvchilar predmetli o'rgatishning chiziqli kurslarini qisqa muddatda o'zlashtirishmoqda. Tez o'qitish maq-sad qilib olinmaganiga qaramasdan, undagi tabiat, mehnat, rasm, o'qish sohasidagi elementlar bu fanlarni tez o'rganishda umidli asos bo'lib xizmat qilyapti.

Pozitiv natijalar deb, dunyo haqidagi ilmiy tasawurlarning zamonaviy darajasiga to'g'ri baho berish; o'quvchi oldida olam-ning ko'p o'lchovli dunyo manzarasining dinamikada, turli bog'-lanishlarda yaratish, aylantirish; ko'rish gorizontlarini kengay-lirish, o'zi uchun dunyoni qaytadan kashf etish, o'quvchi bilan muloqotdagi yangi metodik shakllarni izlash; turli mutaxassislar faoliyatlari muammolarini hal etishda birlashtirish, o'quv fao-liyatida toliqishning oldini olish, yangi sifatli pedagogik natija olish, la'limning yangi falsafasi bo'lishi, pedagogik jarayonim'ng integ-rativ borlig'ini aks etishga aytiladi.

Integratsiyaga qarshi, fikrlar muammo tug'ihshi xaviini yaratishi mumkin. Ayrim olimlar integratsiyani mexanik birikishga xavf lug'diradi, deb hisoblashmoqda. Ta'lim muassasalari rahbarlari ko'pincha integratsion kursning maqsad va vazifalarini aniqlashda kerakli o'quv dasturini tanlashda, o'qituvchilar malakasini oshi-rishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Shunday qilib, integratsiya la'lim rivojlanishga zamin yaratgan holda har bir maktabda dolzarb muammo ham bo'lib kelmoqda. Bu integrativ yondashuv mohiyatini lushunmaslikdan kelib chiqyapti. Ta'lim tizim tashkilotchilari zimmasiga bu masalani to'g'ri yechishda katta mas'uliyat tushayotir. Ta'lim mazmunining insoniylashtirishda asosiy mexanizm deb, integratsiyani anglash qadriyatni, ya'ni zamonaviy maktabning rivojlanishida ilg'or an'analar ahamiyatini aniqlashga imkon beradi.

Didaktik olimlarning tekshiruvlarida uslubning amaliy faoliyat bilan bo'lgani genetik tabiati ajratib ko'rsatiladi. N.N. Skatkin, I.Y. Lerner, Y.K. Aleksyuk, Y.K. Babanskiyning kuzatishlarida ta'lim uslublariga taalluqli ikkilamchi tur belgilarining ta'rifi beriladi. Ular uslub — ifoda, mazmun va ta'lim usuli ekanligini isbotlab berishgan. Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko'rsatadi. Ta'Iim jarayonida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o'qituvchi va u bilan birgalikda o'quvchilar o'z bilim, qobiliyat va ko'nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalashadi.

Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog'langan ichki tomonini tashkil qiladi. Boshlang'ich sinflarda o'quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o'quv rejalari va dasturlariga o'tish davrida jamiyat va atrof-muhit o'rtasidagi alo-qalarni uyg'unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o'r-natish va shakllanish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Atrof-muhitga jiddiy munosabatlar poydevori boshlang'ich sinflarda o'rgatiladi. Shuning uchun iqtisodiy ta'limning natijasi maktab ta'limning birinchi bosqichiga bog'liq. Yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko'rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang'ich iqtisodiy ta'limning barcha tarkibiy qismlarini o'zgartirish va yangilashga asos yaratadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.

XIX—XX asrlar oralig'ida pedagogikada kichik maktab o'quchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiya-lashgan kursini yaratish fikri paydo bo'Igan. Bu fikr A.Y. Gerd, D.N. Kaygorodov, A.P, Pavlov nomlari bilan bog'liq bo'lib, ular boshlang'ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo'linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi.

Integratsiyalashgan ta'Iim-tarbiya, fanlararo aloqalarning ay-rim jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, D. Lokk, I, Gerbart, M. Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.), didaktiklar-ning (I.D. Zverev, M.A. Danilov, V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning (E.N. Kabanova-Meller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.I. Vergeles), medist olimlarning (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N. Pristupova) ishlarida ko'rib chiqilgan.

Bir qator ishlar boshlang'ich ta'limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag'ishlangan. Bu muammolar o'quv fanla-rini integratsiyalashga o'tishning yaqin rivojlanish zonasidir.

(T. G. Raizayeva, G. N. Akvileva, D. I. Troytap, G. V. Baltukova, N. Y. Velenkin, N. M. Drujnina, T. S. Nazarova, I. K. Blinova, R. G. Matushova.)

Boshlang'ich maktab fanlarining integratsion aloqalari kam ishlab chiqilgan bo'lib, qarama-qarshi ifodalangan. Bu aloqalar­ning mohiyati haqida olimJar orasida qarama-qarshiliklar ko'p.

Integratsiya atama va uslubiy nuqtayi nazardan hodisa sifatida nima ekanligini ko'rib chiqaylik.

Intergratsiya lotincha integratio — tiklash, to'ldirish, integer — butun so'zidan kelib chiqqan. Bu borada ikki tushunchaga egamiz:

1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va va-zifalaniing bog'liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.

2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayot­gan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.

Differensiatsiya fransuzcha diffe'rentiofion, lotincha differen­tia — farq, bar xillik, ya'ni butunni bo'laklarga bo'lish, ajratish. Ta'lim mazmunini integratsiyalash — dunyo an'anasi (g'oya, fikr, intilish). Integrativ yondasbish turli darajadagi tizimli alo­qalarning obyektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat—jamiyat—inson). Integratsiya ilgari bo'lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog'liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.

Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog'liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o'rganish obyektining yaxlitligi tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta'limida qo'llash mumkin? Zamonaviy di-daktik va metodikada ta'kidlanishicha, o'quvchilarni o'qitish, rivoj-kinishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi ha-qida tushunchaning shakllanganligi, o'z faoliyatlarini umumiy labiat qonunlari asosida yo'lga solish zaruriyatini tushunishlari, labiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog'liq. Ta'limdagi integratsiya o'quv fanlari mazmu­nini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko'rib chiqiladi.

Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang'ich, tabiat luiqidagi elementlar bilimlarni birlashtirish; oraliq — fanlar ho'limlarini bo'lish integratsiyasi; yakuniy ~ tabiatshunoslikni o'rganish bilan bog'liq bo'Igan ta'lirnning oxirgi bosqichi integ-rnlsiyasi. Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta'limini to'liqroq va keng-roq integratsiyalash imkoniyati ham iakor etilmaydi. Maktab ta'limini integratsiyalash jarayonining psixologak asosi sifatida olim Y.A. Samarinning assotsiativ tafakkur to'g'-risidaga fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarning mazmuni shun-daki, har qanday bilim bu o'xshatish, bilimlar tizimi esa o'x-shatishlar tizimidir. Y.A. Samarin o'xshatishlarning quyidagi turlarini ajratadi:

• lokal (mahalliy, ma'lum bir joy, narsa bilan chegaralangan);

• biror tizimga tegishli bo'lgan;

• tizim ichidagi;

• tizimlar orasidagi;

• aqliy faoliyat darajalarini o'xshatishlarining mos keladigan darajasiga birlashtirish xususiyatiga qarab tasniilaydi.

Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qi-luvchi bog'liqlikning eng soddasi ma'lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasawurdir. Bu bog'liqlik boshqa bi-limlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta'minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biron bir tizimga tegishli bo'lgan tasawurlar eng sodda tizimli tasavvur-lardir. Ular biron bir mavzu, predmet yoki hodisani o'rganishi asosida hosil bo'ladi. Biron bir predmetni bilish yangi dalil va tushunchalarmng tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqosla-nishi orqali amalga oshiriladi. Bilimlaming eng oddiy umum-lashtirilishi sodir bo'ladi, lekin olingan bilim hamma unga yaqin bo'lgan bilimlar bilan bog'lansa ayni muddao bolar edi.

Bunda o'quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyat-lari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasawurlar o'quvchilarning butun bir fanlar tizimining bilishini ta'minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o'rganilayotgan fan doirasida bilimlar-dan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasawurlar, vaqt, muhit, son bog'lanishlarni aks ettiradi. Predmetlararo tasvvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog'onasi hisoblanadi. Ular bilim-larning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilhgini bilishiga imkoniyat beradi. Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasawurlarning shaklla-nishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo'ysun-dirishga, bilimlar chegarasidagi bo'shliqlikni aniqlashga imkon beradi.

Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang'ich, to'liqsiz o'rta va o'rta maktab ta'limini integratsiyalashning asosiy xususiyatla-rini aniqlash mumkin. S.P. Baranov, L.R. Bolotin, V.A. Slasteninning «Pedagogika» kitobida darslarda qo'llaniladigan fan-lararo bog'lanish ko'rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta'lim muammolari aks etmagan.

«Boshlang'ich ta'lim» jurnallarida maktab ta'limini integ­ratsiyalash muammosiga katta ahamiyat beriladi. L. N. Baxareva o'zining «Boshlang'ich maktab o'quv mashg'ulotlarini o'lkashunoslik asosida integratsiyalash» maqolasida «Integratsiya — differcnsiya jarayonlari bilan birgalikda amalga oshirayotgan fanlarni yaqinlashtirish va bog'lash jarayoni bo'lib, yangi, butun, yaxlit bo'limlaryaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko'rmishdir», deb ta'kidlaydi.

O'quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi va integratsiya tizimini takomillashtirish, kamchiliklarini bartaraf etish yo'li bo'lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog'liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondashuv — differensiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi.

Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad vazifalarga ega bo'l­gan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo'naltirilgan integratsiyani amalga oshirishda o'qituvchilarga yordam berishdir. Ko'p yillik kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o'qituvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o'rganib, shu bilim, ko'nikmalarni boshqa fan­larni o'rganishda qo'llashga qiynalib, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarga o'xshash yoki yangi vaziyatlarga ko'chira bilish ko'nikmalari yetishmayapti.

Bularning hammasi boshlang'ich sinflardagi turli fanlar bo'-yicha mashg'ulotlarning o'zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo'lmoqda. Bu holatda integratsiya bir predmet bo'yicha bilimlarni ikkinchisiga ko'chirish va faoliyatning almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo'nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik ekvivalent (mos bo'lgan, o'xshash, keng keladigan narsa)larni yaratish jarayonidir. Psixolog E.N. Kabanova-Millerning fikricha, «O'qituvchiga hali uchramagan vazifa asosida bilim ko'nikma va qobiliyatlarni mustaqil ko'chirilishi aqliy rivojlanishning muhim ko'rsatkichidir». U o'zining «Boshlang'ich sinflarda ta'limni integratsiyalash tajribasi» ishida maktab ta'limini integratsiyalashning muhimligiga e'tiborini qaratsa, L.P. Elkanin integratsiya darsini samarali qilish vositasi, rini yangi pog'onalarga ko'tarish shakli, deb hisoblaydi. Integratsiya — o'qituvchi laming turli fanlar bo'yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbayidir. Ular faoliyatning turli shakllarini almashib turishi orqali o'quvchilar charchashi va asabiylashishini oldini oladi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish