Men-kontseptsiyasini shakllantirish. Ushbu kontseptsiya o`ziga 3 jihatni jamlagan: baholovchi, emotsional va kognitiv.
Baholovchi. Umuman olganda bolalarda o`z-o`zini baholash hali shakllanmagan, bola o`zini tashqi tayanch shkalalar, masalan, Dembo usulisiz baholay olmaydi. Bola o`zidagi samimiylik, ziyraklik kabi xususiyatlarni baholay olmaydi, ammo unga ushbu sifatlarni taklif etilgan shkalada belgilash taklif etilsa, bola buni qiynalmay amalga oshiradi.
Kognitiv. O`zini ta`riflash qobiliyati nazarda tutiladi.
Emotsional. O`zini idrok qilish kechinmalarning ba`zi tiplari bilan bog`langan. Agar yoshi katta odam o`zining bolaligini eslasa, bunda qaysidir emotsional fon (hayratlanish, qo`rquv, xavotir va h.) etakchi vazifani bajaradi. Bolani faqat suratlar orqali tushunish mumkin.
7 yoshdagi inqiroz. Bu o`z-o`zini boshqarish inqirozidir. Bola o`z xulq- atvorini qoidalar asosida boshqarishni boshlaydi. Ilgari gapga ko`nadigan bo`lsa, birdaniga o`ziga bo`lgan e`tiborga nisbatan e`tirozlar bildiradi, o`zitini tutishi balandparvoz bo`lib boradi. Bir tomondan, o`zini tutishida g`ashga teguvchi, atrofdagilar tomonidan nosamimiy deb qabul qilinuvchi namoyishkorona soddalik paydo bo`ladi. Boshqa tomondan esa, atrofdagi me`yorlarga nisbatan o`z talablarini qo`yishi haddan ortiq ulg`ayayotgandek taassurot qoldiradi. Bola uchun affekt va intellekt birligi parchalanib ketadi, bu davr o`zini tutishning bo`rttirilgan shakllari bilan ifodalanadi. Bola o`z tuyg`ularini boshqara olmaydi (tuta olmaydi
va ularni boshqara olmaydi). Gap shundaki, bu davrda u o`zini tutishning bir shaklini yo`qotib, hali boshqasiga egalik qilolmaydi.
Asosiy ehtiyoj – hurmat. Kichik yoshdagi har bir maktab o`quvchisi unga nisbatan kattalardek munosabatda bo`lishni, hurmat qilish, uning mustaqilligini tan olishni talab qiladi. Agar ushbu ehtiyoj qondirilmasa, bu inson bilan munosabatlarni o`zaro tushunish asosiga qurib bo`lmaydi (“Agar meni hurmat qilishlariga ishonchsim komil bo`lsa, muloqot qilishga tayyorman”).
Bolalar o`zlarining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini ularning o`ziga va atrofidagilarga ma`qul tushadigan usullar bilan qondirishga o`rganishadi. Xulq- atvordagi yangi me`yorlar va qoidalarni o`zlashtirishdagi murakkabliklar asossiz o`z-o`zini cheklash va haddan tashqari o`z-o`zini nazorat qilishni keltirib chiqarishi mumkin. E.Eriksonning aytishicha, “bu davrda bolalar xulq-atvorning ijtimoiy maqbul chegaralar doirasida o`z qiziqishlari va manfaatlarini himoya qilish imkonini beradigan shakllarini axtaradi”. U nizo maqsadini “tashabbus aybdorlik hissiga qarshi” formulasi bilan ifodalagan. Bolalarning dadilligini rag`batlantirish ularning intellekti va tashabbuslarining rivojlanishiga olib keladi. Agar bolaning erkinligi juda ko`p hollarda omadsizlikka uchrasa yoki bolalarni qandaydir xatti- harakatlari uchun haddan ortiq qattiq jazolashsa, bu holat aybdorlik hissining erkinlik va mas`uliyatlilikka intilish tuyg`usidan ustun kelishiga imkon yaratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |