Bola tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni amalda bartaraf etish uchun er-xotin orasidagi o‘zaro munosabatlar quyidagi asosiy tamoyillar asosida qurilishi lozim:
1. Turmush o‘rtog‘ingizni o‘zingizga yoqadigan qilib qayta o‘zgartirish vazifasini qo‘ymang. Uni shaxs sifatida tushunishga, voqelikka uning ko‘zi bilan qarashga, odatiy bo‘lmagan, o‘rganilmagan, lekin bola tarbiyasida muhim bo‘lmagan jihatlar bo'yicha aqlli kelishuvni amalga oshiring.
2. Fikrlarda, qarashlarda, ayniqsa tarbiya masalalari bo‘yicha umumiylikni barcha iloji bor usullar bilan mustahkamlashga harakat qiling.
3. Oila qurgan insonlar shaxs sifatida shakllanib bo‘lganligi uchun qarashlarda farqlar yuzaga kelganda nizolashishgacha olib bormaslik lozim.
4. 0 ‘z xatolaringizni ochiq tan olishga, haqligingizdan shubhalanishga uyalmang.
5. Turmush o‘rtog‘ingizga tanqidiy munosabatda bo‘lishdan oldin, o‘zingizga ham tanqidiy munosabatda boling. Buning uchun har doim ko‘p asoslar topilishi mumkin.
6. Turmush o‘rtog‘ingizda ayrim kamchiliklar, masalan, sal_x0002_biy xarakter xislatlari paydo bo‘lsa, normal holat deb qabul qilish lozim. Barchada kamchilik bor, beayb parvardigor.
Shaxs tarbiyasida madaniyat
Yoshlarni hamjihat jamoa qilib jipslashtirishda avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan bilimlarni egallash, san’atimizning, madaniyatimizning sirlarini o‘rganish, o‘zbek xalqining ajoyib an’analaridan foydalanish hamda ularni yoshlar
ongiga singdirish katta ahamiyatga egadir
0‘qituvchi, tarbiyachi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko‘zda tutishi kerak.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug‘ olim Arastu. Ana shu g‘oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
— tarbiyada ulg‘ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligi_x0002_ning e’tiborga tutilishi:
— milliylikning o‘ziga xos an’ana vositalariga tayanish, jahonmadaniyatining ilg‘or tajribalariga asoslanish;
— talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish,
— qiziqarli, tolaqonli talabalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko‘ngilochar va shunga o'xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar o‘zlari xohlagan ishga qo‘1 ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib o‘zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bolsin.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil jamiyatning baxt-saodati yolida halol mehnat qilish; jamiyat boyligini saqlash va ko‘paytirish yolida har bir kishining tinmay g‘amxo‘rlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rostgo‘ylik, axloqiy sofdillik, odamiylik va kamtarlik, milliy va irqiy adovatlarga aslo yo‘1 qo‘ymaslik va doimoo‘z-o‘zini tarbiyalab borish kabilar tarbiya jarayonining muhim xislatlaridir
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |