Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

8.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati 
Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotida ham 
transmilliy 
korporatsiyalarni 
shakllantirish 
mamlakatning 
jahon 
xo‘jaligida va xalqaro mehnat taqsimotida munosib o‘rin egallashiga, 
xalqaro va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etishini 
ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Jahon 
xo‘jaligining globallashuvi sharoitida O‘zbekistonning transmilliy 
korporatsiyalarni vujudga keltirish – ochiq iqtisodiyotni shakllantirish 
borasida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning bir bo‘g‘ini 
sifatida qaralmog‘i lozim. Zero, TMK O‘zbekistonning dunyo 
mamlakatlari orasidagi nufuzining yanada ortib borishida muhim o‘rin 
tutadi.
O‘zbekiston transmilliy korporatsiyalarini shakllantirishning eng 
maqbul yo‘llaridan biri, bu O‘zbekiston sarmoyalarini tasarruf etish orqali 
YevrOsiyo, Markaziy Osiyo integratsiyasi hamda MDH doirasida xalqaro 
moliya-sanoat guruhlarini tashkil etishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda ham moliya-sanoat 
guruhlarini tashkil etish va ularni milliy korxonalar hamda boshqa 
davlatlarning mavjud moliya-kredit tuzilmalari hisobidan kengaytirish 
masalalarini ishlab chiqish lozim. Savdo va moliya-sanoat guruhlarini 


185 
tashkil etish, O‘zbekistonning transmilliy korporatsiyalarini shakllantirish 
uchun maqsadga muvofiq va ob’yektiv zarurat hisoblanadi.
Bundan tashqari Markaziy Osiyo integratsiyasi va MDH doirasida 
ham o‘ziga xos xalqaro qo‘shma konsernlarni tashkil etish mumkin. 
Bunday kompaniyalarning tashkil topishi, hamkor mamlakatlarning sanoat 
ishlab chiqarishi sohasidagi xo‘jalik subyektlari orasida tarixiy murakkab 
kooperatsiya aloqalarining qo‘llab-quvvatlanishiga, Markaziy Osiyo va 
MDH mamlakatlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarining tezlashishi va 
rivojlanishiga olib keladi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, sanoati rivojlangan mamlakatlar, 
shuningdek, 
“yangi 
industrial 
mamlakatlar”ning 
transmilliy 
korporatsiyalari ular iqtisodiyotining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, 
AQSh transmilliy korporatsiyalari mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida 
muhim rol o‘ynaydi va tashqi savdo aylanmasining 2/3 qismi ular 
hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bizning sharoitimizda ham ular moliyaviy va sanoat sarmoyalarining 
organik hamkorligini ta’minlovchi xo‘jalik subyektlari faoliyatini tashkil 
etishning nisbatan samarali shakli bo‘la olishi mumkin. Moliya-sanoat 
guruhlari, ularni davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlash sharoitida 
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ilg‘or o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi 
iqtisodiy o‘sishning eksportga mo‘ljallangan obyekti bo‘lib xizmat qilishi 
lozim. 
TMKni shakllantirish, o‘z navbatida texnologik innovatsiya 
jarayonlarining tezlashuviga ham olib keladi. Bu esa O‘zbekistonda texnik 
taraqqiyotning ichki omillari uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. 
Shuningdek, TMKlar mamlakatimizdagi mavjud bandlik muammolarini 
bartaraf etishda ham muhim rol o‘ynaydi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish