7. Mintaqaviy fond,
odatda, o‘z investitsiyalarini ma’lum mintaqa
yoki geografik viloyatga qaratadi. Bu ma’lum bir qit’a (aytaylik, Afrika va
Lotin Amerikasi) yoki alohida mamlakat yoki mamlakat ichidagi viloyat
bo‘lishi mumkin. Bunday fondning asosiy ustunligi, u xorijiy
mamlakatlarda aksiyalar xaridi jarayonini soddalashtirishidadir, bu esa
mustaqil investor uchun yetarlicha murakkab va qimmat jarayondir.
Bunday PIF tanlangan mintaqada iqtisodiyot tushib boradigan holatlarda
yuqori riskka ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |