Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi
– ishlab chiqarish
bosqichlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va ularni muvofiqlashtirish
maqsadida milliy-iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishi.
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi
– mamlakatlar o‘rtasidagi
mehnat taqsimoti ko‘rinishi bo‘lib, unda o‘zlarining ichki ehtiyojlaridan
ortiqcha bir turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi milliy
ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi yuz beradi.
Xususiy tadbirkorlik
fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan
o‘zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy
daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga
oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyatidir.
Qo‘shib olish, o‘zlashtirish (Acquisition)
– bir kompaniyaning jami
aksiyalarini boshqa kompaniya tomonidan sotib olinishi. Qo‘shib olingan
biznes o‘zlashtiruvchi kompaniyaning sho‘ba korxonasiga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |