Kollej bitiruvchilarining tanlovi.
Xalqaro kompaniyalar xorijiy
korxonalar joylashgan mamlakatda qobiliyatli odamlarni tanlash
maqsadida AQSh va boshqa mamlakatlar universitetlarining bitiruvchilari
bilan tanishib chiqadilar. Lekin bunday yondashuv o‘z kamchiliklariga
ega, chunki bunday korxonalarda yetarli ish malakasiga ega xodimlar
yetishmaydi. Yosh xodimlarning malakasi oshgan sari ularni yuqori
lavozimlarga qo‘yishadi. Bu holat korxonalarning ekspatriantlarga bo‘lgan
ehtiyojini kamaytiradi. Ushbu kompaniyalar o‘z yurtdoshlarini kerakli
texnik malakaga ega bo‘lmaguncha AQShda joylashgan korxonalariga
ishga yollaydilar.
Bir qator kompaniyalar xodimlarni hisobga olish tizimini
markazlashtiradilar, bu tizim ham mahalliy, ham xorijdagi xodimlarni o‘z
ichiga oladi. Ular haqida nafaqat texnik va demografik ma’lumotlar, balki
chet tillarni bilish qobiliyati, xorijda ishlashga tayyorligi va moslashish
qobiliyati bo‘yicha testlarning natijalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |