Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Ekspatriant (emigrant)larga haq to‘lash



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Ekspatriant (emigrant)larga haq to‘lash. 
Agar Amerikaning biror 
kompaniyasi Buyuk Britaniyadagi filialidagi yiliga 50 ming AQSh dollari 
ish haqi oladigan moliya bo‘limi boshlig‘ini Italiyaga ishga jo‘natsa (u 
yerda valyuta kursi bo‘yicha uning ish haqi yiliga 60 ming AQSh 
dollariga to‘g‘ri keladi), unga Italiyada qancha oylik belgilashi kerak 
bo‘ladi? Yoki italiyalik xodim Angliyaga jo‘natilsa, unga qancha ish haqi 
berish kerak? Qaysi valyutada: AQSh dollari, funt-sterling yoki liradami? 
Qaysi davlatning mehnat qonunchiligi bu hollarda amal qiladi? Qanday 
qo‘shimcha imtiyozlar qo‘llaniladi? Bu xodimlarni xorijga ishga 
yuborishdagi muammolardan ayrimlari hisoblanadi. Firma bir tomondan 
xarajatlarni oshirib yubormasligi kerak, ikkinchi tomondan esa xodimni 
rag‘batlantirib turishi kerak. 
Xodimning xorijda ishlashi uchun zarur kompensatsiyaning shakli va 
miqdori xodimning shaxsi va aniq davlat bilan aniqlanadi. Xorijga faqat 
bitta xodimni yuboradigan kompaniyalar har bir holat uchun alohida 
kompensatsiya miqdorini belgilashlari kerak. Kompaniya ishlab chiqarish 
faoliyatini xorijda kengaytirishda har bir ish haqini alohida belgilay 


216 
olmaydi. U holda bir xil turdagi ishga turlicha ish haqi oladigan ikkita 
xodim to‘g‘ri kelib qolishi mumkin, bu esa tengsizlikka olib keladi. 
Xizmat safariga yuborishning kelishilgan shakli ishlab chiqilmas ekan, 
ba’zi xodimlarga ularni xorijga jo‘natishga ko‘ndirish uchun ko‘proq haq 
to‘lanaveradi. 
Yashash xarajatlari.
Xorijga ketadigan odamlar uchun yashash 
xarajatlari ko‘payib ketadi. Bu , asosan, ularning ma’lum bir hayot tarziga 
o‘rganganligidan kelib chiqadi, ya’ni yangicha sharoitda bunday hayot 
tarzi qimmatga tushib ketadi va uni o‘zgartirish oson bo‘lmaydi. Boshqa 
sabablar esa sport bilan shug‘ullanmaslik, ma’lum oziq-ovqatlarni xarid 
qilishni to‘xtatish, ba’zi bayramlarni nishonlamaslik, o‘z ona tilidagi 
teledasturlardan mahrum bo‘lish yoki farzandlarining xorijda o‘qishga 
majbur bo‘lishidan iborat. Yangi madaniyatga ko‘nikish kabi ruhiy 
muammolar ham mavjud. Bu kabi o‘zgarishlarga ko‘nikish zarurligini 
hisobga olgan holda kompaniyalar ko‘pgina xodimlarning ish haqiga 
ustamalar to‘lashadi. 
Ba’zi joylarda yashash sharoitlari og‘ir bo‘lib, masalan, iqlimning 
yomonligi yoki atrof-muhitning sog‘liqqa zararligi, siyosiy ahvolning 
beqarorligi xodim va uning oilasiga xavf tug‘diradi. Oxirgi vaqtlarda ba’zi 
guruhlar turli davlatlarda xizmat safaridagi xodimlarning bolalarini 
o‘g‘irlashi va pul talab qilishi ko‘p uchramoqda. Pul talab qilish 
maqsadida bolalarni o‘g‘irlash va terrorizm kabi illatlar kompaniyalarni 
nafaqat noqulay yashash sharoitlari uchun ustama haq to‘lashga, balki 
xodimlar bolalarining o‘g‘irlanishidan sug‘urtalashga ham majbur qilib 
qo‘ydi. Bundan tashqari kompaniyalar xodimlar va ularning oila a’zolarini 
bu tarzdagi xavf-xatarlarga tayyor turishini ma’lum qilishdi. Jabrlangan 
oilalar 
kompaniyalarning 
pul 
to‘lab 
qutqarib 
olish 
paytidagi 
muzokaralarda noto‘g‘ri yo‘l tutganlaridan arz qilishdi, aksiyadorlar esa 
pulni to‘lamaslikni talab qilishdi.
Valyutani tanlash.
Odatda, ekspatriantlarga ish haqi mahalliy va 
ma’lum miqdorda o‘z davlati valyutasida to‘lanadi. Bu unga o‘z milliy 
valyutasida jamg‘arishga imkon beradi hamda ish haqining shu qismidan 
soliq to‘lashdan ozod bo‘ladi.
Uzoq hududlar.
Ko‘pchilik yirik xalqaro loyihalar shunchalik uzoq 
hududlarda amalga oshiriladiki, TMK u yerda qulay sharoitlarni 
yaratmasdan yoki boshqa rag‘batlantirishlarsiz ishlashga tayyor 
xodimlarni topishi qiyin. Masalan “Lokxid Eyrkroft” kompaniyasi 
o‘zining Amerikalik ishchilari uchun Saudiya Arabistonida shaxsiy 
teleradiostansiya yaratgan. “INKO‘ firmasi esa o‘zining AQShlik 


217 
mutaxassislari uchun Indoneziyada maktablar, kasalxonalar, cherkovlar, 
supermarketlar, golf o‘yini uchun maydonlar, yaxt-klub, motellar va 
restoranlar qurib bergan.
TMKning boshqa joylarga qaraganda uzoq hududlardagi ekspatriant-
xodimlarga nisbatan munosabati birmuncha boshqacharoq bo‘ladi. 
Qurilishga va obyektlarni ishga tushirishga ko‘proq ishchilarni jalb qilish 
uchun TMK, odatda, qisqa muddatli shartnomalarni yuqori haq evaziga 
taklif etadi va zarur bo‘lgan ishchi kuchining ko‘p qismini chetdan jalb 
qiladi. Ko‘pchilik odamlar bu takliflarga ular uchun noqulay sharoitlar 
mavjud bo‘lsa ham rozi bo‘ladilar, chunki bu taklif ular uchun qisqa 
muddatda pul jamg‘arishga imkoniyat yaratadi.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish