Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


 O‘zbekistonda investitsiya fondlari



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

7.5. O‘zbekistonda investitsiya fondlari 
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 25-avgustdagi “Investitsion 
va pay fondlari to‘g‘risida”gi O‘zRQ-392-sonli qonuni har bir fondning 
xususiyatini yetarlicha aniq belgilab berdi. 
Unga ko‘ra, investitsiya fondi investorlarning pul mablag‘larini jalb 
etish va ularni investitsion aktivlarga kiritish maqsadida aksiyalar 
chiqarishni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatini namoyon etadi. IF 
o‘z faoliyatini vakolatli davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish 
organi tomonidan berilgan litsenziya asosida amalga oshirishga haqli. 
Qonunda fondning turlari belgilab berilgan – bu ular tomonidan 
chiqarilgan aksiyalarni majburiy sotib olish va majburiy bo‘lmagan holda 
sotib olishdir. IF turi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. IF yangi 
yuridik shaxs ta’sis etilishi yoxud boshqa investitsiya fondini qayta 
tashkil etish yo‘li bilan yaratilishiga e’tibor qaratish muhimdir. IF 
hisoblanmagan yangi yuridik shaxsni qayta tashkil etish orqali fondni 
yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, ushbu me’yorga muvofiq MCHJ 
yoki XK investitsiya fondi bo‘lolmaydi. 
Pay fondiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, u holda mazkur fond yuridik 
shaxs hisoblanmaydi, balki ikki yoki undan ortiq shaxslar – investitsiya 
faoliyatini amalga oshirish maqsadida ular tomonidan ishonchli 
boshqaruvga berilgan investorlarning pul mablag‘lari yig‘indisini 


164 
namoyon etadi. Pay fondlari ikki turda – fond mablag‘lari hisobiga 
ishonchli boshqaruvchi chiqargan investitsion paylarni majburiy sotib 
olgan, yoki bunday majburiyatni olmagan bo‘lishi ham mumkin. Pay 
fondi ishonchli boshqaruvchi tomonidan qabul qilingan qaror asosida 
yaratiladi. 
Investor va boshqaruvchi o‘rtasida investorlarning pul mablag‘larini 
birlashtirish va ularni pay fondiga umumiy mulkdorlik ulushi huquqiga 
ega bo‘lish sharti bilan kiritishni ko‘zda tutuvchi shartnoma tuziladi. 
Moliyaviy va boshqa investitsion aktivlardan foydalanish maqsadi va 
yo‘nalishi ishonchli boshqaruv shartnomasining shartlariga mos kelishi 
lozim. Investitsion aktivlar bo‘yicha olingan daromadlar, bir-yildabir 
marta fondning investitsion paylari egalari o‘rtasida taqsimlanadi yoki 
ularning barcha mulkdorlarining roziligi bilan qayta investitsiyalanadi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun me’yorlari investitsiya fondiga
nisbatan amal qilib kelmoqda, pay fondiga nisbatan esa 2017-yilning 1-
iyulidan kuchga kiradi.


165 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish