Xarakter aksentuatsiyasi (yunoncha chfrakter – xususiyat, belgi, lotincha accetus – urg’u) – xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin nomoyonlashuvi). Xarakter aksentuatsiyasini individual yondoshish, oilaviy psixoterapiya turini topishga yordam beradi.
Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag’rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo’ylik, bahillik, g’amho’rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |