Tarkibida bor bo‘lgan ventillar soni nuqtai nazaridan mikrosxemalarni, bir nechta sinflarga ajratish mumkin. Hozirda ham mikrosxemalarni shu tarzda sinflarga ajratib o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi va to‘g‘ri xisoblanadi. Negaki ular turli xil xususiyatlarga ega bo‘lib, turli xil maqsadlarda qo‘llanilishlari mumkin: - Tarkibida bor bo‘lgan ventillar soni nuqtai nazaridan mikrosxemalarni, bir nechta sinflarga ajratish mumkin. Hozirda ham mikrosxemalarni shu tarzda sinflarga ajratib o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi va to‘g‘ri xisoblanadi. Negaki ular turli xil xususiyatlarga ega bo‘lib, turli xil maqsadlarda qo‘llanilishlari mumkin:
- 1.Kichik integral sxemalar – tarkibida 1 tadan 10 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.
- 2.O‘rta integral sxemalar – tarkibida 10 tadan 100 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.
- 3.Katta integral sxemalar – tarkibida 100 tadan 100 000 tagacha ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.
- 4.O‘ta katta integral sxemalar – tarkibida 100 000 tadan ortiq ventillar bo‘lgan mikrosxemalar.
- Odatda kichik integral sxema ikkitadan oltitagacha, alohida-alohida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, o‘zaro bog‘lanmagan ventillardan iborat bo‘ladi. 1.25-rasmda tarkibida to‘rtta ventil bo‘lgan kichik integral sxema keltirilgan.
Ushbu mikrosxemaning 12-ta chiqish oyoqchalari, uning tarkibidagi ventillarning kirish va chiqish signallari uchun mo‘ljallangan. Mikrosxemaning 7-nchi chiqish oyoqchasi uni «erga» ulash uchun, 14-inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan kuchlanish manbai uchun ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik esa, undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi joylashganligini anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining raqamlanishi, rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta, kata va o‘ta katta mikrosxemalarda ham, ularning chiqish oyoqchalarining raqamlanishi ana shu tartibda amalga oshiriladi. - Ushbu mikrosxemaning 12-ta chiqish oyoqchalari, uning tarkibidagi ventillarning kirish va chiqish signallari uchun mo‘ljallangan. Mikrosxemaning 7-nchi chiqish oyoqchasi uni «erga» ulash uchun, 14-inchi chiqish oyoqchasi esa unga beriladigan kuchlanish manbai uchun ajratilgan. Rasmdagi mikrosxemaning chap tomonida ko‘rsatilgan botiqlik esa, undan o‘ng tomonda mikrosxemaning 1-inchi chiqish oyoqchasi joylashganligini anglatadi. Mikrosxemaning qolgan oyoqchalarining raqamlanishi, rasmda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilgan. O‘rta, kata va o‘ta katta mikrosxemalarda ham, ularning chiqish oyoqchalarining raqamlanishi ana shu tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |