Nosimmetrik kriptotizimlar axborot xavfsizligining barcha muammolarini yechib berishga qodir. Quyida nosimmetrik kriptotizimdan simmetrik kriptotizim kalitini shifrlab uzatishda, simmetrik kriptotizimdan esa axborotni shifrlab almashishda foydalanish amaliyoti bayon etiladi
Nosimmetrik kriptotizimlar asoslari simmetrik tizimlarda yechilmay qolgan kalit tarqatish va raqamli imzo muammolarining yechimini izlash yo‘llarida Massachusets texnologiya institutida U.Diffl(W.Diffie) va uning ilmiy rahbari M.Xellman(M.E.Hellman) tomonidan 1975-yilda taklif etilgan. 1977-yili shu tamoyil asosida o‘sha institutda R.Rivest, A.Shamir, L.Adlman (R.Rivest, A.Shamir, L.Adleman) tomonidan RSA algoritmi ishlab chiqildi. Keyinchalik elliptik va sh.o‘. bir tomonlama oson hisoblanadigan funksiyalar asosiga qurilgan boshqa algoritmlar(El Gamal va boshqalar algoritmlari) yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |