Rivojlantirish instituti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/244
Sana21.05.2021
Hajmi0,98 Mb.
#65114
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244
Bog'liq
Terapevtik Stomatologiya

Obyektiv ko‘ruvda milk shaklining o‘zgarganligi, u yerdagi
granulyasiya to‘qimalari, fibroz, yallig‘lanish infiltrasiyalari, qizarish-
ko‘kimtir rang, milk so‘rg‘ichlarining tishlarga yopishmay turishi, tish
karashlari, toshlari ovqat qoldiqlari, milkdan qon oqishi (tekkanda)
kabilar borligi qayd etiladi.
Zondlaganda paradontal cho‘ntaklar chuqurligi 5-7-8 mm gacha,
tishlar patologik qimirlashlari I-II darajadaligi, tishlar xar tomonga silji-
ganligini aniqlash mumkin. Bunda travmatik okklyuziya borligi xarakter-
lidir. Ba’zida sog‘lom tishlar qimirlab tushib ketishi ham mumkin.
Rentgenogrammada suyak to‘qimasining destruksiyasi II-III darajali,
osteoporoz o‘choqlari borligi, patologik suyak cho‘ntaklari borligini
ko‘rish mumkin.
Paradontit davolangach, remissiya bosqichiga o‘tadi. Kasallikning
faol kechishidagi bemor shikoyatlari bo‘lmaydi.
Surunkali paradontitning qaytalanishida, milkdagi yallig‘lanish battar
avjga chiqadi, milklar qizarishi, oldingi ko‘kimtir rang bilan aralashadi,
milk qonashi, ulardan yiring ajralishi va bularning hammasi yig‘ilib,
bemorning umumiy ahvolini o‘zgartirishi (bosh og‘rig‘i, charchoqliq,
kamxollik va shunga o‘xshash) mumkin.
Abssesslar bo‘lishiga ayrim tishlarga ko‘proq bosim tushishi, paradont
to‘qimasining chidamliligini buzilishi, organizmning qarshilik ko‘rsatishi
pasayishi, immunologik holatni pasayishi, umumiy kasallikning ta’siri,
shamollashlar, gripp kabilar sabab bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda,
og‘iz bo‘shlig‘ini tekshirib ko‘rishda, milklar shishganligi, qizarganligi,
og‘iz burmalarini tekislashganligi, milklardan yiring chiqishi, paypaslab
ko‘rilsa, og‘riq va yiring yig‘ilganligini aniqlash mumkin. Abssesslar
o‘zlaricha ochilishlari va yiringni chiqib ketishi yoki, ba’zida shifokor
abssesslarni qoidalarga amal qilib ochishi mumkin.
Paradontdagi turli yallig‘lanish jarayonlarini, ularning klinik kechishi
va og‘ir-yengilligini bilish uchun laboratoriya, biokimyoviy va funksional
usullar yordamida aniqlash maqsadida Shiller-Pisarev, Kulajsnko,
Yasnovskiy sinamalari, qonning biokimyoviy ko‘rsatichlarini o‘rganish
kabilar qo‘llaniladi.
Masalan, vital mikroskopiya usulini qo‘llab, paradontitda milkdagi
kapillyarlar sonlarining ko‘payganligi, ularning tarangligini oshganligini,
eritrositlar qon tomirdan tashqariga chiqishini, qon aylanishini to‘xtab
qolguncha (staz) pasayganini, kapillyarlar holatlarini, venulalarning
shishganligini ko‘rish mumkin.
Reoparadontogrammalarda qon tomir vazifalari, tonuslari, qon olib
kelish kobiliyatlari, tarangliklari o‘zgarganligini aniqlash mumkin.
Ikkilamchi gipoksiyani, oksidlanish-tiklanish jarayoni polyarografiya
usulida, ikkilamchi immunodefisitni immunologik usullar yordamida


2 3 6
aniqlash, kabilar, paradontitni tashhisini qo‘yish, davolash usullarini
rejalashtirish uchun juda zarurdir.
Quyida eng ko‘p tarqalgan paradont kasalliklari xisoblangan gingivit,
paradontit va paradontoz kasalliklarpni bir-biridan qiyosiy tashhislash
uchun eng zarur ko‘rsatgichlar mezonlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
Paradontitni tashhislashda, qiyosiy tashhislashda, katta yordam bera-
digan va klinikada eng ko‘p qo‘llanadigan usul — bu rentgenografiyadir.
Rentgenologik o‘zgarishlar turlicha, chunki paradont to‘qimasida ham
turli darajadagi patologik o‘zgarishlarda suyak to‘qimasida turlicha o‘zga-
rishlar bo‘ladi. Boshlang‘ich, yengil darajadagi paradontitda alveolararo
to‘siqchalarining kortikal plastinkalarida osteoporoz va destruksiya
(tuzilishini buzilishi) bo‘lsa, keyinchalik, bu o‘simta, to‘siqchalar uch-
larinnng so‘rilishi, yo‘qolishini ko‘rish mumkin. Bunda so‘rilish gori-
zontal va vertikal (ildiz yo‘nalishi bo‘ylab) so‘rila boshlaydi, vertikal
ravishdagi so‘rilish suyak cho‘ntaklarini hosil qiladi. Alveola o‘simtalari
so‘rilgan, yo‘qolgan yoki yoyilgan shaklda bo‘lib, milk ostida tish toshlari
yig‘iladi. Jag‘ning ayrim joylarida o‘zgarish bo‘lmasligi mumkin.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish