Rivojlantirish instituti


Har xil shakldagi pulpitlarning patologik anatomiyasi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/244
Sana21.05.2021
Hajmi0,98 Mb.
#65114
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244
Bog'liq
Terapevtik Stomatologiya

Har xil shakldagi pulpitlarning patologik anatomiyasi
Har hil shaklda kechadigan pulpitlarda turli patologo-anatomik
o‘zgarishlar kuzatiladi.
O‘tkir o‘choqli, chegaralangan pulpit (pulpitis acuta partialis) da
gistologik tekshirishlar pulpa shoxlaridan birida, ba’zan pulpaning ayrim
qismlariga tarqalgan o‘tkir yiringli, chegaralangan yallig‘lanish o‘choqlari
paydo bo‘lganligi, asosan ekssudasiya va alterasiya jarayonlariga xos
o‘zgarishlar kechayotganligini ko‘rsatdi. Bunda pulpada giperimiya,
nuqtali qon quyilish, chegaralangan shish va uning asab tolalarini siqishi
(bosishi)dan kuchli og‘riqlar paydo bo‘ladi. Shishgan pulpa to‘qimasi
va qon tomir devorlarida leykositlarni to‘plaganligi, ularning tomir
devorlari bo‘ylab yotishi, retikulo-endotelia hujayralarining proli-
ferasiyasi, qon aylanishining buzulganligi (sekinlashishi), staz, tomirlar
trombozi asab tolalarining parchalanishi-fragmentasiyasi va yiringli
o‘choqlar borligi ko‘rinadi. Yallig‘langan o‘choqdagi odontoblastlar
distrofiyaga uchraydi va chiriydi (nekroz). Yallig‘langan o‘choq atrofida
pulpada potologik o‘zgarish bo‘lmaydi.
Elektron-mikroskopik tekshirishlar hujayra detritlarining zonalari
borligini, mikroorganizmlar to‘planganligi, asosiy moddada ko‘p sonli
qoldiq tanachalar borligini ko‘rsatadi. Elementlarning parchalanish
sabablarini bir-biridan farqlash qiyin. Yallig‘lanish chegarasining
atroflarida pulpa tuzilmalarining barchasida o‘zgarishlar borligi, kollagnli
fibrillarning shishganligini ko‘rsatadi.
Ildiz pulpasining ayrim joylaridagi kollagenli fibrillar tuzilishida
o‘zgarish kuzatilmaydi. Qonni shaklli elementlari ko‘payadi, xususan
neytrofinli granulositlar ko‘payib, toj qism pulpada to‘planadi.
Odontoblastlardagi o‘zgarishlar, ularning hujayralararo va hujayralarning
ichida shish borligi bilan xarakterlanadi. Hujayralar bir-biridan ancha
masofada joylashgan va ularning mitoxondriyalari shishgan bo‘ladi.
Ba’zida hujayra parchalanadi. Ildiz pulpadagi odontoblastlar me’yordan
o‘zgarmagan bo‘ladi.
Subodontoblastik pulpa qavatida ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar
bo‘ladi. Pulpaning toj qismida fibroblastlarning protein hosil qilish
faoliyatlari pasayadi. Yallig‘lanish o‘chog‘idan tashqaridagi fibroblastlar
o‘zgarmagan.
Sitoplazmalarda qo‘p qoldiq tanachalari bo‘lgan ko‘p sonli
makrofogositlar, protein hosil bo‘lish belgilari kuchaygan juda ko‘p
plazmositlar borligi ko‘rinadi.
O‘tkir o‘choqli pulpitda kapillyarlar tuzilishida o‘zgarishlar bo‘ladi.
Kapillyar ichida qonning shaklli elementlari ko‘payadi, qon hujayra-
larning plazmolemmlari va endoteliositlari o‘rtasida uzviy bog‘lanish
kuzatiladi. Endoteliositlar sitoplazmalarida pinositoz pufakchalar soni
oshadi, endotelial hujayralar orasidagi masofa kengayadi.


8 3
O‘tkir o‘choqli pulpitda asab tolalarida o‘zgarishlar bo‘ladi. Matrik-
sining elektron zichligi oshgan metoxondriya aniqlanadi va miyelinli
tuzilmalar paydo bo‘ladi. Ayrim joylarda asab tolalari va uchlarining
ko‘rinishi pasayadi.
O‘tkir diffuz, umumiy pulpit (pulpitis acute tobalis sen diffusa) dagi
patologo-anatomik o‘zgarishlar o‘choqli pulpitdan farq qiladi. Bunda
to‘qimaning ayrim qismlarini chiriganligi, ulardagi hujayralarni bir-
biridan farqlay olinmasligi, juda ko‘p hujayra detritlari va
mikroorganizmlar borligi qayd etiladi.
O‘tkir diffuz (tarqalgan, umumiy) pulpitda pulpanig toj qismida
tiklanmaydigan o‘zgarishlar ko‘rinadi. Pulpaning asosiy moddasida juda
ko‘p mikroorganizmlar to‘planadi. Mikroorganizmlardan tashqari,
pulpaning asosiy moddasida erkin yotgan hujayra organoidlari, miyelinli
shakllar joylashgan. Odontoblast qavatlarda hujayralararo shish nihoyatda
rivojlangan bo‘ladi. Qo‘p holatlarda hujayralar yo‘q, borlarida esa hujayra
ichida distrofiya belgilari bo‘ladi. Yadrolari piknozga uchragan, yadro
membranlari ko‘pincha yirtilgan, chirigan bo‘ladi. Hujayralar plazmo-
lemmalari uzilgan, ularning sitoplazmalarida sitoliz bo‘ladi. Shuning
uchun, bunday odontoblast hujayralari o‘lgan hisoblanadi.
Subodontoblast qavatda hujayralararo shish, yulduzsimon pulpositlar
va ular bilan odontoblastlar orasidagi bog‘liqlik buzilgan bo‘ladi. Bu
qavatning ba’zi hujayralarning yadrolari piknozga uchragan va ko‘p
hollarda yadro membranalari uzilgan, yirtilgan, sitoplazmalarida vakuol-
lashgan mitoxondriyalar borligi aniqlanadi. Bu qavatning hujayralarida
o‘zgarishlar bo‘ladi va bu turdagi pulpitda pulpaning kompensator-
tiklanish qobiliyatining kuchsizligidan darak beradi.
Toj pulpadagi fibroblastlarga qaraganda ko‘proq morfologik
o‘zgarishlar yuz beradi. Sitoplazmada ko‘p sonli vakuollar, pinositozli
pufaklar, lipid donachalar, mitoxondriyalarning vakuollashuvi aniqlanadi.
Neytrofilli leykositlar, eitosidlar, makrofagositlar va plazmositlar
miqdori oshadi va ular to‘planadi. Kapillyar bo‘shlig‘i ichida qon
shaklining elementlar soni juda ko‘payadi. Ba’zi endoteliosit hujayralari
orasidagi masofa kengayadi.
Pulpaning asab tuzilmasining barcha komponentlari patologik jarayon
natijasida o‘zgaradi. Asab tolalarining aksoplazmalari va asab uchlari
vakuollashadi va ularda hujayra organoidlari ko‘rinmaydi. Yumshoq asab
tolalarining miyelinli pardasi o‘rtacha elektron zichligiga ega bo‘lgan
gomogen moddaga aylanadi.
O‘tkir yiringli diffuz pulpit (pulpitis acuta diffusa purulenta) da
pulpada katta yiringli o‘choqlar paydo bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Pulpaning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati pasaygan hollarda yallig‘lanish
o‘choqlari chegaralanmasdan, butun pulpa to‘qimasiga tarqaladi va
to‘qimaning barcha qismlari flegmonozli zararlanadi, pulpa narkozga
aylanadi, chiriydi. Agar gaz hosil qiluvchi mikroblar bo‘lsa, pulpa


8 4
gangrenasi rivojlanadi. Tish bo‘shlig‘i bilan kovak orasi ochiq bo‘lsa,
yiring qisman kariyes kovagiga chiqadi. Yallig‘langan o‘choq atrofida
granulyasion to‘qima hosil bo‘ladi va bu jarayon surunkali pulpitga
aylanadi.
Surunkali pulpitda pulpada produktiv (yangi to‘qimalar hosil bo‘lish)
o‘zgarishlar ustun turadi.
Surunkali fibroz yoki oddiy pulpit(pulhitis chrjnnica fibrosa sen
Simplex) da yallig‘lanishdan hosil bo‘lgan shish yo‘qoladi va pulpada
hujayralar, jumladan odonblastlar ham kamayadi, tolali elementlar esa
ko‘payadi. Tolalar qalinlashganda kollagenli tolalarda gialinoz va oldingi
qon quyulgan joylarning izlari borligi ko‘rinadi. Ildizda pulpa me’yorda
yoki fibroz va petrifikasiya holatida bo‘lishi mumkin.
Surunkali gipertrofik pulpit (pulpitis chronica hypertorophica)
tarkibida tolali elementlar, kapillyarlar va ko‘p sonli hujayralar bo‘lgan
yosh granuliyasion to‘qima hosil bo‘ladi. Bu to‘qima asta-sekin etilib
boradi. Granulyasion to‘qimaning tish kariyes kovagi tomonidan joylash-
gan yuzlari har turli ta’sirotlardan chirish-nekrozga uchrashi mumkin.
Bu joylardagi pulpada juda ko‘p leykositlar bo‘lib, to‘qima tez-tez qonab
turadi. Granulyasion to‘qima ustiga epiteliy kelib qo‘shilsa, pulpa polipi
hosil bo‘ladi. Pulpaning chuqur qavatlari sklerozlashgan, fibroz to‘qimaga
aylangan bo‘ladi.
Surunkali gangrenoz pulpit (pulpitis chronica gangrenosa) da pulpada
emirilgan joylar va ulardagi mikroorganizmlar, ma’lum tuzilishga ega
bo‘lmagan, masalan, yog‘ kislotalari va qon pigmentlar orasida ajratuvi
(demarkasion) chegara chizig‘i bo‘lib, chiziqdan keyingi qismda zardobli
yallig‘lanish va granulyasion to‘qimaning o‘lganligi aniqlanadi. Ildiz
pulpasida ham shunday o‘zgarishlar kuzatiladi, ammo ajratuvchi chiziq,
ko‘pincha ildiz pulpasini saqlab qolishni ta’minlaydi. Shuning uchun
ham klinikada to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan pulpa gangrenasi deyiladi.
Surunkali fibroz pulpitning qaytarilishi (pulpitis chronica fibrosa exa-
cerbata) dagi patologik o‘zgarishlar pulpada surunkali pulpaga xos o‘zga-
rishlar bilan bir qatorda xarakterlidir. Bunda pulpada abssesslar paydo
bo‘lib, qon tomirlar kengayadi, pulpa shishadi va asab tolalarini siqib-
bosib, turli og‘riqlar paydo qiladi. Bu jarayon ildiz pulpasiga ham o‘tadi.
Qoldiq pulpit yoki ildiz pulpasining surunkali pulpitidagi patologo-
anatomik o‘zgarishlar asosan ildiz pulpasida kuzatiladi. Toj pulpasi
parchalangan yoki olib tashlangan bo‘ladi. Ildiz pulpasining malum
chuqurlikda granulyasion to‘qimadan tuzilgan ajratuvchi (demarkasion)
chegara chizig‘i bo‘lib, undan pastdagi pulpa to‘qimasida surunkali
yallig‘lanish va fibroz holati borligi aniqlanadi. Agar surunkali
yallig‘lanish o‘choqlarida abssesslar paydo bo‘lsa, pulpit qaytalanadi yoki
o‘tkir tarzda kechadigan pulpitga aylanadi.
Konkremental-konkrementozli pulpitda tish bo‘shlig‘ida turli hajm-
dagi dentikllar borligini rentgenogrammadan ko‘rish mumkin. Bunda


8 5
paydo bo‘ladigan og‘riqlar faqat asab tolalarini bosilishidan (komp-
ression) kelib chiqadi va yallig‘lanish bo‘lmaydi.
Pulpoperiodontitda ildiz pulpasida demakrasion chiziq chegarasi
bo‘lib, uning pastida surunkali yallig‘lanish, ba’zida uning qaytalanishi
va ildiz uchida suyak to‘qimasining turli shakl, hajmdagi emirilishlari
borligi rentgenogrammada ko‘rinadi. Potologo-anatomik o‘zgarishlar
shunga yarasha loyiq bo‘ladi.
Retrograd pulpitlar uchun tish butunligi, marginal periodontning
butunligini buzilishi munosabati bilan undagi patologik tish-milk cho‘n-
taklarining borligi, infeksiyani ildiz uchi va deltasimon kanalchalardan
kirib butun pulpani yallig‘lantirishi xarakterli hisoblanadi.
Gemotogen (qon oqimi orqali) pulpitda ham tish butun bo‘lib,
infeksiya apikal va deltasimon kanalchalardan qon orqali tushishidan
kelib chiqadi.
Jarohatiy-travmatik pulpitlar o‘tkir jarohat (chuqur kariyesni davo-
lashda bexosdan pulpa oxini ochib qo‘yish, urilish, yig‘ilish va xokazo)
lar oqibatida kelib chiqadi.
Retrograd, gematogen, jarohatiy pulpitlarda bo‘ladigan patalogo-
anatomik o‘zgarishlar yaxshi o‘rganilmagan. Bunday pulpitlarni davolash
asosan pulpani butunlay olib tashlash bilan xotima topadi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish