2 4 8
cho‘ntaklarida stomatogen o‘choqlari qoladi va ular G.3.Balyanskayaning
mikrobiologik tekshirishlari asosida aniqlanishicha, kamida 15 sm
masofadagi (surunkali generallashgan paradontit) milk, suyak
to‘qimalarida yallig‘lanish va bu surunkali stomatogen infeksiyali o‘chog‘i
bo‘lib salbiy faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Paradontitni mahalliy davolashda tish-milk patologik cho‘ntaklarga
ishlov berishdan maqsad:
1. Paradont to‘qimalaridagi yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlarni
yuzaga keltirayotgan mikrosirkulyasiya jarayonining buzilishlarini
yo‘qotish yoki kamaytirish;
2. Shish (otek) ni yo‘qotish;
3. Salbiy ta’sir etuvchi tish-milk cho‘ntaklaridagi mikroflorani
kamaytirish;
4. To‘qima modda almashinuvi, oksidlanish-tiklanish jarayonlarini,
paradont to‘qimasining regenerasiya qobiliyatini me’yorlashtirish.
Birinchi vazifa okklyuzion jarohat keltiradigan tish yuzalarini aniqlab,
ularni charxlab tashlash bilan yo‘qotish va kerak bo‘lganda tegishli
ortopedik davolashni o‘tkazish hamda kyuretaj, gingivotomiya kabi
jarrohlik muolajalarini bajarish, ba’zida ayrim tishlarni depulpatsiya qilish
bilan bajariladi. Cho‘ntakni bitishini (regenerasiya) tezlashtirish uchun
rezorsin, sink xlorid, xlorgeksidin, bakterisid kabilar gipertrofik
gingivitda, milklardan ko‘p qon oqishida qo‘llanadi. Ular bakterisid
xususiyatga ega bo‘lib, granulyasion to‘qima va epiteliyning o‘sishini
to‘xtatib, cho‘ntakni bitishiga yordam beradi.
Rezorsin (rezorsin 0,1 g va gliserin 10 ml) gliserin bilan aralashmasi
milklarni uqalash (massaj) uchun ishlatiladi. 20% li rezorsin esa
keratolitik ta’sir ko‘rsatadi: uning kristallari kuydiradi. Ular patologik
milk cho‘ntagiga turundada, egilgan zond yoki ildiz ignasi yordamida
kiritiladi. Shuningdek, sink xlorid (25—50% li eritmasi, vagotil (1—2%
li novokain bilan 1:2 miqdorda), 3% xlorgeksidin eritmalari ham qo‘llash
mumkin. Ular cho‘ntaklarga har 1—3 kunda bir marotaba kirgiziladi.
Milkdagi
shishni yo‘qotish
uchun glyukokortikoidlar, geparin,
butadion, salvin, maraslavin, indometasin (indosid), 25% li dimeksid
eritmalari kabilar degidratasion (quritadigan) mahalliy davolovchi
vositalari sifatida qo‘llanadi. Glyukokorti-kosteroidlar ekssudasiyaga,
proliferasiyaga, allergiyaga qarshi, desensibilizasiyalovchi va
immunodepressiv ta’sir ko‘rsatadi. Glyukokortikosteroidlar antibiotiklar
bilan birga qo‘llanadi. Paradontitni davolashda ular pasta, suyuqlik yoki
davolovchi malxami, prednizolon malxami (dermozolon),
kremlar
("Liderkort", "Ftorokort", "Kenalog"), malxamlar "Sinalar", "Flusi-nar",
"Lorindei" va boshqalar shaklida ishlatiladn. Masalan, milk abssesslari
bo‘lganda, ularni ochib, ular ichlariga gidrokartizon — biomisin
(bnomisin 50000 o‘lchov birligi — ED, 1
g anestezin, 0,125 g
2 4 9
gidrokartizon yoki 0,125 g prednizolon, oq loy-6 g, shaftoli moyi —
pasta hosil bo‘lishigacha) yuborilsa, yaxshi natija beradi. Lekin uzoq
muddat ularni qo‘llash reperativ jarayonni pasaytirishi, foyda bermay
qo‘yishi mumkin. Ular asosan proleferativ hollarda, qisqa muddatda
ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.
Geparin qon quyilishini to‘xtatadi. Mikrosirkulyator jarayonlar buzil-
ishini kamaytiradi, shunday yo‘sinda yallig‘lanishga va shishlarga qarshi
ta’sir etadi.
Maroslavin yallig‘lanishga qarshi (mikroblarga qarshi, qon tomirlarini
qisqartirish, shishlarga qarshi ta’sir etgani uchun) keratoplastik, prole-
farasiyaga qarshi tarzda kurashadi. Davolash kursi 10—12 seansdan
iborat, har bir patologik cho‘ntakka turunda yordamida 8—10 martadan
kiritiladi, qo‘yiladi.
Tish-milk cho‘ntaklariga antibiotiklar, antiseptiklar, sulfanilamidlar,
nitrofuran qatordagi (furasilin, furazolidon, furagin kabi) preparatlar,
dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar, ekstraktlar, fermentlar,
oqsil anabolizatorlar va boshqa yallig‘lanishga qarshi dorilar qo‘llanadi.
Bizning klinikada R.T. Safarov (1996—1998) surunkali paradontitda
mahalliy dorivor o‘simliklardan tuksiz xandaliya va dag‘al dala choyi
damlamalarini qo‘llab, yaxshi natijalarga erishdi: 1—10 (xandeliya) va
1:20 (dag‘al dala choyi) miqdorida tayyorlangan damlamalar patologik
cho‘ntaklarga turunda yordamida qo‘yiladi, bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini
shu damlamalar bilan davolash
davomida chayadilar hamda
damlamalarni elektroforez usulida milklarga yuborish usullari yaxshi
natijalar berdi.
Shunday qilib,
yengil paradontitda cho‘ntak chuqurligi 3,5 mm
milkdagi yallig‘lanishni yo‘qotish uchun tish karashlari, toshlari olingach,
og‘iz bo‘shlig‘i sanasiya qilinadi va milkka yallig‘lanishga qarshi, har
bir bemorga to‘g‘ri keladigan dorilar ishlatiladi. Og‘iz tozalik qoida-
larining to‘liq bajarilishi ta’minlanadi.
O‘rta paradontitda (paradontal cho‘ntak chuqurligi 5 mm) kyuretaj
o‘tkazish yoki ultratovush yordamida (ultrastom, ayrim zamonaviy
stomatologik uskunalardagi ultratovush — skallerlari yordamida) milk
usti va xususan milk osti tish karashlari, toshlari to‘liq olib tashlangach
(og‘riqsizlantirilib) patologik cho‘ntakni bitishi, modda almashinuvi
me’yorga keltirish chora-tadbirlari o‘tkazilishi kerak.
Og‘ir paradontitda (paradontal cho‘ntaklarning chuqurligi 5 mm dan
ko‘p) ba’zida loskutli operatsiya o‘tkaziladi.
Ortopedik davolash usullari tish qimirlashini to‘xtatish, travmatik
artikulyasiyani yo‘qotish, tish qatorlarining to‘liqligini ta’minlash bilan
patogenetik davolash usullariga kiradi. Yaxshi tayyorlangan tish protez-
lari, shinalar boshqa davolash kompleksiga kiradigan muolajalarning
yaxshi natijasi bilan bevosita bog‘liqdir.