NUTQIY FAOLIYAT TURLARI
1-MAVZU : Nutqning dialogik va monologik shakllari
R e j a :
Dialogik va monologik nutq haqida tushuncha.
Dialogik nutqda munosabatlarni ifodalash usullari.
Monologik nutq shakllari.
Dialogik va monologik nutq jarayonida til vositalari qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar : Shartlilik, jonlilik, tugallanmaganlik, inversiya, ellipsis, so‘zlarning qisqarishi, og‘zaki so‘zlashuvga xosligi, diplomatik munosabatlar, badiiy nutq, individuallashtirish, xarakter yaratish, dramatik janr, obrazlar to‘qnashuvi. Monologik nutq turlari, ichki nutq, ochiq nutq, kechinma, mahorat.
Dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqyei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Avval bu nutqning til jihatlariga e’tibor beraylik. Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan ikkita parcha keltiramiz:
-61-
Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.
- Bilagingni ko‘rsat, - dedi Zohid tirtiqqa.
U «shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.
- Kukunni qayerdan olardilaring? – deb so‘radi Zohid.
- Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, - dedi labi osilgan yigit.
- Menga ham ayt.
- Lola ko‘chasida… o‘n… yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.
- Ikkoving birga borganmisan?
- Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.
Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni cho‘ntagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.
- Qara, Sharif akang qaysi biri?
Yigit o‘rdakka o‘xshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini ko‘rsatdi.
- Joyingga o‘tir, - Zohid shunday deb suratlarning joyini almashtirdi-da, tirtiqni chaqirdi. U boshqa suratni ko‘rsatdi.
- Oxirgi marta qachon boruvdilaring? – deb so‘radi Zohid.
- Uch kun bo‘ldi.
- Balki to‘rt kundir?
- Vey bratan, man o‘zim borganman, Soqqa yo‘g‘idi, qarzga bergan. Nishtyak odam u. O‘zini laboratoriyasi bor. Ayn moment tayyorlab beradi.
- Laboratoriyaga kirganmisan ?
- Kirganman-de. Shundoq chap tomonda.
- Ayvondan o‘tgandami?
- Ha-de, bilib turib so‘ruvrasizmi?
Zohid «bu yog‘iga nima deysiz?» deb Hamdamga qaradi.
- Ayvonning oldi rommi?
Labi osilgan yigit o‘ylanib qoldi.
- Rom bo‘lsa kerak, - dedi ikkilangan holda.
-62-
- Yolg‘on gapirma! – dedi Hamdam baqirib.
- Bratan, aldavotganim yo‘q. ( 44-45)
Do'stlaringiz bilan baham: |