-110-
saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so‘zlar bu g‘oyaga mos kelmaydi. O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so‘zlar umumturkiy bo‘lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo‘ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bo‘ldi nima ?
Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy tilimizga leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o‘zgarishlar jarayoniga o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo‘ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo‘lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo‘llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so‘zlar shaklida qo‘llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.
Tilimizda qo‘llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komanirovochnaya, leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyusiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, tradisiya, forma singari so‘zlar o‘rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, ma’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma /xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot/ma’lumotnoma, talaba, kotib /kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so‘zlar osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko‘pmi oldindan ham qo‘llanilib kelinayotgan edi.
Ko‘pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg‘unligi murakkab masala ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo‘lgan paytlarda biz hyech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitasiya, propaganda, ideya, plan, forma, prosent, prosess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi so‘zlarni, garchi ularning tilimizda (oldin qaysi tildan qabul qilingan bo‘lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo‘lsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu so‘zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi.
-111-
Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif, tashviqot, targ‘ibot, g‘oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir, nozir, nazorat kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qo‘llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.
Endi oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu o‘tgan vaqt orasida birinchi guruh so‘zlar asosan ikkinchi guruh so‘zlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz ? Shuning uchunki, saragi sarakka, po‘chagi po‘chakka deganlaridek, bu so‘zlarning har biri vaqt g‘alviridan o‘tdi. Ayrimlari hozir ham parallelik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi. Ularning semantik-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo‘lmagani uchun ham shunday bo‘ldi.
Bunday parallel qo‘llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet - sifatlash, derivasiya - so‘z yasalishi, affiks - qo‘shimcha, abbreviatura - qisqartma so‘z, anafora - misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar - kishi ismlari, toponimlar - joy nomlari, atribut - aniqlovchi, affrikatlar - qorishiq undoshlar, stil - uslub, stilistika - uslubshunoslik kabi o‘nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qo‘llanilib kelinayotganligidadir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsiya etilayotgan so‘zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo‘llanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog‘liq. Boshqacha aytganda, ularni ko‘rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishga ko‘maklashadi.
Atamalar qo‘llashda me’yorni saqlab turish boshqa so‘zlar, masalan ko‘p ma’noli yoki sinonim so‘zlar me’yorini turg‘un holatda ushlab turishga nisbatan osondek tuyuladi. Aslida esa bu yerda ham o‘z muammolari bor. Mas., shu paytgacha tilimizda faol ishlatilib kelinayotgan tovar so‘zi o‘rnida mol so‘zini ishlata olamiz: mol, sanoat mollari, mol ayriboshlash, mol olib kelmoq, narxi tushirilgan mollar kabi. Ammo bunday ishlatish bemalol emas. Sanoat mollari deyish mumkin bo‘lgan holda oziq-ovqat mollari deb bo‘lmaydi, mol keltirdim deganda faqat sanoat mollari tushuniladiyu, tovar
-112-
Do'stlaringiz bilan baham: |